Raxmanova Aziza Maxmarajabovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali gepatit B va D da HBV markerlarining klinik va prognostik ahamiyati», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar, 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib3548.
Ilmiy rahbarlar: Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik; Kasimova Ra’no Ibrohimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.01.
Rasmiy opponentlar: Dolimov Toxir Kenjabekovich, tibbiyot fanlari doktori; Mixaylov Mixail Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali virusli gepatit V va D da HBV markerlarining klinik va prognostik ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor HBV DNK manfiy bo‘lgan surunkali gepatit V bilan kasallangan bemorlarda virus replikatsiyasining davom etishi qon zardobida transkripsiya fazasidagi HBV RNK bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor surunkali gepatit V bilan kasallangan bemorlarning 41,7% virusining noaniq fazaciga mansub ekanligi va bemorlarning monitoringi uchun HBV RNK/qHBsAg markeri sifatida xizmat qilishi isbotlangan;
surunkali gepatit V bilan kasallangan bemorlarda virusga qarshi terapiyadan so‘ng, HBsAg ning integratsiyalangan DNK dan xosil bo‘lishi sababli, HBV RNK/qHBsAg markerlari orasidagi dissotsiatsiya saqlanib qolishi asoslangan;
ilk bor HBV DNK manfiy, HDV RNK musbat bo‘lgan virusga qarshi davo olmagan bemorlarda virusologik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi kuzatilganligi HDV replikatsiyasining ustuvorligi bilan bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor HBV DNK manfiy bo‘lgan surunkali gepatit V bilan kasallangan bemorlarda virus replikatsiyasining davom etishi qon zardobida transkripsiya fazasidagi HBV RNK bilan bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha olingan natijalar Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kengashining 2025 yil 20 maydagi 1-n-r/6-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Gepatit V ning tashxisotida qHBsAg ning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma RIEMYuPKIATMning Farg‘ona viloyat filialining 2025 yilning 28 iyundagi 44-son va RIEMYuPKIATMning Buxoro viloyati filialining 2025 yil 2 iyuldagi 33-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 24 oktyabrdagi 27-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy yangilik amaliyotga joriy etilganidan so‘ng shifokorlar virus replikatsiyasi yashirin davrda ham davom etayotgan bemorlarni aniqlay oladi, yallig‘lanish jarayonlarini erta baholaydi va davolashni individual ravishda tanlaydi. Natijada bemorlar o‘rtasida surunkali V virusli gepatit bilan bog‘liq asoratlar (sirroz, gepatotsellyulyar karsinoma)ning oldini olish, bemorlarning turmush sifatini oshirish hamda kasallikni nazorat qilish imkoniyati kengayadi. Iqtisodiy samaradorligi: HBV RNK ni PSR usuli bilan sifatli tahlil qilish, bemorlarni davolashda klinik va iqtisodiy jihatdan asosli strategiya hisoblanadi. Bu usuldan foydalanganda har bir bemorga sarflanadigan xarajatlar 115 ming so‘mni tashkil qiladi, bu HBV DNKni PSR usuli bilan hajmli tahlil qilishdan 99 ming so‘mga arzon (214 ming so‘m). Mavjud protokollarga muvofiq, agar HBV DNK PSR analizi manfiy natija ko‘rsatsa, virusga qarshi terapiyani tugatish mumkin, ammo bu holda virusning replikatsiyasi davom etish xavfi va jigar sirrozi rivojlanish ehtimoli saqlanadi. Chunki HBV RNK analizining musbat natijasi, hatto virus yuklamasi past yoki aniqlanmaydigan holda ham kasallikning rivojlanishini olib kelishi mumkin.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali gepatit V bilan kasallangan bemorlarning 41,7% virusining noaniq fazaciga mansub ekanligi va bemorlarning monitoringi uchun HBV RNK/qHBsAg markeri sifatida xizmat qilishi isbotlanganligi bo‘yicha olingan natijalar Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kengashining 2025 yil 20 maydagi 1-n-r/6-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Gepatit V ning tashxisotida qHBsAg ning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma RIEMYuPKIATMning Farg‘ona viloyat filialining 2025 yilning 28 iyundagi 44-son va RIEMYuPKIATMning Buxoro viloyati filialining 2025 yil 2 iyuldagi 33-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yangi biomarkerlar amaliy qo‘llanilishi natijasida bemorlarda virus replikatsiyasi va faolligi aniq baholanib, davolash taktikasi individual ravishda tanlanadi va asoratlarning oldi olinadi. Bu ortiqcha yoki samarasiz terapiyani qo‘llash ehtimolini kamaytib, sirroz va jigar raki rivojlanish xavfini pasaytiradi. Shu bilan birga, surunkali V virusli gepatit bo‘yicha epidemiologik nazorat kuchayib, jamoat salomatligida yuqumli jigar kasalliklari yuklamasi kamayadi va bemorlarning hayot sifati oshadi. Iqtisodiy samaradorligi: HBsAgning miqdoriy tahlili va virusga qarshi terapiyasini qo‘llash strategiyasi har bir bemorga 2483000 so‘mga tushadi. Bu PZR usuli bilan qiyoslaganda qo‘shimcha 2269000 so‘m xarajatlarni tashkil qiladi. Shu bilan birga, strategiya 90% klinik samaradorlikni ta’minlab, GSK va jigar transplantatsiyasining oldini olishga yordam beradi. Bu, o‘z navbatida, har bir bemor uchun 300 million so‘mga yaqin sarflarni tejash imkonini beradi. Natijada, umumiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy tejash 297,7 million so‘mni tashkil qiladi, bu esa strategiyaning yuqori iqtisodiy samaradorligini tasdiqlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik surunkali gepatit V bilan kasallangan bemorlarda virusga qarshi terapiyadan so‘ng, HBsAg ning integratsiyalangan DNK dan xosil bo‘lishi sababli, HBV RNK/qHBsAg markerlari orasidagi dissotsiatsiya saqlanib qolishi asoslanganligi bo‘yicha olingan natijalar Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kengashining 2025 yil 20 maydagi 1-n-r/6-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Gepatit V ning tashxisotida qHBsAg ning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma RIEMYuPKIATMning Farg‘ona viloyat filialining 2025 yilning 28 iyundagi 44-son va RIEMYuPKIATMning Buxoro viloyati filialining 2025 yil 2- iyuldagi 33-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ushbu ilmiy yangilik noaniq fazaga kiruvchi bemorlarda infeksiya yashirin ravishda faol davom etayotganini erta aniqlashga, ular uchun individual nazorat va davolash strategiyalarini belgilashga zamin tayyorlaydi. Shuningdek, surunkali V virusli gepatit bilan bog‘liq epidemiologik holatni yaxlit va to‘g‘ri baholashga, profilaktik va klinik chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: kombinatsiyalangan strategiya (HBV RNK + qHBsAg + HBV DNK miqdoriy) va HBV DNK manfiy, ammo HBV RNK musbat va qHBsAg<1000 ME/ml holatda PVTni davom ettirish bir bemor uchun 2812000 so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatni talab qiladi; 10 yillik og‘ir asoratlar xavfi 15% va ularning qiymati 300 mln so‘m hisobga olinganda kutilgan umumiy xarajat 7312000 so‘mni tashkil etadi, PVT to‘xtatilganda esa ushbu ko‘rsatkich 27412000 so‘mga etadi. Samaradorlik 90% ga qarshi 40% bo‘lgan sharoitda mazkur yondashuv dominant hisoblanadi va 10 yilda bir bemor uchun 20,1 mln so‘m sof iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi (ICER = –40,2 mln so‘m).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor HBV DNK manfiy, HDV RNK musbat bo‘lgan virusga qarshi davo olmagan bemorlarda virusologik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi kuzatilganligi HDV replikatsiyasining ustuvorligi bilan bog‘liqligi aniqlanganligi bo‘yicha olingan natijalar Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kengashining 2025 yil 20 maydagi 1-n-r/6-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Gepatit V ning tashxisotida qHBsAg ning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma RIEMYuPKIAMTning Farg‘ona viloyat filialining 2025 yilning 28 iyundagi 44-son va RIEMYuPKIAMTning Buxoro viloyati filialining 2025 yil 2 iyuldagi 33-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bu ma’lumotlar asosida davolash va monitoring strategiyalarini to‘g‘ri tanlash jamoat salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, HVV bilan bog‘liq kasalliklar yuklamasini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Kombinatsiyalangan strategiya (VGV RNK PSR + qHBsAg + VGV DNK miqdoriy PSR + PVTni davom ettirish) bir bemor uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2812000 so‘m xarajatni talab qiladi, biroq 10 yillik og‘ir asoratlar xavfi 15% va ularning qiymati 300 mln so‘m ekanligi hisobga olinganda kutilgan umumiy xarajat 7312000 so‘mni tashkil etadi. Faqat VGV DNK miqdoriy PSR o‘tkazilib, PVT to‘xtatilgan strategiyada esa ushbu ko‘rsatkich 27214000 so‘mga etadi. Shu tariqa, samaradorlik 90% ga qarshi 40% bo‘lgan sharoitda mazkur yondashuv dominant hisoblanadi va 10 yil mobaynida bir bemor uchun 19,9 mln so‘m sof iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi (ICER = –39,8 mln so‘m), bu uning yuqori kliniko-iqtisodiy maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.