Zokirov Xolbek Tillanazar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy kvars asosida atmosferaga chidamli qurilish-bezak mahsulotlari tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2234.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Olim G‘ulamjanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat texnika universiteti, Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.15.08.
Rasmiy opponentlar: Temirov O‘ktam Shavkatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xolmatov Dilshod Sattorjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy kvars asosida atmosferaga chidamli tayyor qurilish-bezak mahsulotlari tayyorlashning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
quruq qurilish aralashmalarining tarkibi turli nisbatlarda bog‘lovchilar va to‘ldiruvchi fraksiyalari asosida dekorativ suvoq materiallari olish orqali ularning tarkibi optimallashtirilgan;
quruq qurilish aralashmalari tarkibiga kimyoviy plastifikator, modifikatorlar va mikroto‘ldiruvchilar kiritish orqali aralashmaning ekspluatatsion va texnologik xossalariga ta’sir etuvchi nisbatlar aniqlangan;
«Farg‘onaazot» AJ da hosil bo‘ladigan qattiq karbonatli chiqindilarni kimyoviy, dispersion tarkibi va olingan mahsulotlarga kompleks ta’siri me’yoriy hujjatlarga muvofiq to‘ldiruvchi sifatida ishlatish mumkinligi asoslangan;
quruq qurilish aralashmalari tarkibiga to‘ldiruvchi va mikroto‘ldiruvchilar kiritilishi orqali kalsiygidrosilikatlari hosil bo‘lishi va mustahkamligining o‘zagarishi sinov natijalari asosida isbotlangan.
passiv va faol komponentlar o‘rtasidagi oqilona nisbatlar aniqlanib, qorishmaning xususiyatlarini tartibga solish imkoniyatlari aniqlangan.
mahalliy xomashyo asosida tashqi ta’sir omillariga chidamli va mustahkam kompozision qorishmalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va ularning qotish kinetikasi matematik model orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilaridan dekorativ quruq qurilish aralashmalari olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy sement va kvars asosida quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqarish texnologiyasi «Inter paint» MChJ da amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2025-yil 27-oktyabrdagi 02/15-3492-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan namuna bugungi kunda mavjud dekortiv bezak mahsulotlaridan tannarxining arzonligi bilan farqlanadi. Bu o‘z navbatida korxonaning iqtisodiy samara olishiga imkon bergan;
qattiq karbonatli chiqindilarni qurilish materiallariga qo‘llash orqali yangi turdagi qurilish-bezak materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi “Degrez qurilish savdo sanoat servis” X/K da amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2025-yil 27-oktyabrdagi 02/15-3492-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy homashyolar asosida olingan yangi tarkibli quruq qurilish aralashmalari belgilangan standartlarga to‘liq javob berishini xisobga olib, kelgusida ushbu dekorativ quruq qurilish aralashmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan.