Kadirov Lutfullo Xalimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari moliyaviy boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish” 08.00.13 - Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3600
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ochilov Akram Odilovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.30/30.09.2022.I.101.04
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xamidov Obidjon Xafizovich; iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent Tashmatov Sharof Urokboevich
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tijorat banklari moliyaviy boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishga doir ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kredit resurslarini bozor qiymati va bank aktivlarining rentabellik darajasiga muvofiqligini belgilash hisobiga ko‘chmas mulkning bozor qiymatini o‘zgarishiga asoslangan kredit portfelini shakllantirish orqali korporativ mijozlarga ajratilgan kredit liniyalari bo‘yicha qarzdorlik majburiyatlarini bajarish muddatini qisqartirish asoslangan;
tijorat banklari kredit riskini baholash modeliga asosan kredit riski darajasining “past” (0≤X≤10), “o‘rta” (10≤X≤25), “yuqori” (25≤X≤40) xavf darajasi chegaralari sharoitida bankdan qarz oluvchilarning ssuda foizi bo‘yicha defolt ehtimolini baholash orqali bank moliyaviy boshqaruv tizimi samaradorligini oldindan bashorat qilish taklifi asoslangan;
tijorat banklari moliyaviy boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishda moliyaviy tahdidlarning paydo bo‘lishi va amalga oshirilishining tegishli xususiyatlarini o‘zida namoyon etgan risk ko‘rsatkichlarini guruhlash va ularni o‘zaro muvofiqlashgan tizimini tasniflashning boshqaruv mexanizmini fokuslash taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda tijorat banklarining iqtisodiy samaradorlik darajasini oshirishning ekonometrik modellari asosida yalpi daromad va unga ta’sir etuvchi omillarning 2028-yilga qadar prognoz variantlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari moliyaviy boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
kredit resurslarini bozor qiymati va bank aktivlarining rentabellik darajasiga muvofiqligini belgilash hisobiga ko‘chmas mulkning bozor qiymatini o‘zgarishiga asoslangan kredit portfelini shakllantirish orqali korporativ mijozlarga ajratilgan kredit liniyalari bo‘yicha qarzdorlik majburiyatlarini bajarish muddatini qisqartirish taklifi “Mikrokreditbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2024-yil 3-dekabrdagi 05-12/32544-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ko‘chmas mulkning bozor qiymatini o‘zgarishiga asoslangan kredit portfelini shakllantirish orqali korporativ mijozlarga ajratilgan kredit liniyalari bo‘yicha qarzdorlik majburiyatlarini bajarish muddatini qisqartirish imkoni yaratilgan;
tijorat banklari kredit riskini baholash modeliga asosan kredit riski darajasining “past” (0≤X≤10), “o‘rta” (10≤X≤25), “yuqori” (25≤X≤40) xavf darajasi chegaralari sharoitida bankdan qarz oluvchilarning ssuda foizi bo‘yicha defolt ehtimolini baholash orqali bank moliyaviy boshqaruv tizimi samaradorligini oldindan bashorat qilish taklifi “Mikrokreditbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2024-yil 3-dekabrdagi 05-12/32544-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankdan qarz oluvchilarning ssuda foizi bo‘yicha defolt ehtimolini oldindan bashorat qilish imkoni yaratilgan;
tijorat banklari moliyaviy boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishda moliyaviy tahdidlarning paydo bo‘lishi va amalga oshirilishining tegishli xususiyatlarini o‘zida namoyon etgan risk ko‘rsatkichlarini guruhlash va ularni o‘zaro muvofiqlashgan tizimini tasniflashning boshqaruv mexanizmini fokuslash taklifi “Mikrokreditbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2024-yil 3-dekabrdagi 05-12/32544-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida risk ko‘rsatkichlarini guruhlash va ularni o‘zaro muvofiqlashgan tizimini tasniflash orqali tijorat banklari moliyaviy boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda tijorat banklarining iqtisodiy samaradorlik darajasini oshirishning ekonometrik modellari asosida yalpi daromad va unga ta’sir etuvchi omillarning 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz variantlaridan foydalanish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2025-yil 23-dekabrdagi 03-05/32272-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat banklarining iqtisodiy samaradorlik darajasini oshirishning ekonometrik modellari asosida yalpi daromad va unga ta’sir etuvchi omillarning istiqboldagi o‘zgarishlarini oldindan baholash va muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.