Ibrohimov Nozimjon Ixtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro amirligining Hindiston bilan savdo munosabatlari (XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlari”, 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tar1779.
Ilmiy rahbar: Ochildiev Fayzulla Boboqulovich, tarix fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.08.01  raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboevich - tarix fanlari doktori, professor; Ergashev Jahongir Yunus o‘g‘li - tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro amirligining Hindiston bilan olib borgan savdo munosabatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro amirligining XIX asrdagi savdo munosabatlarida Hindiston alohida o‘rin  tutganligi, amirlik bozorlariga hind savdogarlari orqali ingliz savdo mollarining kirib kelishi natijasida Angliya va Rossiya mahsulotlari o‘rtasida kuchli raqobat kelib chiqqanligi, ingliz–hind mollari rus mahsulotlariga nisbatan arzon sotilganligi, Rossiya imperiyasi amirlik bozorlaridan ingliz–hind mahsulotlarini siqib chiqarish maqsadida ularga nisban katta miqdorda qo‘shimcha bojlar joriy qilganligi sababli Buxoro – Hindiston savdo munosabatlariga salbiy ta’sir qilganligi aniqlangan;
Buxoro va Hindiston o‘rtasida XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida savdo hajmining o‘sish dinamikasi, mazkur savdo aloqalarida amirlikning Hindiston bilan import–eksport salohiyatining yuqori bo‘lgani va iqtisodiy munosabatlarda buxorolik va hind savdogarlari faol bo‘lganligi, Buxoro o‘zaro savdo jarayonlarida muhim markaz sifatida ahamiyatini saqlab qolganligi, shuningdek, amirlik xo‘jaligiga zarur kapitalning kirib kelishi bir qator omillarga asoslanganligi isbotlangan;
Buxoroning Hindiston bilan savdo munosabatlarida choy mahsuloti yetakchi o‘rin tutganligi, amirlik aholisining choy mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojining yuqori bo‘lgani, Choy savdosida Peshovarlik savdogarlarning mavqei baland ekanligi, choy navlari, sifati va narx navosi arxiv va birlamchi manbalar bilan asoslangan;
Buxoro amirligi va Hindiston savdo aloqalarida savdo yo‘llari, karvonsaroylar va bozorlarning qanchalik muhim ekanligi, savdo yo‘llari, karvonsaroylar va bozorlardan tushadigan bojlarning amirlik xazinasiga katta foyda keltirgani, shuningdek hind sudxo‘rlarining amirlik aholisi orasida kredit–moliya vazifalarini bajarganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro amirliginig Hindiston bilan olib borgan savdo munosabatlari tahlil qilish natijasida quuidagilar amaliuotga joriu qilindi:
Buxoro amirligining XIX asrdagi savdo munosabatlarida Hindiston alohida o‘rin  tutganligi, amirlik bozorlariga hind savdogarlari orqali ingliz savdo mollarining kirib kelishi natijasida Angliya va Rossiya mahsulotlari o‘rtasida kuchli raqobat kelib chiqqanligi, ingliz–hind mollari rus mahsulotlariga nisbatan arzon sotilganligi, Rossiya imperiyasi amirlik bozorlaridan ingliz–hind mahsulotlarini siqib chiqarish maqsadida ularga nisban katta miqdorda qo‘shimcha bojlar joriy qilganligi sababli Buxoro – Hindiston savdo munosabatlariga salbiy ta’sir qilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ekspedisiya” ko‘rsatuvini tauuorlashda keng foudalanildi (O‘zbekiston milliu teleradiokompaniuasi “Ma’rifat ijodiy birlashmasi” Davlat muassasasining 2025– uil 20– oktyabrdagi 01–33/781– son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuv teletomoshabinlarga Buxoro amirligi davrida kechgan savdo aloqalari  borasidagi tasavvurlarini bouitishga xizmat qilgan.
Buxoroning Hindiston bilan savdo munosabatlarida choy mahsuloti yetakchi o‘rin tutganligi, amirlik aholisining choy mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojining yuqori bo‘lgani, Choy savdosida Peshovarlik savdogarlarning mavqei baland ekanligi, choy navlari, sifati va narx navosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanali dasturlarini efirga tayyorlashda keng qo‘llanildi (O‘zbekiston milliu teleradiokompaniuasi “Ma’rifat ijodiy birlashmasi” Davlat muassasasining 2025– uil 20– oktyabrdagi 01–33/781– son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuv teletomoshabinlarga Buxoro amirligi davrida kechgan savdo-iqtisodiy aloqalari tarixi borasidagi tasavvurlarini bouitishga xizmat qilgan.
Buxoro va Hindiston o‘rtasida XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida savdo hajmining o‘sish dinamikasi, mazkur savdo aloqalarida amirlikning Hindiston bilan import–eksport salohiyatining yuqori bo‘lgani va iqtisodiy munosabatlarda buxorolik va hind savdogarlari faol bo‘lganligi, Buxoro o‘zaro savdo jarayonlarida muhim markaz sifatida ahamiyatini saqlab qolganligi, shuningdek, amirlik xo‘jaligiga zarur kapitalning kirib kelishi bir qator omillarga asoslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Buxoro davlat muzeu–qo‘riqxonasida joriulantirildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniu meros agentligining 2025– uil 23– oktyabrdagi 04–05/4189– sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Buxoro davlat muzeu-qo‘riqxonasida turli ko‘rgazmalar qilishda hamda fond materiallarini kataloglashtirishda qo‘llanilmoqda.
Buxoro amirligi va Hindiston savdo aloqalarida savdo yo‘llari, karvonsaroylar va bozorlarning qanchalik muhim ekanligi, savdo yo‘llari, karvonsaroylar va bozorlardan tushadigan bojlarning amirlik xazinasiga katta foyda keltirgani, shuningdek hind sudxo‘rlarining amirlik aholisi orasida kredit–moliya vazifalarini bajarganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Buxoro davlat muzeu–qo‘riqxonasida joriulantirildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniu meros agentligining 2025-uil 23-oktyabrdagi 04–05/4189– sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi natijasida Buxoro davlat muzeu-qo‘riqxonasiga tashrif buyuruvchilarda  Buxoro amirligi va Hindiston o‘rtasidagi savdo aloqalari bo‘yicha tushunchalarini boyishiga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish