Sotiboldieva Go‘zalxon Tolibjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi kolmatajlangan tuproqlari genezisi va biogeokimyoviy raqamli xaritalari tuzish metodologiyasini takomillashtirish”, 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/V300.
Ilmiy maslahatchi: G‘ulomjon Yuldashev, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.B.10.07.
Rasmiy opponentlar: Goncharov Vladimir Mixaylovich, biologiya fanlari doktori, professor; Qurvantaev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Shadieva Nilufar Iskandarovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi kolmatajlangan tipik bo‘z, och tusli bo‘z va sur- tusli qo‘ng‘ir tuproqlarning genezisi, geokimyoviy xossa-xususiyatlarini elementar geokimyoviy lanshaftlarda aniqlash hamda biogeokimyoviy raqamli xaritalar tuzishni takomillashtirish va ulardan foydalanishga qaratilgan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy:
Farg‘ona vodiysi sharoitida kolmatajlangan tuproqlar kolmataj qatlamining genezisida asosan tuproq tipchasi, antropogen omil va daryo suvlari tarkibidagi qalqindilar bilan bog‘liqligi isbotlangan;
kolmatajlangan tuproqlardagi makro-, mikro-, ultromikroelementlar (Cu, Zn, Mn, B, Mo, Fe, Rb, Th, Ce, Cs, Ta, Li, Eu, Tb, Hf, Sb, Yb, La, Sm, As, Sr va boshqalar) klarklari bilan elemenlarning tuproq va litosfera klarki o‘rtasidagi ijobiy hamda salbiy korrelyasiyalari aniqlangan;
elementlarning geokimyoviy va energetik xossalari asosida pedogeokimyoviy provinsiyalar hosil bo‘lish mexanizmlari va kolmataj qatlam qalinligiga mos fon miqdorlari ishlab chiqilgan, Na, K, Ca, Sc, Sr, Mn, Fe, Co, Cu, Zn, As, Br kabi elementlarni profil bo‘yicha akkumulyasiyasi yaqqol kuzatilmaganligi aniqlangan;
g‘o‘za, pista, shaftoli, bodom organlarida 32 ta kimyoviy elementlarning o‘rtacha klark miqdori, ularning tebranish chegaralari va differensiatsiya qonuniyatlari aniqlanib, kolmatajlangan qatlam qalinligi bilan biogeokimyoviy bog‘liqlik qonuniyatlari ochib berilgan;
Farg‘ona vodiysida har xil darajada kolmatajlangan tuproqlarning geokimyoviy barerlarida elementlarning klark konsentratsiyasi (KK), klark taqsimoti (KT), radial migratsiyasi (Kp) va o‘simliklarning biologik singdirish koeffisientlari (Ax) aniqlangan;
ilk bor Farg‘ona vodiysi kolmatajlangan tuproqlarining yagona atributli GAT bazasiga tizimli integratsiyalash, interpolyasiya usullarini qo‘llanish asosida chegaralari, maydoni va biogeokimyoviy holatini aks ettiruvchi ArcGIS Online muhitida ularning yuqori darajada vizuallashtirilgan interaktiv raqamli xaritasi tuzish metodologiyasi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi kolmatajlangan tuproqlari genezisi va biogeokimyoviy raqamli xaritalarini tuzish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
“Kuchsiz kolmatajlangan tuproqli erlarda bog‘lar barpo qilish bo‘yicha tavsiyanoma” Farg‘ona, Andijon viloyatlarining O‘zbekiston, Rishton, Marhamat tumanlari hamda Quvasoy shahridagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/05-04-908-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuchsiz kolmatajlangan tuproqlar qatlam qalinligini, unumdorligini saqlash va oshirish, olma, o‘rik, shaftoli, bodom, pistani shu tuproqqa mos navlarini tanlash hamda ulardan yuqori va sifatli hosil olishda majmuaviy agrotexnik, agrokimyoviy va meliorativ tadbirlar tizimini amalga oshirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Fargona viloyatida “Mirvohid” va Andijon viloyatida “Mirzaev Shuxrat”, “Begzod polvon” fermer xo‘jaliglari paxta-g‘alla maydonlarida kolmatajlangan eskidan va yangidan sug‘oriladigan