Azizkulova Shaxnoza Urunovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ilova aloqaga asoslangan sintaktik qurilmalarning o‘ziga xos kommunikativ-pragmatik xususiyatlari (nemis tili materiali misolida)”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3781
Ilmiy rahbar: Begmatov Muxtor Begmatovich, filologiya fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: Sulaymanova Nilufar Jabbarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Axmedov Anvar Botirovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy matnda ilova aloqaga asoslangan qurilmalarning kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini aniqlash va tavsiflash, shuningdek, matn tahlili nuqtai nazaridan tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi zamon nemis badiiy adabiyotlari matnlarida qo‘llanadigan semantik-sintaktik birliklar, ilova hodisasi, ilova aloqaga asoslangan qurilma, ilovali element, badiiy matn kabi tushunchalarni nemis yozuvchilarning asarlaridan olingan faktik materiallar-misollar asosida tahlil qilgan holda tadqiqot ishining ilmiy-nazariy asosi aniqlangan;
ilova aloqaga asoslangan sintaktik qurilmalarning lingvistik tahlili asosida tilning semantik-sintaktik va stilistik tahlil vositalari bajarib keladigan turli funksiyalari yordamida ilovali elementlarning kommunikativ o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
hozirgi zamon nemis tilida ilova aloqaga asoslangan sintaktik qurilmalar tarkibidagi ilovali elementlarning leksik-grammatik xususiyatlari hamda ularning kommunikativ-pragmatik jihatdan ajralib turishi til birliklarining ma’no qirralari va sinonimlik munosabatlari asosida dalillangan;
ilova aloqaga asoslangan sintaktik qurilmadagi ilovali elementlarni kommunikativ-pragmatik nuqtai nazardan tahlil qilish asosida ushbu qurilma tarkibidagi birliklardan tashkil topgan ilova qurilmalar funksional-semantik vazifalarni bajarib kelishi badiiy matndan olingan ko‘p sonli misollar yordamida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosalar, ishlanma hamda takliflar asosida:
hozirgi zamon nemis badiiy adabiyotida qo‘llanadigan sintaktik birliklar – ilova hodisasi, ilova aloqaga asoslangan qurilma, ilovali element va badiiy matn kabi tushunchalar yozuvchilar asarlaridan olingan misollar asosida tahlil qilinib, ilova aloqaga asoslangan sintaktik qurilmadagi ilovali elementlarning leksik tarkibiga xos bo‘lgan kommunikativ-pragmatik xususiyatlariga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillari institutida amalga oshirilgan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 14-iyundagi 1790/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilova aloqaga asoslangan sintaktik qurilmadagi ilovali elementlarning leksik tarkibiga xos bo‘lgan xususiyatlari aniqlangan va ularning kommunikativ-pragmatik funksiyalari o‘rganilgan, ushbu qurilmaning kommunikativ-pragmatik xususiyatlari bilan bogʻliq tomonlari hamda funksiyalari tilshunoslik, nazariy va amaliy grammatika, leksikologiya kabi fanlardan yaratiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarning takomillashuviga xizmat qilgan;
ilova aloqaga asoslangan sintaktik qurilmalarning lingvistik tahlili asosida tilning badiiy tasvir vositalari bajarib keladigan funksiyalar yordamida ilovali elementlar kommunikativ xususiyatlarga ega bo‘lishiga doir mulohazalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR- 3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 21-iyundagi 04/2699-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi zamon nemis tilida ilova aloqaga asoslangan sintaktik qurilmalar lingvistik jihatdan tahlil qilinib, tilning badiiy tasvir vositalari bajaradigan funksiyalari asosida ilovali elementlarning kommunikativ xususiyatlarini ochib berilgan. Bu esa o‘qituvchi va talabalarning tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik hamda badiiy muloqot sohalaridagi bilimlarini chuqurlashtirish, shuningdek, til tizimi bilan bogʻliq muammolarning amaliy echimiga qaratilgan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish imkonini berdi;
hozirgi zamon nemis tilida ilova aloqaga asoslangan sintaktik qurilmalar tarkibidagi ilovali elementlarning leksik xususiyatlari hamda ularning pragmatik o‘ziga xosligi til birliklarining ma’no jihatlari va sinonimlik munosabatlariga oid xulosa va echimlardan Samarqand viloyat teleradiokanalining 2025-yil 18-iyun kuni efirga uzatilgan “Sifatli ta’limni rivojlantirish jamgʻarmasi” ko‘rsatuvining navbatdagi soni ssenariysini tayyorlashda foydalanildi. (Samarqand viloyat teleradiokanalining 2025-yil 21-iyundagi 01-07/238-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilova aloqaga asoslangan sintaktik qurilmaning tahlili asosida ilovali elementlarning struktur jihatdan turlari va kommunikativ xususiyatlarining badiiy asarlar matnlarida qo‘llanish darajasi ko‘rsatib berilgan, bu esa tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish imkonini yaratgan hamda davlat ta’lim muassasasining ilmiy-ijodiy faoliyatini takomillashtirish, yoshlar ma’naviyatini shakllantirish va tarbiyalashda, shuningdek, asosiy chora-tadbirlarni amalga oshirishda ma’lum darajada manba bo‘lib xizmat qilgan;
hozirgi zamon nemis badiiy adabiyotlarida qo‘llanadigan ilova aloqaga asoslangan sintaktik qurilmadagi ilovali elementlarni kommunikativ-pragmatik jihatdan tahlil qilish asosida ushbu qurilma tarkibidagi birliklarni funksional-semantik xususiyatlari haqidagi xulosalardan Qoraqalpoq davlat universitetida 2024 yilda amalga oshirilgan «PZ-20170930309 «Qoraqalpoq folklori tilining adabiy til rivojiga ta՚siri masalasi» loyihasi doirasida foydalanilgan ( 23.04.2024 № 01-20-02/2492-sonli ma’lumotnomasi ). Natijada, nemis yozuvchilarning asarlaridan olingan misollar tahlili asosida tadqiqotning nazariy asosi aniqlangan hamda ilova aloqaga asoslangan sintaktik qurilmadagi ilovali elementlarning semantik tarkibiga xos bo‘lgan xususiyatlari va ularning kommunikativ-pragmatik funksiyalari o‘rganilgan, ushbu qurilmaning kommunikativ-pragmatik xususiyatlari bilan bog‘liq tomonlari hamda funksiyalari tilshunoslik, nazariy va amaliy grammatika, leksikologiya kabi fanlardan yaratiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarning takomillashuviga yordam berishi asoslangan.