Umarova Iroda Bakirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek oilalarida er va xotinlarning yetakchilik haqidagi tasavvurlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/P.1360.
Ilmiy rahbar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, (DSc) professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Hazrat Xuseinovich, psixologiya fanlari doktori (DSc) professor; Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori (DSc) professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek oilalarida er va xotinlarning yetakchilik haqidagi tasavvurlarini tadqiq qilish orqali ushbu  jarayonga ta’sir etuvchi omillarni ilmiy ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek oilalarida er-xotin o‘rtasida oilaviy yetakchilikni belgilovchi tasavvurlar gender rollar, juftliklarning yoshi, etnomadaniy xususiyatlari bilan bog‘liq ijtimoiy-demografik omillar ta’siriga bog‘liqligi tufayli erkaklarda an’anaviy ijtimoiy rollar va iqtisodiy mas’uliyat, ayollarda esa egalitar yondashuvga oid stereotipik tushunchalar bilan korrelyasiyalanishi aniqlangan;
shahar va qishloq oilalarida yetakchilikning namoyon bo‘lishi er va xotinning ijtimoiy tasavvurlarini obektiv (gender, yosh, etnos) va subektiv (shaxsiy sifatlar, qadriyat yo‘nalishlari) omillar bilan uzviy bog‘liqligiga asoslanib oilaviy qadriyatlar ta’sirida erkaklar o‘zlarini ko‘proq “yetakchi” rolida, ayollar esa “hamkor” yoki “muvozanatli” liderlik uslubida identifikatsiyalashlariga identiv ekanligi aniqlangan;
oilada yetakchilik haqidagi tasavvurlarning farqlanishiga ko‘ra an’anaviy oilalarda ierarxik gender roli, erkakning ustunligini ifodalovchi qarashlar, egalitar oilalarda esa ayol va erkakning muvozanatli hamkorligini ustunligi tufayli “yetakchi rolini” qadriyatlar va diniy tushunchalar negizida idrok etishning ijtimoiy rollar identifikatsiyasiga bog‘liq jihatlari dalillangan;
o‘zbek oilalarida oilaviy yetakchilikni belgilovchi qadriyatlarga ko‘ra er va xotin qarashlarida status va ijtimoiy mavqe, mehr-shafqat va g‘amxo‘rlik, oila barqarorligi va ayol roli, patriarxal gender rol, er-xotin hamkorligi, ijodiylik va o‘sishga intilish bilan bog‘liq jihatlarni differensial farqlanishi tufayli an’anaviy va egalitar oilalarda “oila lideri” haqidagi tasavvurlarga nisbatan gender stereotiplarning integrativ ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbek oilalarida er va xotinlarning yetakchilik haqidagi tasavvurlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:   
o‘zbek oilalarida er-xotin o‘rtasida oilaviy yetakchilikni belgilovchi tasavvurlar gender rollar, juftliklarning yoshi, etnomadaniy xususiyatlari bilan bog‘liq ijtimoiy-demografik omillar ta’siriga bog‘liqligi tufayli erkaklarda an’anaviy ijtimoiy rollar va iqtisodiy mas’uliyat, ayollarda esa egalitar yondashuvga oid stereotipik tushunchalar bilan korrelyasiyalanishi aniqlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining  2025- yil 16-avgust PM 113-son buyrug‘iga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025- yil 16-avgust PM 113-son ma’lumotnomasi) Natijada o‘zbek oilalarida er va xotin tomonidan yetakchilikni tasavvur etishning asosida oilaviy yetakchilikning asosiy ijtimoiy-psixologik xususiyatlari  taqsimlanishi turmush o‘rtoqlarning shaxsiy sifatlari, o‘zaro teng huquqliligi muloqot madaniyati va oilaviy qadriyatlari bilan chambarchas bog‘liqligi ilmiy asosda isbotlangan. 
shahar va qishloq oilalarida yetakchilikning namoyon bo‘lishi er va xotinning ijtimoiy tasavvurlarini obektiv (gender, yosh, etnos) va subektiv (shaxsiy sifatlar, qadriyat yo‘nalishlari) omillar bilan uzviy bog‘liqligiga asoslanib oilaviy qadriyatlar ta’sirida erkaklar o‘zlarini ko‘proq “yetakchi” rolida, ayollar esa “hamkor” yoki “muvozanatli” liderlik uslubida identifikatsiyalashlariga identiv ekanligi aniqlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining  2025- yil 16-avgust PM 113-son buyrug‘iga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025- yil 16-avgust PM 113-son ma’lumotnomasi). Natijada shahar va qishloq oilalarida yetakchilikning namoyon bo‘lish xususiyatlari obektiv (gender, yosh, etnos) va subektiv (shaxsiy sifatlar, qadriyat yo‘nalishlari, psixologik xususiyatlar) omillar bilan uzviy bog‘lanishi mumkinligi dalillangan.
oilada yetakchilik haqidagi tasavvurlarning farqlanishiga ko‘ra an’anaviy oilalarda ierarxik gender roli, erkakning ustunligini ifodalovchi qarashlar, egalitar oilalarda esa ayol va erkakning muvozanatli hamkorligini ustunligi tufayli “yetakchi rolini” qadriyatlar va diniy tushunchalar negizida idrok etishning ijtimoiy rollar identifikatsiyasiga bog‘liq jihatlari dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining  2025- yil 16-avgust PM 113-son buyrug‘iga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025- yil 16-avgust PM 113-son ma’lumotnomasi). Natijada an’anaviy va egalitar oilalarda liderlik shakllarining o‘ziga xos psixologik va ijtimoiy jihatlari empirik kuzatuv va so‘rovnomalar mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslangan.
o‘zbek oilalarida oilaviy yetakchilikni belgilovchi qadriyatlarga ko‘ra er va xotin qarashlarida status va ijtimoiy mavqe, mehr-shafqat va g‘amxo‘rlik, oila barqarorligi va ayol roli, patriarxal gender rol, er-xotin hamkorligi, ijodiylik va o‘sishga intilish bilan bog‘liq jihatlarni differensial farqlanishi tufayli an’anaviy va egalitar oilalarda “oila lideri” haqidagi tasavvurlarga nisbatan gender stereotiplarning integrativ ta’siri aniqlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining  2025- yil 16-avgust PM 113-son buyrug‘iga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025- yil 16-avgust PM 113-son ma’lumotnomasi). Natijada oilaga psixologik xizmat ko‘rsatish tizimiga faollik ko‘rsatuvchi mutaxassislar uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish