Shukurova Oysha Zafar qizining 
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
““Intiboh” va “O‘tkan kunlar” romanlarining qiyosiy-tipologik tahlili” 
10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil3436
Ilmiy rahbar: Alimbekov Adxambek Kamolovich, filologiya fanlari nomzodi, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.05.03.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Xomidov Xayrillo Xudoyorovich; filologiya fanlari doktori, professor Karimov Bahodir Nurmetovich.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi Nomiq Kamolning “Intiboh” va Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanlarini qiyosiy-tipologik tahlil etish orqali turk va o‘zbek nasrida roman janrining shakllanishi, ikki adabiyot o‘rtasidagi tipologik mushtarakliklar, milliy va individual o‘ziga xosliklarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Tanzimot va jadidchilik davri adabiyoti misolida turkiy xalqlarda roman janrining shakllanishi G‘arb adabiyotiga passiv taqlid emas, balki Sharq mumtoz epik an’anasi, folklor narrativi va G‘arb realistik tajribasining o‘zaro kreativ sintezi asosida yuzaga kelgan evolyusion jarayon sifatida nazariy jihatdan dalillangan;
“Intiboh” romanida badiiy konflikt asosan shaxsning individual-axloqiy tanlovi va ekzistensial inqirozi (miktokonflikt) atrofida markazlashgani, “O‘tkan kunlar”da esa konflikt shaxsiy fojia doirasidan chiqib, ijtimoiy-tarixiy muhit va patriarxal tuzumning tizimli inqirozi (makrokonflikt) bilan bog‘langani asarlarning kompozision va g‘oyaviy farqini belgilovchi asosiy omillar sifatida aniqlangan;
Nomiq Kamol ijodida ayol obrazlari asosan axloqiy-didaktik antiteza doirasida tasvirlangani, Abdulla Qodiriyda esa ayol qahramonlar faqat axloqiy tip emas, balki muayyan ijtimoiy-huquqiy sharoit, etno-madaniy an’analar va tarixiy muhit kishani markazidagi murakkab psixologik substansiya hamda ijtimoiy qurbon sifatida talqin etilgani isbotlangan;
badiiy makon  “Intiboh”da qahramon ruhiyatini va hissiy dinamikasini aks ettiruvchi ramziy-ekspressiv maydon vazifasini o‘tashi, “O‘tkan kunlar”da esa makon milliy mentalitet va tarixiy borliqni badiiy umumlashtiruvchi strukturaviy-realistik asos ekanligi aniqlanib, personajlar psixologiyasini ochishda somatik belgilar hamda nutq ohangining o‘zaro mutanosibligi realistik mahorat mezoni sifatida baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ““Intiboh” va “O‘tkan kunlar” romanlarining qiyosiy tipologik tahlili” mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari va xulosalar asosida:
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi adabiy-ma’rifiy tadbirlarida, Badiiy tarjima ijodiy kengashi hisobot yig‘ilishlarida, tarjima forumlarida,  yosh ijodkorlar to‘garagi mashg‘ulotlarida  foydalanildi.  (O‘zbekiston  Yozuvchilar  Uyushmasining  2025 - yil 2 -

Yangiliklarga obuna bo‘lish