Samiev Abdullo Yashinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda veterinariya tibbiyotining yo‘lga qo‘yilishi va rivojlantirilishi (1946–2017 yy.)”, “07.00.01 – O‘zbekiston tarixi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1123.
Ilmiy rahbar: Muminova Gavxar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Axmedov Bekzod Abdurahmonovich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda 1946–2017 yillarda veterinariya medisinasi sohasi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Sovet davrida O‘zbekistonda veterinariya xizmatining shakllanishi va rivojlanishi qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, chorvachilik tarmog‘ini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etganligi, mazkur xizmat tizimi ilmiy yondashuvlar asosida tashkil etilib, epidemiyalarning oldini olish, hayvonlar salomatligini saqlash va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar bilan qo‘llab-quvvatlanligi, O‘zbekiston SSRda qishloq xo‘jaligi va unga xizmat qiluvchi veterinariya sohasini isloh qilish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilganligi, shu bilan birga, epizootiyalarga qarshi kurash tadbirlari kuchaytirilib, davlat byudjeti orqali sohaga katta mablag‘lar ajratilganligi tarixiy manbalar asosida dalillangan;
Sovet davrda moddiy-texnik bazani yaxshilash, yangi ferma va veterinariya ob’ektlarini barpo etish, veterinariya xizmatini samarali tashkil etish ishlari amalga oshirilishi, veterinariya xizmati va zootexnika sohasidagi kadrlar tayyorlash va profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish sohaning samarali rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga egaligi, 1940–1950 yillarda kadrlar tayyorlashdagi kamchiliklar va malakaning pastligi sohani rivojlanishida to‘siq bo‘lganligi, keyingi yillarda ilmiy-tadqiqot va malakali kadrlar tayyorlash orqali sohani rivojlantirishga qaratilgan choralar keng ko‘lamda amalga oshirilgan va natijada veterinariya xizmati samaradorligi oshganligi arxiv hujjatlariga tayangan holda asoslangan;
Veterinariya mutaxassislari tomonidan kasalliklarni oldini olish va davolash ishlari bo‘yicha samarali usullar qo‘llanilgan bo‘lsa-da, bu davrda hayvonlarning sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan ishlarda yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga etarli e’tibor berilmaganligi, qishloq xo‘jaligi hayvonlarining yuqumli kasalliklari, xususan brusellyoz, kuydirgi va silga qarshi samarali kurashish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilganligi, chorva mollari orasidagi yuqumli va invazion kasalliklarga qarshi kurashish maqsadida ilmiy-tadqiqot institutlari, bakteriologiya laboratoriyalari hamda mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilganligi manbalar asosida dalillangan;
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda veterinariya sohasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi, soha qonunchilik bazasini mustahkamlash, zamon talablari bo‘yicha yangilash ishlari amalga oshirilganligi, chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha turli usullar qo‘llanganligi, epizootiyaga qarshi tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, shu bilan birga, veterinariya-sanitariya va karantin qo‘riqlash ishlarining kompleks olib borilishi natijasida kuydirgi, sil, oqsil, chechak, cho‘chqa o‘lati va samara yarasi kabi bir qancha o‘tkir yuqumli kasalliklarning oldi olinganligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1946–2017 yillarda O‘zbekistonda veterinariya tibbiyotining yo‘lga qo‘yilishi va rivojlantirilishi tarixi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Sovet davrida O‘zbekistonda veterinariya xizmatining shakllanishi va rivojlanishi qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, chorvachilik tarmog‘ini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etganligi, mazkur xizmat tizimi ilmiy yondashuvlar asosida tashkil etilib, epidemiyalarning oldini olish, hayvonlar salomatligini saqlash va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar bilan qo‘llab-quvvatlanligi, O‘zbekiston SSRda qishloq xo‘jaligi va unga xizmat qiluvchi veterinariya sohasini isloh qilish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilganligi, shu bilan birga, epizootiyalarga qarshi kurash tadbirlari kuchaytirilib, davlat byudjeti orqali sohaga katta mablag‘lar ajratilganligiga oid ilmiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi senariysini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023 yil 2 noyabrdagi 02-28-1638-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar mazkur ko‘rsatuvning yanada sifatli bo‘lishiga yordam bergan.
Sovet davrida moddiy-texnik bazani yaxshilash, yangi ferma va veterinariya ob’ektlarini barpo etish, veterinariya xizmatini samarali tashkil etish ishlari amalga oshirilishi, veterinariya xizmati va zootexnika sohasidagi kadrlar tayyorlash va profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish sohaning samarali rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga egaligi, 1940–1950 yillarda kadrlar tayyorlashdagi kamchiliklar va malakaning pastligi sohani rivojlanishida to‘siq bo‘lganligi, keyingi yillarda ilmiy-tadqiqot va malakali kadrlar tayyorlash orqali sohani rivojlantirishga qaratilgan choralar keng ko‘lamda amalga oshirilgan va natijada veterinariya xizmati samaradorligi oshganligiga oid ilmiy ma’lumotlardan Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tomonidan “Veterinariya tibbiyoti tarixi” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanildi (Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti 2023 yil 7 noyabrdagi 6/2047-son ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlar tayyorlanayotgan “Veterinariya tibbiyoti tarixi” darsligining yanada mazmunli va sifatli bo‘lishiga yordam beradi.
Veterinariya mutaxassislari tomonidan kasalliklarni oldini olish va davolash ishlari bo‘yicha samarali usullar qo‘llanilgan bo‘lsa-da, bu davrda hayvonlarning sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan ishlarda yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga etarli e’tibor berilmaganligi, qishloq xo‘jaligi hayvonlarining yuqumli kasalliklari, xususan brusellyoz, kuydirgi va silga qarshi samarali kurashish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilganligi, chorva mollari orasidagi yuqumli va invazion kasalliklarga qarshi kurashish maqsadida ilmiy-tadqiqot institutlari, bakteriologiya laboratoriyalari hamda mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilganligiga doir ilmiy ma’lumotlardan Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Veterinariya tibbiyoti tarixi” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining 2023 yil 9 noyabrdagi 27/1-361-son dalolatnomasi). Tadqiqotchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tayyorlanayotgan “Veterinariya tibbiyoti tarixi” darsligining yanada mazmunli va sifatli bo‘lishiga yordam beradi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda veterinariya sohasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi, soha qonunchilik bazasini mustahkamlash, zamon talablari bo‘yicha yangilash ishlari amalga oshirilganligi, chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha turli usullar qo‘llanganligi, epizootiyaga qarshi tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, shu bilan birga, veterinariya-sanitariya va karantin qo‘riqlash ishlarining kompleks olib borilishi natijasida kuydirgi, sil, oqsil, chechak, cho‘chqa o‘lati va samara yarasi kabi bir qancha o‘tkir yuqumli kasalliklarning oldi olinganligiga doir ilmiy xulosalardan Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tomonidan “Veterinariya tibbiyoti tarixi” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 2 fevraldagi 02/23-68-son xulosasi). Ushbu ma’lumotlar tayyorlanayotgan “Veterinariya tibbiyoti tarixi” darsligining yanada mazmunli va sifatli bo‘lishiga yordam beradi.