Altmisheva Yorkinoy Majidovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ““Boburnoma” badiiy ensiklopediyasi terminologik mozaikasining rus tiliga tarjimasi autentligi muammolari” (“Problema autentichnosti perevoda na russkiy yazik terminologicheskoy mozaiki v xudojestvennoy ensiklopedii “Baburname””), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Fil707 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
Ilmiy maslahatchi: Qodirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Ma’mirjon Muxammedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Teshaboeva Ziyodaxon Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Boburnoma”ning Mixail Sale tomonidan rus tiliga tarjimasi va tahrirlarida terminologik leksika, xususan, diniy, harbiy va tibbiy terminlarning asarda tutgan o‘rni, bu qatlam so‘zlarning o‘girilishining autentlik darajasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadqiqot jarayonida “Boburnoma” ning rus tiliga tarjimasi arabshunos olim M.Sale tomonidan amalga oshirilganligi sababli asarning terminologik leksikasini uzatishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, xatolarni bartaraf qilish yo‘llari ko‘rsatilgan, adekvat tarjimasi taklif etilgan hamda terminlarning tarjimada muvofiqlarini noto‘g‘ri tanlanganligi ochiqlangan;
matnda rus va o‘zbek tillarining maxsus leksikasini tarjima qilish metodologiyasining asosiy qoidalari aniq shakllantirilib, “basmala” ibtidosi tarjimasida “vo imya” uchlik – trinitar formulasining boshi noto‘g‘ri qo‘llanganligi ochiqlangan;
“Boburnoma”ning diniy marosim terminlarini tarjima qilish uslubiyatida asosiy bo‘lgan yangi “ritualema” termini kiritilib, diniy, harbiy va tibbiy terminlarning semantik maydoni tipologiyasi ishlab chiqilgan;
“Alloh” teonimini nasroniylarning “gospod`” atamasi bilan almashtirishning nomaqbulligi isbotlangan;
islom lingvomadaniyatiga xos bo‘lgan leksikani o‘girishda asosan tarjima transformatsiyalarining leksik va semantik turlaridan foydalanish taklif etilgan; transformatsion tahlil jarayonida asliyatdagi ma’noning buzilishi, noto‘g‘ri tarjima qilingan teonimlar (namoz, tahorat, g‘usl, vird, idda va boshqalar), muallif uslubidan chekinish holatlari ochiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Boburnoma” terminologik (diniy) leksikasining rus tiliga tarjimasi autentligi muammolarini tadqiq etish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
“Boburnoma”ning rus tiliga tarjimalarini o‘rganish, xususan, M.Sale tomonidan turkiy tildan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima tahlili natijalaridan “Xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Bobur nomidagi Xalqaro jamoat fondining 2023-yil 25- dekabrdagi №74-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning rus tilidagi manbalariga oid qismi “Boburnoma” tarjimalarida muallif uslubini qayta tiklash muammolariga oid yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan.
“Boburnoma”ning rus tiliga tarjimalaridagi terminologik leksikaning autentligi muammolari tadqiqiga oid ilmiy xulosalar va materiallar davlat ilmiy-texnikaviy dasturi doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-sonli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) electron platformasini yaratish” loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 14.06.2025-y. № 01/4-2502-son ma’lumotnoma). Natijada platforma mazmuniga ilk bor «ritualema /ritualema» religionimi kiritilib, rus va o‘zbek tilshunosligida yangi termin sifatida izohlangan tavsifi ishlab chiqilgan; diniy atamalar tarjimasining autentlik darajalari ilmiy asoslanib, “Boburnoma”ning o‘zbek va rus tillaridagi diniy terminlari birinchi marta struktur-semantik, funksional-uslubiy va pragmatik jihatlardan qiyosiy tahlil qilingan holda tilshunoslik fanining yutuqlari va tajribasi asosida shakllantirilib, ko‘p tilli materiallarni semantik tahlil qilishda samarali foydalanilgan.
Rus tiliga tarjima mualliflari haqidagi ma’lumotlardan “Bobur. Boburiylar. Bibliografiya” ko‘p jildligini yaratishda foydalanilgan (Bobur nomidagi Xalqaro jamoat fondining 11.06.2025-y. №20-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotlar ro‘yxatiga “Boburnoma”ning jahon tillariga tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar qo‘shildi. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan xabardor bo‘lish imkoniyati yaratilgan.
“Boburnoma”ning rus tiliga tarjimalarida maxsus leksika, diniy atamalarning autentligi muammosiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “O‘zbek badiiy tarjimasi”, “Zahiriddin Muhammad Bobur merosining O‘zbekiston yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni va roli” turkumidagi adabiy-ma’naviy va ilmiy tadbirlarni tashkil etish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 9.06.2025-y. №01-03-258-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dasturlar asosida o‘tkazilgan tadbirlar diniy atamalarning rus tiliga adekvat tarjimasi haqidagi bilimlar bilan boyitilgan.
“Boburnoma”ning rus tiliga tarjimalaridagi maxsus leksika, diniy atamalarning autentligi muammosiga oid xulosalardan 2023-yil 14-fevralda efirga uzatilgan “Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligi” adabiy-ma’naviy-ilmiy ko‘rsatuvi, 2023-yil 29-avgustdagi “Bobur mirzo va islom” hamda shu yo‘nalishdagi boshqa tarixiy mavzularga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK Andijon viloyat teleradiokompaniyasining 18.06.2025-y. №01-13/142-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teledasturlarning mazmunan serqirraligi hamda ommabopligi ta’minlangan.