Ochilov Jamshid Temur o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gonartroz xastaligida tizza bo‘g‘imi tuzilmalaridagi o‘zgarishlarning klinik-morfologik jihatlarini qiyosiy tavsifi», 14.00.15 – Patologik anatomiya, 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5172.
Ilmiy rahbarlar: Jumanov Ziyadulla Eshmamatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Eranov Sherzod Nuralievich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Musaeva Yulduz Alpisovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xudoyberdiev Qobiljon Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi gonartroz xastaligida tizza bo‘g‘imi tuzilmalaridagi o‘zgarishlarning klinik-morfologik qiyosiy tahlilini o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi gonartroz kasalligida tizza bo‘g‘imi tog‘ay to‘qimasidagi nekroz o‘choqlarining va subxondral suyak no‘qsonlarining trabekulyar suyak to‘qimasiga tarqalishi kasallik muddati oshgan sayin ortib borishi isbotlangan;
ikkilamchi gonatrozda tizza bo‘g‘imida rivojlangan og‘ir deformatsiya holatlarida ham, paylar, sinovial parda, bo‘g‘im xaltasi strukturasida va periartikulyar mushaklar shishishi fonida chuqur patomorfologik o‘zgarishlar rivojlanmasligi tufayli bo‘g‘im funksiyasini saqlab qolish asoslagan;
ikkilamchi gonatrozda bo‘g‘im yuzasi tog‘ayi, subxondral suyak defektlari hamda bo‘g‘imlar yumshoq to‘qima tuzilmalarining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlari bemorning yoshi va kasallik muddatiga bog‘liq holda sezilarli darajada farq qilishi isbotlangan; 
ikkilamchi gonartrozda qon tomir devoridagi progressiv sklerotik o‘zgarishlarning, qon tomir yuzasining torayishi va qon oqimining sekinlashishi bilan birga, tizza bo‘g‘imi yuzasi tog‘ayidagi va subxondral suyak to‘qimasining hujayralaridagi destruktiv jarayonlarni kuchaytirishdagi roli isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Gonartroz xastaligida tizza bo‘g‘imi tuzilmalaridagi o‘zgarishlarning kliniko-morfologik jihatlarini qiyosiy tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ikkilamchi gonartroz kasalligida tizza bo‘g‘imi tog‘ay to‘qimasidagi nekroz o‘choqlarining va subxondral suyak no‘qsonlarining trabekulyar suyak to‘qimasiga tarqalishi kasallik muddati oshgan sayin ortib borishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 28 mayda 10-son bilan tasdiqlangan «Gonartroz xastaligida tizza bo‘g‘imi tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 10.06.2025 yildagi 27Sh-son va Navoiy viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 05.09.2025 yildagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan usullarning patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida, gonartroz xastaligida tizza bo‘g‘imi subxondral suyak nuqsonlarini trabekulyar suyak to‘qimasiga tarqalishi tog‘ay to‘qimasidagi degenerativ va distrofik o‘zgarishlarning patologoanatomik tekshiruvlarga doir xulosalarining sifati oshirilgan, ularning ishonchliligi va asoslanganligi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyani tekshirish uchun sarflanadigan 48000 so‘m byudjet mablag‘lari (an’anaviy usulning o‘rtacha narxi 126000 so‘m, tavsiya etlgan usulning narxi esa 74000 so‘mni tashkil qiladi) tavsiya etilgan usuldan foydalanish orqali patologoanatomik tekshiruv vaqtini 6-7 kundan 3-4 kungacha qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ikkilamchi gonatrozda tizza bo‘g‘imida rivojlangan og‘ir deformatsiya holatlarida ham, paylar, sinovial parda, bo‘g‘im xaltasi strukturasida va periartikulyar mushaklar shishishi fonida chuqur patomorfologik o‘zgarishlar rivojlanmasligi tufayli bo‘g‘im funksiyasini saqlab qolish asoslaganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 28 mayda 10-son bilan tasdiqlangan «Gonartroz xastaligida tizza bo‘g‘imi tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 10.06.2025 yildagi 27Sh-son va Navoiy viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 05.09.2025 yildagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan usullarning patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida, tizza bo‘g‘imi gonartrozlarida paylar, sinovial parda, bo‘g‘im xaltasi va periartikulyar mushaklaridagi morfologik o‘zgarishlarning patologoanatomik tekshiruvlarga doir xulosalarining sifati oshirilgan, ularning ishonchliligi va asoslanganligi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyani tekshirish uchun sarflanadigan 44000 so‘m byudjet mablag‘lari (an’anaviy usulning o‘rtacha narxi 110000 so‘m, tavsiya etlgan usulning narxi 70000 so‘mni tashkil qiladi) tavsiya etilgan usuldan foydalanish orqali patologoanatomik tekshiruv vaqtini 6-8 kundan 2-3 kungacha qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: ikkilamchi gonatrozda bo‘g‘im yuzasi tog‘ayi, subxondral suyak defektlari hamda bo‘g‘imlar yumshoq to‘qima tuzilmalarining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlari bemorning yoshi va kasallik muddatiga bog‘liq holda sezilarli darajada farq qilishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 28 mayda 10-son bilan tasdiqlangan «Gonartroz xastaligida tizza bo‘g‘imi tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 10.06.2025 yildagi 27Sh-son va Navoiy viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 05.09.2025 yildagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan usullarning patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida, kasallik muddati va bemorlarning yoshiga bog‘liq holda bo‘g‘im yuzasi tog‘ayi, subxondral suyak defektlari hamda bo‘g‘imlar yumshoq to‘qimalari  tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlar patologoanatomik tekshiruvlarga doir xulosalarining sifati oshirilgan, ularning ishonchliligi va asoslanganligi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyani tekshirish uchun sarflanadigan 40000 so‘m byudjet mablag‘lari (an’anaviy usulning o‘rtacha narxi 110000 so‘m, tavsiya etlgan usulning narxi 72000 so‘mni tashkil qiladi) tavsiya etilgan usuldan foydalanish orqali patologoanatomik tekshiruv vaqtini 6-7 kundan 2-3 kungacha qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ikkilamchi gonartrozda qon tomir devoridagi progressiv sklerotik o‘zgarishlarning, qon tomir yuzasining torayishi va qon oqimining sekinlashishi bilan birga, tizza bo‘g‘imi yuzasi tog‘ayidagi va subxondral suyak to‘qimasining hujayralaridagi destruktiv jarayonlarni kuchaytirishdagi roli isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 28 mayda 10-son bilan tasdiqlangan «Gonartroz xastaligida tizza bo‘g‘imi tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 10.06.2025 yildagi 27Sh-son va Navoiy viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 05.09.2025 yildagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan usullarning patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida, gonartrozlarda tizza bo‘g‘imi yuzasi tog‘ay, subxondral va suyak to‘qimasi hujayralarining proleferativ-regenerativ, qon tomirlar devorida sklerotik va destruktiv jarayonlarning morfologik o‘zgarishlarining patologoanatomik tekshiruvlarga doir xulosalarining sifati oshirilgan, ularning ishonchliligi va asoslanganligi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyani tekshirish uchun sarflanadigan 45000 so‘m byudjet mablag‘lari (an’anaviy usulning o‘rtacha narxi 120000 so‘m, tavsiya etlgan usulning narxi 75000 so‘mni tashkil qiladi) tavsiya etilgan usuldan foydalanish orqali patologoanatomik tekshiruv vaqtini 7-8 kundan 3-4 kungacha qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish