Odilova Maloxat Rasuljon qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarixiy yondashuvlar asosida pedagogik atamalarning shakllanishi va amaliyotda qo‘llanilishi ”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped2184
Ilmiy rahbar: Talapov Baxriddin Alijanovich, falsafa fanlari doktori, (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat       universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02.   
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyoda Ergashevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarixiy yondashuvlar asosida pedagogik atamalarning shakllanishi va amaliyotda qo’llanilishi bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
tarixiy yondashuvlar asosida pedagogik atamalarning shakllanishi va amaliyotda qo‘llanilishining pedagogik imkoniyatlari aniqlashtirilib, ularning ta’lim mazmunini boyitish, metodik ta’minotni takomillashtirish hamda talabalarning ilmiy-pedagogik tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berildi;
tarixiy yondashuvlar asosida pedagogik atamalarning shakllanishi va amaliyotda qo‘llanilish jarayonlari antropologik, falsafiy va pedagogik qarashlar evolyusiyasi nuqtayi nazaridan tizimli tahlil qilinib, mazkur jarayonlarni takomillashtirildi;
tarixiy yondashuvlar asosida pedagogik atamalarning shakllanishi va amaliyotda qo‘llanilishiga yo‘naltirilgan motivatsion, intelektual, amaliy, hissiy-irodaviy, tashkilotchilik, kommunikativ faoliyatning funksiyalari, obektivlik, tarixiylik tamoyillari, tizimli kulturologik (madaniy), faoliyatli yondashuvlari jihatdan lokallashtirilgan pedagogik model ishlab chiqilib, uning samaradorligi ilmiy jihatdan takomillashtirildi;
tarixiy yondashuvlar asosida pedagogik atamalarning shakllanishi va amaliyotda qo‘llanilish samaradorligi reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli va kreativ baholash mezonlari asosida aniqlashtirildi;
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Pedagogik atamalarning shakllanish tarixi va amaliyotda qo‘llanilishi yuzasidan olib borilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijasi va ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
tarixiy yondashuvlar asosida pedagogik atamalar mazmunini pedagogik unifikatsiyalashda ta’lim-tarbiyaga oid ilmiy terminlarni davriy bosqichma-bosqich shakllanishi va ularning konseptual-nazariy modernizatsiyalashtirilishga oid taklif va tavsiyalaridan “Pedagogik atamalar” nomli lug‘atini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zR OO‘MTVning 2023 yil 25 avgustdagi № 311-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan)  Natijada, pedagogika ilmining rivojlanishi va ommalashuvi” qismi yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyigan, atamalar izohi mukammallashgan;
pedagogik atamalarning semantik mazmuni, funksional vazifalari va metodik rivojlanish jarayonlaridagi o‘zgarishlari hamda tizimli-pedagogik yondashuv ustuvorligi ilmiy asoslanishiga oid taklif va tavsiyalaridan “Pedagogik atamalar” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 21 noyabr 02-07-511/04-son dalolatnomasi). Natijada mazkur o‘quv qo‘llanmasidan oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-amaliy manba sifatida foydalanilmoqda;
tizimli tahlil asosida, oliy ta’lim talabalari uchun motivatsion-ehtiyojli, faoliyatga yo‘naltirilgan, interaktiv va madaniy-metodik jihatdan lokallashtirilgan pedagogik atamalarni o‘rganish modelini yaratish ilmiy jihatdan takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasi tomonidan 2022 yil dekabr oyi, 2023 yil yanvar va oktyabr oylarida efirga uzatilgan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar senariyalarini tayyorlashda faydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023 yil 21 noyabrdagi №-04-36-1750-sonli ma’lumotnomasi). Natijada televidenie va radioeshittirishlar ssenariylari mazmuni boyitilib, pedagogik atamalarning amaliy qo‘llanilishini rivojlantirishga xizmat qildi.
pedagogik atamalar evolyusiyasiga oid manbalarni zamonaviy ta’lim amaliyotiga samarali integratsiya qilish va didaktik shart-sharoitlari hamda amaliy natijalarini qayta aloqasi identivligining summaativ va produktivligini loyihalash kontekstida ilmiy-amaliy tavsiya va takliflaridan pedagogik fanlar mazmunini boyitish va takomillashtirishda, o‘quv dasturlarini takomillashtirishda, bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarni tashkil qilishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 21 noyabr 04-36-1750 -son dalolatnomasi). Natijada, virtual darsliklar, onlayn kurslar va pedagogik dasturlarda pedagogik atamalarni amaliyotda qo‘llashni to‘g‘ri va samarali ishlatilishiga zamin bo‘lib hizmat qiladi

Yangiliklarga obuna bo‘lish