Qarshiev Shoxrux Anvar o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qadriyatlar tizimida din va axloq mutanosibligining falsafiy-madaniy tahlili”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Din falsafasi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal829.
Ilmiy rahbar: Djalilov Baxtiyor Hidaevich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07
Rasmiy opponentlar: Abilov O‘rol Murodovich– falsafa fanlari doktori, professor, Tashanov Abduxoliq Daynovich – falsafa fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qadriyatlar tizimida din va axloq o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblikning falsafiy-madaniy asoslarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
din va axloqning ijtimoiy barqarorlik, madaniy integratsiya va shaxs kamolotidagi o‘rni, falsafiy jihatdan jamiyatda axloqiy norma va me’yorlarning shakllanishidagi zaruriyati milliy va umuminsoniy qadriyatlar tizimi asosida ochib berilgan;
din va axloq o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblik masalasi zamonaviy falsafiy konsepsiyalar asosida  insonning aql-idroki, jamiyat manfaati bilan bog‘liq holda munosabatning ontologik va epistemologik asoslari hamda globallashuv sharoitidagi dinamikasi madaniy integratsiya omili sifatida asoslangan;
 din va axloq tizimlarining bir-biriga moslashishi ijtimoiy integratsiyani ta’minlashga xizmat qilishiga oid munosabatlarga ta’sir etuvchi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va psixologik omillar aniqlangan hamda jamiyatdagi ijtimoiy himoya, tenglik va ijtimoiy adolat prinsiplariga ta’sir ko‘rsatishi konseptual modellar bilan asoslangan; 
qadriyatlar tizimida din va axloq mutanosibligining tarixi, an’anaviy qadriyatlarning rivojlanishi, jamiyatdagi tarixiy shart sharoit va hozirgi davr ruhi uchun yangi texnologiyalar, sun’iy intellekt va raqamli ommaviy axborot vositalari rivoji sharoitida shakllangan  madaniy va diniy ko‘p qirralilikka nisbatan milliy-madaniy tizimni saqlash zaruriyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qadriyatlar tizimida din va axloq mutanosibligining falsafiy-madaniy tahlili asosida quyidagi xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:
din va axloqning ijtimoiy barqarorlik, madaniy integratsiya va shaxs kamolotidagi o‘rni, falsafiy jihatdan jamiyatda axloqiy norma va me’yorlarning shakllanishidagi zaruriyati milliy va umuminsoniy qadriyatlar tizimiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar  badiiy muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Hidoyat sari” dasturlari senariysini tayyorlashda (2022-2024 yillar davomida) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil 19-noyabrdagi 04-36-1202-son ma’lumotnomasi). Natijada, radiotinglovchilar din va axloq mutanosibligiga erishishning pragmatik yo‘li jamiyatning barcha qatlamlarida e’tiqod va xulq-atvor o‘rtasidagi bir-birini to‘ldiruvchi munosabatlarni ongli ravishda rivojlantirish to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ldilar;
din va axloq o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblik masalasi zamonaviy falsafiy konsepsiyalar asosida  insonning aql-idroki, jamiyat manfaati bilan bog‘liq holda munosabatning ontologik va epistemologik asoslari hamda globallashuv sharoitidagi dinamikasi madaniy integratsiya omili sifatidagi yangiligidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining V yo‘nalishida belgilangan “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar” 39-bandi O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni joriy qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 25-dekabr 10/244 son  ma’lumotnomasi). Natijalar ilmiy-amaliy tadqiqotlari orqali din va axloq mutanosibligi tarixiy asoslar, ijtimoiy jarayonlar va madaniy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, har bir davrda yangi shakllar va tendensiyalarni keltirib chiqaradi. Ularni o‘rganish, zamonaviy jamiyatda din va axloq o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshiroq tushunishda namoyon bo‘lishiga xizmat qilgan;
    din va axloq tizimlarining bir-biriga moslashishi ijtimoiy integratsiyani ta’minlashga xizmat qilishiga oid munosabatlarga ta’sir etuvchi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va psixologik omillar aniqlangan hamda jamiyatdagi ijtimoiy himoya, tenglik va ijtimoiy adolat prinsiplariga ta’sir ko‘rsatishi konseptual modellarga asoslangan g‘oyalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 1-martdagi 01/33-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar qadriyatlar tizimida din va axloq mutanosibligiga oid konsepsiyalarning falsafiy talqiniga oid g‘oyalardan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan nashrga tayyorlangan Moturidiylik ta’limoti ensiklopediyasi maqolalarini ilmiy jihatdan mazmunan boyitishda foydalanilgan;
qadriyatlar tizimida din va axloq mutanosibligining tarixi, an’anaviy qadriyatlarning rivojlanishi va jamiyatdagi tarixiy shart sharoit va hozirgi davr ruhi uchun yangi texnologiyalar, sun’iy intellekt va raqamli ommaviy axborot vositalari rivoji sharoitida shakllangan  madaniy va diniy ko‘p qirralilikka nisbatan milliy-madaniy tizimni saqlash zaruriyatiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2024-yil 25-dekabr 4-16-21-6952-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekistonda milliy va diniy qadriyatlarning rivojlanishi haqidagi tushunchalarning mazmunini tushuntirishga xizmat qildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish