Ishanova Dildora Abduvalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichimlik suv ta’minoti tizimlaridagi nasos stansiyalarining ish rejimlarini optimallashtirish (Toshkent shahar suv ta’minoti nasos stansiyasi misolida)”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3476.
Ilmiy rahbar: Shavazov Abdulatif Achilovich - texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti, DSc.05/2025.28.11.T.02.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Fozildjon Abidovich- texnika fanlari doktori, professor. Xushiev Sirojiddin Meylievich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suv ta’minoti tizimidagi nasos stansiyalarining sutkalik suv iste’moli grafigiga muvofiq ish rejimlarini optimallashtirish orqali energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichimlik suv ta’minoti tizimidagi nasos agregatining ish rejimi suv iste’molining kunlik grafigi, gidravlik xarakteristikasi va elektromexanik parametrlar asosida optimallashtirilgan;
asinxron chastotali boshqariluvchi elektr yuritmali nasos agregatining boshqarish tizimidagi dinamik jarayonlarni genetik algoritmi asosida nasos agregatining integrallashgan imitatsion modeli va strukturaviy sxemasi takomillashtirilgan;
nasos agregatining bosimli quvurida ichimlik suvining o‘zgaruvchan bosimi va sarfini inobatga olgan holda chastotaviy rostlanuvchi asinxron elektr yuritmaning optimallashtrish algoritmi va matematik modeli ishlab chiqilgan;
ichimlik suv ta’minoti tizimi nasos stansiyalaridagi chastotaviy rostlanuvchi asinxron elektr yuritmalarining solishtirma elektr energiya iste’molini hisoblash usuli gidravlik va elektromexanik ko‘rsatkichlarni inobatga olgan xolda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Suv ta’minoti nasos stansiyalarining ish rejimlarini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
texnologik parametrlarni rostlash orqali nasos stansiyasining ish rejimlarini optimal boshqarish usuli Toshkent shahar suv ta’minoti tizimi qoshidagi Qibray suv inshoatida joriy etildi (“O’zsuvta’minot” AJning 2024 yil 17 maydagi 2/16-1867-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bir yilda 246 133,9 kVt·soat elektr energiya miqdorini tejash imkonini bergan;
gidravlik va elektromexanik ko‘rsatkichlarni inobatga olgan xolda chastotaviy rostlanuvchi asinxron elektr yuritmalari elektr energiyasining solishtirma sarfini me’yorlash usuli Toshkent shahar suv ta’minoti tizimi qoshidagi Qibray suv inshoatida joriy etildi (“O’zsuvta’minot” AJning 2024 yil 17 maydagi 2/16-1867-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 110 760 270 (bir yuz o‘n million etti yuz oltmish ming ikki yuz etmish) so‘mni tashkil etgan.