Arzieva Bibi-Sanem Aynazarovnaning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pragmalingvodidaktik yondashuv asosida filolog-talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3DSc/Ped1236
Ilmiy maslahatchi: Bekimbetova Gulbaxar Risbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01
Rasmiy opponentlar: Mattiev Ilhom Begmatdo‘lovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ikromxonova Firuza Ikromovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Yuldasheva Shaxlo Shukurlaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pragmalingvodidaktik yondashuv asosida filolog-talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqish va amaliy tatbiq etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
filolog-talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirishda pragmalingvodidaktik yondashuvning konseptual mohiyati, shakllanish tamoyillari (kommunikativlik, autentiklik, kontekstuallik, refleksivlik, kooperativlik) va lingvokognitiv, sotsiopragmatik, etnomadaniy o‘zaro bog‘liqligi ilk bor o‘zbek-qoraqalpoq-ingliz tillari kontekstida pragmatik transfer nuqtai nazaridan aniqlashtirilgan;
madaniyatlararo muloqotdagi pragmatik markerlar, nutqiy (assertives, directives, commissives, expressives, declaratives), implikaturalar,  diskurs markerlari, xushmuomalalik strategiyalari (positive/negative) madaniy skriptlarning qoraqalpoq-o‘zbek talabalari kontekstidagi (verbal – leksik yangiliklar, abbreviaturalar, frazeologizmlar, noverbal aktlarning (jest, proksemika, ko‘z kontakt) tizimli tasnifi va didaktik imkoniyatlarini rolli simulyasiyalar hamda refleksiv vazifalar asosida takomillashtirilgan;
filolog-talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirishda leksik derivatlar (neologizmlar, abbreviaturalar, o‘zlashtirmalar) va qisqartmalarning pragmatik funksiyalari (nominativ, identifikatsiya, markerlik, stilistik) implikatura intensivligi, emotsional-ekspressivlik va kommunikatsion mahsuldorlik nuqtai nazardan kontekstdagi didaktik imkoniyatlari yoritib berilgan;
pragmalingvodidaktik yondashuv asosida qisqartmalarning norasmiy registrdagi pragmatik yuklamasi (ijtimoiy identifikatsiya, emotsional ekspressiya, xushmuomalalik strategiyalari), madaniyatlararo muloqotdagi qo‘llanilish dasturlari bo‘yicha “Developing Intercultural Competence” nomli mualliflik veb-sayti (15 ta strukturalangan mavzu, 30 ta test, avtomat baholash tizimi, refleksiya instrumentlari) verbal va noverbal elementlar integratsiyasi asosida ishlab chiqilgan;
filolog-talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirishda pragmalingvodidaktik mashqlar kompleksi qisqartmalar, o‘zlashtirmalar va frazeologizmlarning pragmatik ko‘p qirraliligini (nominativ, identifikatsiya, markerlik, stilistik funksiyalari, implikatura intensivligi, nutq registriga moslik hamda kommunikatsion mahsuldorlik) chuqur o‘zlashtirishni ta’minlaydigan algoritmlashtirilgan vazifalar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pragmalingvodidaktik yondashuv asosida filolog-talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida: 
filolog-talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirishda pragmalingvodidaktik yondashuvning konseptual mohiyati, shakllanish tamoyillari (kommunikativlik, autentiklik, kontekstuallik, refleksivlik, kooperativlik) va lingvokognitiv, sotsiopragmatik, etnomadaniy o‘zaro bog‘liqligi ilk bor o‘zbek-qoraqalpoq-ingliz tillari kontekstida pragmatik transfer nuqtai nazaridan aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Developing Intercultural competence” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i asosida berilgan 992279 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga va nutqiy muloqotga kirishish imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan;
madaniyatlararo muloqotdagi pragmatik markerlar, nutqiy (assertives, directives, commissives, expressives, declaratives), implikaturalar, diskurs markerlari, xushmuomalalik strategiyalari (positive/negative) madaniy skriptlarning qoraqalpoq-o‘zbek talabalari kontekstidagi (verbal – leksik yangiliklar, abbreviaturalar, frazeologizmlar, nonverbal aktlarning (jest, proksemika, ko‘z kontakt) tizimli tasnifi va didaktik imkoniyatlarini rolli simulyasiyalar hamda refleksiv vazifalarga oid taklif va tavsiyalar SUZ800-18-CA-0001 raqamli, “Language Teacher Education and Curriculum Design Exchange with an Emphasis on Plurilingualism and Multiculturalism” nomli xalqaro loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 14-yanvardagi 11-05-174/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, pragmalingvodidaktik yondashuv asosida filolog-talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
filolog-talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirishda leksik derivatlar (neologizmlar, abbreviaturalar, o‘zlashtirmalar) va qisqartmalarning pragmatik funksiyalari (nominativ, identifikatsiya, markerlik, stilistik) implikatura intensivligi, emotsional-ekspressivlik va kommunikatsion mahsuldorlik nuqtai nazardan kontekstdagi didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga doir integrativ texnologiyalarga oid taklif va tavsiyalar “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasvirini monografik aspektda tahlil qilish” nomli fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 19-dekabrdagi 810/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pragmalingvodidaktik yondashuv asosida filolog-talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha didaktik tizimi takomillashtirilgan;
pragmalingvodidaktik yondashuv asosida qisqartmalarning norasmiy registrdagi pragmatik yuklamasi (ijtimoiy identifikatsiya, emotsional ekspressiya, xushmuomalalik strategiyalari), madaniyatlararo muloqotdagi qo‘llanilish dasturlari bo‘yicha “Developing Intercultural Competence” nomli mualliflik veb-sayti (15 ta strukturalangan mavzu, 30 ta test, avtomat baholash tizimi, refleksiya instrumentlari) verbal va noverbal elementlar integratsiyasiga oid taklif va tavsiyalar “Developing Intercultural competence” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i asosida berilgan 992279 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, xalqaro madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini amaliyot bilan bog‘liqlik, ko‘rgazmalilik, kreativlik imkoniyati ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tkazilgan;
filolog-talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini takomillashtirishda pragmalingvodidaktik mashqlar kompleksi qisqartmalar, o‘zlashtirmalar va frazeologizmlarning pragmatik ko‘p qirraliligini (nominativ, identifikatsiya, markerlik, stilistik funksiyalari, implikatura intensivligi, nutq registriga moslik hamda kommunikatsion mahsuldorlik) chuqur o‘zlashtirishni ta’minlaydigan algoritmlashtirilgan vazifalarga doir ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar SUZ800-18-GR-0023 raqamli, “English Access Microscholarship” nomli xalqaro loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 14-yanvardagi 11-05-174/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ijtimoiy-kommunikativ, o‘quv faoliyati hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish