Normuratov Oybek Ulug‘berdievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mineral va organo-mineral o‘g‘itlarni takroriy, oraliq sabzavot ekinlarida qo‘llashning tuproq xossalari hamda g‘o‘za hosildorligiga ta’sirini ilmiy asoslash”, 06.01.04 – Agrokimyo (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Qx340
Ilmiy maslahatchi: Boltaev Saydulla Maxsudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01.
Rasmiy opponentlar: Ko‘ziev Jaxongir Madaminovich, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Karimov Xusniddin Nagimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Karabaev Ikrom To‘raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mineral va organo-mineral o‘g‘itlarni takroriy, oraliq sabzavot ekinlarida qo‘llashning sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar agrokimyoviy xossalari hamda g‘o‘za hosildorligiga ta’sirini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Surxondaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy sabzavot ekini pomidor, oraliq ekin ukrop va asosiy ekin g‘o‘za tizimida takroriy sabzavot ekini pomidorda qo‘llanilgan organo-mineral kompostning so‘ngi ta’siri fonida asosiy ekin go‘za parvarishida mineral o‘g‘itlarni maqbul (N150P105P75) me’yori aniqlangan;
takroriy sabzavot ekini pomidorda qo‘llanilgan 21 t/ga organo-mineral kompostning so‘ngi ta’sirida g‘o‘za parvarishida mineral o‘g‘itlarni kamaytirilgan (N150P105K75) me’yorida g‘o‘zaning oziq moddalarga talabi yuqori bo‘lgan gullash davrida ammoniyli va nitratli azot miqdori mos ravishda 39,3 va 43,1 mg/kg ni, harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy miqdori esa 47,5 va 321 mg/kg ni tashkil etishi ilmiy asoslangan;
takroriy sabzavot ekini pomidorda qo‘llanilgan 21 t/ga organo-mineral kompostning so‘ngi ta’siri fonida asosiy ekin g‘o‘za parvarishida mineral o‘g‘itlarni kamaytirilgan (N150P105K75) me’yorlarida qo‘llanilganda tuproqdagi mavjud oziq moddalarning ijobiy balansi kuzatilib azot, fosfor va kaliyning o‘zlashtirish koeffisienti mineral o‘g‘itlarni o‘zi alohida qo‘llanilgan varinatga nisbatan mos ravisda 19,7; 23,2 va 13,8% ga ortishi asoslangan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida takroriy sabzavot ekini pomidor, hamda oraliq ekin ukropdan keyin ekilgan asosiy ekin g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va hosilining texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri ilmiy-nazariy tomondan asoslangan va ishlab chiqarishga tavsiyalar berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy pomidor oraliq ukrop va g‘o‘za ekish tizimida mineral va organo-mineral o‘g‘itlarni maqbul qo‘llash me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“G‘o‘za majmuidagi ekinlar hosildorligi va tuproq unumdorligiga noan’anaviy organo-mineral kompostlarni qo‘llash samaradorligi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-506-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, organo-mineral kompostlar tayyorlash va uni qo‘llash orqali ekinlar hosildorligi va tuproq unimdorligini oshirishda ushbu tavsiyanoma Surxondaryo viloyatida g‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi ekinlar etishtiruvchi agroklasterlar va fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
sabzavot ekinlari hamda asosiy ekin g‘o‘za tizimida organo-mineral kompostning dastlabki, keyingi va so‘ngi ta’sirlari fonida mineral o‘g‘itlarni maqbul me’yorini qo‘llash agrotexnikasi Bandixon tumani “Vaqt va imkoniyat” fermer xo‘jaligida 10,0 ga, “Bag‘rikeng Bandixon” fermer xo‘jaligida 8,0 ga, Muzrobod tumani “Qodiriy Shunqori” fermer xo‘jaligida 5,0 ga, “Xoliqov Alimardon” fermer xo‘jaligida 8,0 ga jami 28,0 ga maydonda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-506-sonli ma’lumotnomasi). Natijada: a) takroriy sabzavot ekini pomidorda qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlar (N120P100K80) organo-mineral kompostning 21 t/ga me’yorini pomidorning o‘sish-rivojlanishi va hosildorligiga dastlabki ta’sirida mineral o‘g‘itlarni (N120P100K80) kg/ga me’yorini o‘zi alohida qo‘llanilgan variantga nisbatan 4,7 t/ga pomidor hosilini oshirib, rentabellik darajasi 18,3% ga yuqori bo‘lishiga erishilgan;
b) takroriy sabzavot ekini pomidorda mineral o‘g‘itlarni (N120P100K80) kg/ga fonida 21 t/ga organo-mineral kompost qo‘llanilib, uning keyingi ta’siri fonida oraliq ekin ukropda mineral o‘g‘itlarni N70P50K30 kg/ga qo‘llanilgan me’yorlarida ukrop hosildorligi mineral o‘g‘itlarni o‘zi alohida qo‘llanilgan variantga nisbatan 5,3 s/ga oshib, rentabellik darajasi 11,7% ga yuqori bo‘lganligiga imkon berdi;
c) takroriy va oraliq sabzavot ekinlari hamda asosiy ekin g‘o‘za tizimida takroriy sabzavot ekini pomidorda qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlar (N120P100K80) fonida 6 t/ga bentonit hamda 15 t/ga go‘ng asosida tayyorlangan organo-mineral kompostni 21 t/ga me’yorining so‘ngi ta’sirida takroriy hamda oraliq ekindan so‘ng ekilgan g‘o‘zaga N150P105K75 kg/ga me’yorida ma’dan o‘g‘itlar qo‘llanilganda organo-mineral kompost qo‘llanilmasdan takroriy sabzavot ekini (pomidor), oraliq ekin (ukrop) hamda asosiy ekin g‘o‘za almashlab ekish tizimida mineral o‘g‘itlarni o‘zi alohida qo‘llanilgan variantga nisbatan 9,3 s/ga paxta hosili olinib, rentabellik darajasi 15,7 % ga yuqori bo‘lishiga erishilgan.