tipik bo‘z, och tusli bo‘z hamda sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlari, g‘alla va g‘o‘za o‘simligida Ca, La, Ce, Se, Hg, Tb, Th, Cr, Hf, Ba, Sr, Cs, Ni, Sc, Rb, Zn, Co, Mn, Na, K, Sm, Mo, Lu, U, Yb, Au, Nd, As, Ta, Fe, Eu, Sb va boshqa kimyoviy elementlarning miqdorlari aniqlangan, biogeokimyoviy xususiyatlari hamda fon miqdorlari ishlab chiqilgan, shu asosda mineral va organik, biomikroelementli kompleks o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish rejasi va me’yorlari ishlab chiqilib, jami 294 ga er maydonda qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirish jarayonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/05-04-908-son ma’lumotnomasi). Natijada, hudud tuproqlari va o‘simliklarni sifat jihatdan tavsiflash, tuproq unumdorligini oshirish, ekologik-meliorativ monitoring ishlarini olib borish, mineral va organik, biomikroelementli o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish, ekologik toza va sifatli hosil etishtirish hamda boshqa serdaromad qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish imkonini bergan;
“Janubiy Farg‘onaning sug‘oriladinag tuproqlarda mikroelementli o‘g‘itlarni qo‘llash” nomli tavsiyanomalar ishlab chiqilgan va 113,8 gektar mydonda mevali daraxtlar etishtirish jarayonida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/05-04-908-son ma’lumotnomasi). Natijada, kolmatajlangan tuproqlarda biomikroelementli o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlash orqali tuproq unumdorligini yaxshilash chora-tadbirlarini belgilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
kolmatajlangan tuproqlarni baholashda kolmatajlangan qatlam qalinligini hisobga olgan holda koeffisientlar ishlab chiqilib, Farg‘ona va Andijon viloyatlari qishloq xo‘jaligi erlarni baholashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/05-04-908-son ma’lumotnomasi). Natijada, kolmatajlangan tuproqlar qatlam qalinligiga ko‘ra tasniflanib kuchsiz, o‘rtacha, kuchli, juda kuchli, yuqori darajada kolmatajlangan voha tuproqlar kabi guruhlarga ajratilgan, kolmatajlangan tuproqlarni baholash imkoniyati yaratilgan;
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani “Sabr”, “Nizomjon Mirzaev”, “Abdullaev Mo‘ydinjon” fermer xo‘jaliklarida kolmatajlangan tuproqli erlarni geokimyoviy xususiyatlari tadqiq etilishi natijasida bor mikroelementi uchun provinsiya holati aniqlanib, borga talabchan ildizmevali o‘simliklar ekish jami 56 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/05-04-908-son ma’lumotnomasi). Natijada, ildizmevali o‘simlik (qizil lavlagi) da o‘zak chirish kasalligi 60% kamayishiga, bor etishmasligidagi holatiga nisbatan o‘rtacha 23 s/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan;
kolmatajlangan tuproqlarning biomikroelementlar bilan ta’minlanganlik darajasini ko‘rsatuvchi ArcGIS dasturida 1:5000 masshtabli raqamli biogeokimyoviy xaritalar tuzilib, Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Rishton tumanlari va Quvasoy shahridagi bog‘dorchilikka hamda O‘zbekiston tumanining “Mirvohid” nomli paxta-g‘allaga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliglari maydonlarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/05-04-908-son ma’lumotnomasi). Natijada, kolmatajlangan tuproqlar tarkibidagi biomikroelementlarga oid ma’lumotlar olishning elektron shaklidan foydalanish hamda mikroelementli o‘g‘itlar qo‘llash natijasida don hosildorligi bug‘doy bo‘yicha 11 s/ga, mevali bog‘larda esa mahsuldorlik shaftolida 17 s/ga, o‘rikdan 9 s/ga, bodomdan 4 s/ga, pistadan 2 s/ga oshirish imkoni yaratilgan.