Shukurillaev Yunus Asrorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro amirligida harbiy ish va qo‘shin: holati, boshqaruvi, an’analari (1756 – 1920-yillar)” 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tar160
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.08.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: Vohidov Shodmon Xusenovich - tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Shodman Axmadovich - tarix fanlari doktori, professor; Zamonov Akbar Turgunovich - tarix fanlari doktori (DSc), professor; Xoliqova Rahbar Ergashevna - tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro amirligi davrida harbiy ish va qo‘shinning holati, boshqaruvi, an’analari tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro mang‘it amir Nasrullohxon tomonidan 1856-yilda qabul qilingan harbiy Nizom (93 varaq, arab imlosida fors tilida) uning bob va fasllari, Nizomda qo‘shin tuzilishi, qo‘shin tarkibi (dasta, nimdasta, rasad, bahra, sarjuqa), harbiy unvon va mansablar, buyruq berish va uning bajarilish qoidalari, jang usullari (18 ta an’anaviy, 6 ta yangi), harbiylarni tayyorlash, harbiy dala mashqlarining o‘tkazilish tartiblari, qo‘riqlash xizmati, dala janglaridagi o‘rdalarni qurish, ularni ko‘chirish, qurol-yarog‘lardan foydalanish qoidalari ilk bor yaxlit holatda ilmiy jihatdan asoslantirilgan.
Amir Nasrullohxon tomonidan qabul qilingan harbiy Nizom tuzilishida Evropa mamlakatlari (Angliya, Fransiya, Germaniya) ilg‘or armiyalarining amaldagi Nizomlaridan foydalanganligi, protektorat davrida Rossiya imperiyasi ta’siri va nazoratida qabul qilingan Nizomlar (“Risolatun nizomiya” – Buxoro amirligining harbiy Nizomi, 123 varaq, “Risolatun nizomiya” – Buxoro amirligining harbiy Nizomi to‘ldirilgan nusxasi, 193 varaq) bilan o‘zaro o‘xshashlik va farqli jihatlari asoslangan;
tarixiy adabiyot va tadqiqotlarda ilgari tilga olinmagan harbiy unvon va mansablar (Muxabbir (مخبر), Ajudon (اجودان), Yovari avval (یاور اول), Sardasta (سردسته), Ajudanboshi (اجودانباشی), Tabbol (طبّال), Nayzan (نیزن), Shaypurchi (شیپورچی), Sarjuqa (سرجوقه), Keshikchi (کشیكچی), Sarhang (سرهنگ), Alamdor (علمدار), Mustahfiz (مستحفظ)) hamda ularning vazifalari aniqlangan;
Buxoro amirligida harbiy sohada o‘sha davr talablariga javob beradigan harbiy Nizomlar bo‘lsa-da, ularning amaliyotga deyarli joriy etilmagan, o‘rta asrlardagi qoloq an’analarning davom etib kelganligi, harbiy ta’lim beradigan birorta ham harbiy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lmaganligi, harbiy kadrlar muammosining hal etilmaganligi, qo‘shinda mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik an’analari saqlanib qolinganligi, saroy va harbiy mansablarning alohida toifalarga ajratilmaganligi, mafkuraviy-siyosiy tayyorgarlikning yo‘lga qo‘yilmaganligi dalillangan.
Mang‘itlar sulolasi davrida Buxoro amirligida muntazam qo‘shin tuzilishi, qo‘shin tarkibi, qo‘shin safini to‘ldirib borish tartiblari (zindonband etilgan mahkumlar, keksayib qolgan sarbozning o‘rniga o‘g‘lini kiritish, ota-onalarning murojaatlari, muhojirlar, ko‘ngillilar, sotib olingan qullar, chet ellik harbiy asirlar, qochoq sarbozning o‘rniga harbiy xizmatga jalb etilgan kafillar), jang qoidalari, razvedka, harbiy strategiya va taktika masalalari, harbiy musiqachilar faoliyati, lavozimga tayinlashning tartib-qoidalari (ijtimoiy kelib chiqishi, urug‘i, nasl-nasabi, vafoti, kasalligi, harbiy xizmatga yarog‘sizligi, amir farmoni ), qo‘shindagi sovuq, o‘qotar qurollar hamda harbiy himoya vositalari, harbiy xizmatchilarning maoshlari, moddiy ta’minoti, (oylik, kunlik, mukofot puli, er-suv in’omlari, ot-ulov, natural tarzdagi mahsulotlar), kundalik turmushi, harbiy xizmatdan qochish sabablari, qo‘shinda taqdirlash va jazo berish masalalari asoslab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Buxoro amirligida harbiy ish va qo‘shin holati, boshqaruvi, an’analarini tadqiq qilish natijasida quyidagilar amaliyotga joriy qilindi:
Buxoro mang‘it amir Nasrullohxon tomonidan 1856-yilda qabul qilingan harbiy Nizom (93 varaq, arab imlosida fors tilida) uning bob va fasllari, Nizomda qo‘shin tuzilishi, qo‘shin tarkibi (dasta, nimdasta, rasad, bahra, sarjuqa), harbiy unvon va mansablar, buyruq berish va uning bajarilish qoidalari, jang usullari (18 ta an’anaviy, 6 ta yangi), harbiylarni tayyorlash, harbiy dala mashqlarining o‘tkazilish tartiblari, qo‘riqlash xizmati, dala janglaridagi o‘rdalarni qurish, ularni ko‘chirish, qurol-yarog‘lardan foydalanish qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ayrim dasturlarini bajarishda keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 2-oktyabrdagi 10/2193-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa harbiy xizmatchilarni jangovor tayyorgarligini oshirishga ma’lum darajada xizmat qilgan;
Amir Nasrullohxon tomonidan qabul qilingan harbiy Nizom tuzilishida Evropa mamlakatlari (Angliya, Fransiya, Germaniya) ilg‘or armiyalarining amaldagi Nizomlaridan foydalanganligi, protektorat davrida Rossiya imperiyasi ta’siri va nazoratida qabul qilingan Nizomlar ( “Risolatun nizomiya” – Buxoro amirligining harbiy Nizomi, 123 varaq, va unung to‘ldirilgan nusxasi, 193 varaq) bilan o‘zaro o‘xshashlik va farqli jihatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi Buxoro garnizonining targ‘ibot-tashviqot ishlarida keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi Buxoro garnizonining 2025-yil 10-oktabrdagi 4112-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi, yosh avlodni mard va jasurlik, harbiy vatanparvarlik, ona Yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
Buxoro amirligida harbiy sohada o‘sha davr talablariga javob beradigan harbiy Nizomlar bo‘lsada, ularning amaliyotga deyarli joriy etilmaganligi, o‘rta asrlardagi qoloq an’analarning davom etib kelganligi, harbiy ta’lim beradigan birorta ham ta’lim muassasasi mavjud bo‘lmaganligi, harbiy kadrlar muaammosining hal etilmaganligi, qo‘shinda mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik an’analari saqlanib qolinganligi, saroy va harbiy mansablarning alohida toifalarga ajratilmaganligi, mafkurafiy-siyosiy tayyorgarlikning yo‘lga qo‘yilmaganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023-yilning 3-noyabr kuni efirga uzatilgan “Mavzu” ko‘rsatuvi, 2024-yil 10-yanvarda namoyish etilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi va 2024-yil 14-mayda namoyish etilgan “Ochiq dars” ko‘rsatuvlari ssenariylarini ishlab chiqishda keng foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 9-sentyabrdagi 01-33/669-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvlar teletomoshabinlarga Buxoro amirligining harbiy tarixiga oid saqlanayotgan, hozirda o‘rganilishi zarur bo‘lgan manbalar, amirlikda muntazam qo‘shin tuzilishi, boshqaruvi va harbiy tarixi bo‘yicha tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan;
tarixiy adabiyot va tadqiqotlarda ilgari tilga olinmagan harbiy unvon va mansablar (Muxabbir (مخبر), Ajudon (اجودان), Yovari avval (یاور اول), Sardasta (سردسته), Ajudanboshi (اجودانباشی), Tabbol (طبّال), Nayzan (نیزن), Shaypurchi (شیپورچی), Sarjuqa (سرجوقه), Keshikchi (کشیكچی), Sarhang (سرهنگ), Alamdor (علمدار), Mustahfiz (مستحفظ)) hamda ularning vazifalari borasidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyatida keng qo‘llanilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2025-yil 8-oktyabrdagi 1/1-5392-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, Milliy gvardiya xodimlarining xizmat faoliyatini rivojlantirshga ma’lum darajada xizmat qilgan;
Mang‘itlar sulolasi davrida Buxoro amirligida muntazam qo‘shin tuzilishi, qo‘shin tarkibi, unga qabul qilish tartiblari (zindonband etilgan mahkumlar, keksayib qolgan sarbozning o‘rniga o‘g‘lini kiritish, ota-onalarning murojaatlari, muhojirlar, ko‘ngillilar, sotib olingan qullar, chet ellik harbiy asirlar, qochoq sarbozning o‘rniga harbiy xizmatga jalb etilgan kafillar), jang qoidalari, razvedka, harbiy strategiya va taktika masalalari, harbiy musiqachilar faoliyati, lavozimga tayinlashning tartib-qoidalari (ijtimoiy kelib chiqishi, urug‘i, nasl-nasabi, vafoti, kasalligi, harbiy xizmatga yarog‘sizligi, amir farmoni), qo‘shindagi sovuq va o‘qotar qurollar hamda harbiy himoya vositalari, harbiy xizmatchilarning maoshlari (oylik, kunlik, mukofot puli, er-suv in’omlari, ot-ulov, natural tarzdagi mahsulotlar), kundalik turmushi, moddiy ta’minoti, harbiy xizmatdan qochish sabablari, qo‘shinda taqdirlash va jazo berish masalalari borasidagi ma’lumotlardan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi faoliyatida keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 14-iyuldagi 04-05/2824-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligiga qarashli Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasining fond eksponatlarini boyitishda va muzeyning 2020–2025-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, muzey ilmiy xodimlari, sayyohlarni boshlovchilar faoliyatining samaradorligini oshirishga, muzeyga tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy sayyohlarda Buxoro amirligining harbiy-siyosiy tarixini yoritishga hamda gid-ekskursavodlar faoliyatini zaruriy, yangi, ilmiy asoslangan ma’lumotlar bazasini boyitilishiga xizmat qilgan.