Latibjonov Rahmatillo Abdurashid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish kursi tinglovchilarining kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishda trening texnologiyalaridan foydalanish (amaliyotchi psixologlar misolida)”, 19.00.05– Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/P1078.
Ilmiy rahbar: Dumarov Mashxurbek Xasanovich psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Hojiboev Ilhomjon Islomjonovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: amaliyotchi psixologlarni kommunikativ kompetensiyalarini trening texnologiyalari yordamida takomillashtirishning psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish asosida tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish kursi tinglovchilarining kommunikativ kompetensiyalarini takomillashtirishda muloqotdagi mustahkamlik, ishonchlilik, moslashuvchanlik, o‘zini tahlil qilish va ijodiy fikrlash qobiliyatining yosh va jinsga oid tafovutlarda o‘zaro rivojlanishiga asoslanib, samarali kommunikatsiya va professional faoliyatdagi muvaffaqiyatni kasbiy refleksiya darajasida ta’minlash muhim ekanligi isbotlangan;
amaliyotchi psixologlarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish uchun kollaborativ muhitda tinglash, fikrni aniq ifodalash ko‘nikmalarini hamda mentorlar ta’sirini kuchaytirish muhimligi tufayli korporativ treninglar orqali shaxsiy, kasbiy sifatlarning integrativ va barqaror shakllanishiga erishish zarurati aniqlangan;
amaliyotchi psixologlarda kommunikativ kompetentlikning shaxslararo o‘zaro ta’sir uslubiga ko‘ra muloqotdagi to‘siqlarni engish ko‘nikmasining tashkilotchilik qobiliyati bilan integrativ rivojlanishi muhim ekanligi asoslanib, ishbilarmonlik uslubining kelishuvchanlik ko‘nikmasi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
amaliyotchi psixologlarning kommunikativ kompetensiyalarini treninglar orqali rivojlantiruvchi model ijtimoiy-kommunikativ moslashuvchanlikni, o‘zgarishlarga ochiqlikni, ichki barqarorlikning kommunikativ sifatlardagi uyg‘un namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli shaxsga yo‘naltirilgan, refleksiv yondashuvlar sintezi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish kursi tinglovchilarining kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishda trening texnologiyalaridan foydalanish (amaliyotchi psixologlar misolida)ni tadqiq etish natijalari asosida:
malaka oshirish kursi tinglovchilarining kommunikativ kompetensiyalarini takomillashtirishda muloqotdagi mustahkamlik, ishonchlilik, moslashuvchanlik, o‘zini tahlil qilish va ijodiy fikrlash qobiliyatining yosh va jinsga oid tafovutlarda o‘zaro rivojlanishiga asoslanib, samarali kommunikatsiya va professional faoliyatdagi muvaffaqiyatni kasbiy refleksiya darajasida ta’minlash muhim ekanligi isbotlangan, ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-oktyabrdagi PM-139-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” va “Shaxslararo munosabatlar” modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 7-oktyabrdagi PM-139-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning yoshi va tajribasi ularning kommunikativ kompetensiyalari hamda hayotiy qiyinchiliklarga qarshi kurashish strategiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi ochib berilgan.
amaliyotchi psixologlarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish uchun kollaborativ muhitda tinglash, fikrni aniq ifodalash ko‘nikmalarini hamda mentorlar ta’sirini kuchaytirish muhimligi tufayli korporativ treninglar orqali shaxsiy, kasbiy sifatlarning integrativ va barqaror shakllanishiga erishish zarurati bo‘yicha aniqlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-oktyabrdagi PM-139-son buyrug‘i bilan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” va “Psixologik trening asoslari” modullariga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 7-oktyabrdagi PM-139-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning shaxsiy xususiyatlari va psixologik tayyorgarligi ularning muloqot uslubini belgilovchi muhim omil ekanligi aniqlanib, bu jihatlar amaliyotchi psixologlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi ilmiy asosda aniqlashtirilgan.
amaliyotchi psixologlarda kommunikativ kompetentlikning shaxslararo o‘zaro ta’sir uslubiga ko‘ra muloqotdagi to‘siqlarni engish ko‘nikmasining tashkilotchilik qobiliyati bilan integrativ rivojlanishi muhim ekanligi asoslanib, ishbilarmonlik uslubining kelishuvchanlik ko‘nikmasi bilan uzviy bog‘liqligi ta’sirida aniqlangan yangiliklar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-oktyabrdagi PM-139-son buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv “Ijtimoiy psixologiya” va “Psixologik trening asoslari” modullariga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 7-oktyabrdagi PM-139-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarda ijtimoiy-kommunikativ kompetentlikning shaxslararo muloqot samaradorligi va tashkilotchilik qobiliyatlariga bog‘liqligi aniqlanib, treninglarning bu jarayondagi ijobiy ta’siri ilmiy asosda aniqlashtirilgan.
amaliyotchi psixologlarning kommunikativ kompetensiyalarini treninglar orqali rivojlantiruvchi model ijtimoiy-kommunikativ moslashuvchanlikni, o‘zgarishlarga ochiqlikni, ichki barqarorlikning kommunikativ sifatlardagi uyg‘un namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli shaxsga yo‘naltirilgan, refleksiv yondashuvlar sintezi asosida takomillashtirilgan yangiliklar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-oktyabrdagi PM-139-son buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv “Ijtimoiy psixologiya” va “Psixologik trening asoslari” modullariga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 7-oktyabrdagi PM-139-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarning kommunikativ kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi psixologik trening modeli amaliy jihatdan samaradorligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish