Xamidova Nodira Abdujabbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuvenil revmatoid artrit bilan xastalangan bolalarda asab tizimining asoratlarini klinik-neyrofiziologik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3. PhD /Tib3821.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.11.01.
Rasmiy opponentlar: Saidazizova Shaxlo Xibziddinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Jukova Natal`ya Grigor`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuvenil revmatoid artrit (YuRA) bilan kasallangan bolalardagi nevrologik asoratlarning klinik va paraklinik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuvenil revmatoid artrit bilan kasallangan bolalarda nevrologik asoratlarning shakllanishida kasallikning kechish varianti, davomiyligi va yallig‘lanish jarayonida faollik darajasining yuqoriligi bilan bog‘liq bo‘lib, vegetativ buzilish va gipokineziya rivojlanishi kasallikning ilk bosqichlarida prognoz qilish imkonini berishi aniqlangan;
yuvenil revmatoid artritdagi nevrologik asoratlar poliartritik va tizimli variantli kechishida umummiya belgilari va epileptiform to‘lqinlari; dopplerografiyada qon tomir vazospazmi, vazodilatatsiyasi va asimmetriyasi kasallikning kechish varianti, davomiyligi, yallig‘lanish jarayonining faollik darajasiga bog‘liqligi aniqlangan;
yuvenil idiopatik artritning tizimli shakli bilan kasallangan bolalarda psixoemotsional, kognitiv buzilishlar shaxsiy va vaziyatli xavotirlik yuqori faollik darajasi bilan og‘riq sindromi hamda harakat gipokineziyasi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
yuvenil revmatoid artritda nevrologik asoratlarga ega bo‘lgan bolalarda psixoemotsional, kognitiv jarayonlar bilan gipergomotsisteinemiya orasida qon-tomir defisiti sababli korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bolalarda yuvenil revmatoidli artritda nevrologik asoratlarning klinik kechish xususiyatlari, neyropsixologik testlarda olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yuvenil revmatoid artrit (YuRA) bilan kasallangan bolalarda yuvenil revmatoid artrit bilan kasallangan bolalarda nevrologik asoratlarning shakllanishida kasallikning kechish varianti, davomiyligi va yallig‘lanish jarayonida faollik darajasining yuqoriligi bilan bog‘liqlik aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Ilmiy kengashi 1 iyun` 2024 yil 12-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Yuvenil revmatoid artrit bilan xastalangan bolalarda asab tizimining asoratlarini klinik-neyrofiziologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqildi. Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasida 2024 yil 24 sentyabr` 164-sonli buyrug‘i va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazida 2024 yil 14 oktyabr` 88-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: yuvenil revmatoidli artrit o‘tkazgan bolalarda hayot sifatiga ta’sir qiluvchi noxush omillar ichida ijtimoiy omillar (oila, ta’lim darajasi va bolaning kasalligiga munosabati) ko‘proq ahamiyatli bo‘lganligi bemorlarning reabilitatsiya bosqichlarini takomillashtirilgani tufayli samarali xisoblanadi. Iqtisodiy samaradorlik: YuRA bilan kasallangan bolalarning hayot sifatiga kasallikning poliartritik va tizimli kechadigan variantlariga ahamiyat berilsa, ularni erta tashxislash osonlashadi va davolash optimallashtiriladi. Bu esa og‘ir bemorlar parvarishiga ketadigan davlat harajatlarni kamaytiradi, bemorlar orasidagi nogironlik ko‘rsatkichi kamayadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: neyrofiziologik (EEG, Dopplerografiya) tekshiruv natijalari YuRA o‘tkazgan bolalarda qon oqimining asimmetriyasi, yallig‘lanish jarayonining kechishi, davomiyligi, faollik darajasi, jins va yoshga bog‘liqligi aniqlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Ilmiy kengashi 1 iyun` 2024 yil 12-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Yuvenil revmatoid artrit bilan xastalangan bolalarda asab tizimining asoratlarini klinik-neyrofiziologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Olingan natijalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasida 2024 yil 24 sentyabr` 164-sonli buyrug‘i va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazida 2024 yil 14 oktyabr` 88-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: YuRA bilan kasallangan bolalarda EEG va dopplerografiya tekshirularini o‘tkazish qon-tomir etishmovchiligi belgilarini kasallikning kechish variantlariga bog‘liq holda erta bosqichlarda korreksiya qilish, davolash choralarini optimallashtirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Neyrofiziologik tekshiruv natijalari YuRAda nevrologik simptomlarning yuzaga chiqishi kasallikning kechish varianti, davomiyligi, faollik darajasi, jins va yoshga bog‘liqligi erta aniqlash o‘z vaqtida terapevtik tadbirlarni belgilashga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: YuRA bilan kasallangan bolalarda kognitiv buzilishlar shaxsiy va vaziyatli xavotirlik yuqori faollik darajasi bilan og‘riq sindromi hamda harakat gipokineziyasi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Ilmiy kengashi 1 iyun` 2024 yil 12-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Yuvenil revmatoid artrit bilan xastalangan bolalarda asab tizimining asoratlarini klinik-neyrofiziologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Olingan natijalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasida 2024 yil 24 sentyabr` 164-sonli buyrug‘i va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazida 2024 yil 14 oktyabr` 88-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Psixoemotsional hamda kognitiv buzilishlarni erta aniqlash bolalarni ijtimoiy va maktab adaptatsiyasiga tez moslashish orqali hayot sifatini yaxshilashga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu shkala va testlarni amaliy qo‘llash natijasida 1 nafar bemor uchun 570000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishiladi va bu xar bir bemor uchun ketadigan xarajatlarni o‘rtacha 2 barobarga qisqartirishga erishishga imkon berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: YuRA bilan kasallangan xamda nevrologik asoratlarga ega bo‘lgan bolalarda psixoemotsional, kognitiv jarayonlar bilan gipergomotsisteinemiya orasida qon-tomir defisiti sababli korrelyasion bog‘liqlik aniqlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Ilmiy kengashi 1 iyun` 2024 yil 12-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Yuvenil revmatoid artrit bilan xastalangan bolalarda asab tizimining asoratlarini klinik-neyrofiziologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Olingan natijalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasida 2024 yil 24 sentyabr` 164-sonli buyrug‘i va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazida 2024 yil 14 oktyabr` 88-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: YuRAli bemorlarning funksional faoliyatini va qonda gomotsistein miqdorini aniqlash, erta bosqichlarda korreksiya qilish, davolash choralarini optimallashtirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorlik: Bemorga to‘g‘ri endoshib laborator taxlillar uz vaktida qilinsa, Ushbu taxlilni amaliy qo‘llash va kasalxonaga davolanish xarajatlarini kamaytirish tufayli yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi (MRTdan oldin EEG, doppler + psixologik test)va har bir bemor uchun xarajatlarni 1-2 mln. so‘mga kamaytiradi.