Tursunova Feruza Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Birlamchi glaukomaning rivojlanishida gemodinamik va morfofunksional jixatlari» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.Phd/Tib4260.
Ilmiy rahbar: Kasimova Muniraxon Sadikjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.12.01. 
Rasmiy opponentlar: Karlova Elena Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi); Bilalov Erkin Nazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiet universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: birlamchi glaukoma patogenezida anatomo-topografik, morfofunksional va gemodinamik omillarning ta’sirini o‘rganish, kasallikni diagnostik samaradorligini oshirish va uning rivojlanishini o‘rganishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
shox pardaning anatomo-topografik parametrlari birlamchi glaukoma progressiyasining mezoni sifatida tahlil qilinib, bu esa kasallikning turli klinik shakllari bilan og‘rigan bemorlarni dinamik kuzatish amaliyotida qo‘llash imkoniyati aniqlangan;
birlamchi glaukomaning klinik-patogenetik shakli va bosqichiga qarab, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi erta morfofunksional xavf omillari ko‘rsatilgan va glaukomatoz jarayonning rivojlanish bosqichlaridagi ahamiyati aniqlangan;
 ko‘z ichki bosimi oshishi natijasida  kasallik bosqichidan qat’i nazar  dastlabki o‘zgarishlar to‘r parda qon tomirlari tizimida, asosan makulyar sohadagi yuzaki kapillyarlar tarmog‘i va radial-peripapillyar kapillyarlarda shakllanishi isbotlangan;
birlamchi glaukomaning turli shakllarida mahalliy va regionar gemodinamika buzilishlarining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanib, bu esa glaukomatoz optik neyropatiya rivojlanishidagi qon tomir mexanizmlarini aniqlash imkoni ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot davomida olingan ma’lumotlar, klinik kuzatuvlar va birlamchi glaukoma bilan og‘rigan bemorlarning instrumental tekshiruv natijalari asosida  (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 4 noyabrdagi 28-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: shox pardaning anatomo-topografik parametrlari birlamchi glaukoma progressiyasining ishonchli mezonlari sifatida ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shox pardaning orqa elevatsiyasi, periferik qalinligi va endotelial hujayralar zichligidagi o‘zgarishlar kasallikning klinik shakli va bosqichiga mos ravishda dinamik xarakterga ega bo‘lib, glaukomatoz jarayonning rivojlanish darajasini aks ettiradi. Ushbu ko‘rsatkichlarning kasallikning rivojlanishi bilan bog‘liqligi ilmiy asoslanib, ularni ob’ektiv monitoring mezoni sifatida qo‘llash imkoniyati aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Birlamchi glaukomada ko‘z gemodinamikasi xususiyatlari» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan, 48-son, 26.02.2025 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan mikroxirurgiya markazining Farg‘ona filiali (buyruq №135, 1.08.2025 y.) va Andijon viloyat oftal`mologiya shifoxonasi (buyruq №44/3, 15.08.2025 y.) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan diagnostik algoritmni amaliyotga tatbiq etish glaukomani erta aniqlash va patogenetik asoslangan davolashni o‘z vaqtida qo‘llash imkonini berdi. Bu ko‘rish funksiyasini saqlash, mehnat qobiliyatini uzoq muddat davomida ta’minlash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qildi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik holatlari va invalidlik xavfi kamaydi. Iqtisodiy samaradorligi: zamonaviy funksional va instrumental diagnostika usullarini qo‘llash orqali patologik o‘zgarishlarni erta bosqichda aniqlash davolashni optimallashtirish va gospitalizatsiya muddatlarini qisqartirish imkonini berdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, algoritmni joriy etish har 100 nafar tekshirilgan bemorga nisbatan 33692270 so‘m iqtisodiy foyda keltirgan. Xulosa: ishlab chiqilgan algoritm yuqori klinik, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, glaukomani erta tashxislash va progressiya xavfini kamaytirishda samarali vosita hisoblanadi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: birlamchi ochiq burchakli va yopiq burchakli glaukoma shakllarida gemodinamik buzilishlar darajasi va morfofunksional o‘zgarishlar o‘rtasida farqli korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan. Bu klinik-patogenetik shaklga xos progressiya mexanizmlarini ilmiy jihatdan asoslash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Birlamchi glaukomada ko‘z gemodinamikasi xususiyatlari» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan, 48-son, 26.02.2025 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan mikroxirurgiya markazining Farg‘ona filiali (buyruq №135, 1.08.2025 y.) va Andijon viloyat oftal`mologiya shifoxonasi (buyruq №44/3, 15.08.2025y.) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: shaklga mos davolashni tanlash orqali kasallik progressiyasi sekinlashtirildi, bemorlarda ko‘rish maydoni yo‘qotilishi holatlari kamaydi. Iqtisodiy samaradorligi: to‘g‘ri tashxis va differensial yondashuv orqali keraksiz tekshiruvlar va samarasiz terapiya xarajatlari qisqardi. Xulosa: klinik shaklga xos gemodinamik xususiyatlarni aniqlash individuallashtirilgan davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: makulyar va peripapillyar qon aylanishi ko‘rsatkichlarining pasayishi glaukomatoz jarayonning erta diagnostik mezoni ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Birlamchi glaukomada ko‘z gemodinamikasi xususiyatlari» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan, 48-son, 26.02.2025 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan mikroxirurgiya markazining Farg‘ona filiali (buyruq №135, 1.08.2025 y.) va Andijon viloyat oftal`mologiya shifoxonasi (buyruq №44/3, 15.08.2025 y.) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: maxalliy gemodinamik o‘zgarishlarni erta aniqlash orqali ko‘rish qobiliyatini saqlash ko‘rsatkichlari sezilarli yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: kech bosqichdagi jarrohlik usulida davolash soni kamayib, davolash xarajatlari qisqargan. Xulosa: mikrotsirkulyasiya o‘zgarishlarini baholash glaukomani erta bosqichda aniqlashda muhim diagnostik ahamiyatga ega bulib, tekshiruvning sezuvchanligi 98,5% ni, spesifikligi 98% ni tashkil kilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: mahalliy va regionar gemodinamika ko‘rsatkichlarining kompleks tahlili glaukomatoz optik neyropatiya rivojlanishida qon tomir omillarining yetakchi o‘rin tutishini asoslab bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Birlamchi glaukomada ko‘z gemodinamikasi xususiyatlari» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan, 48-son, 26.02.2025 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan mikroxirurgiya markazining Farg‘ona filiali (buyruq №135, 1.08.2025 y.) va Andijon viloyat oftal`mologiya shifoxonasi (buyruq №44/3, 15.08.2025 y.) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: qon aylanishi buzilishlarini o‘z vaqtida bartaraf etish orqali ko‘rish funksiyasining barqarorligi ta’minlangan. Iqtisodiy samaradorligi: asoratli holatlarning oldini olish hisobiga davolash xarajatlari kamaygan. Xulosa: gemodinamik mexanizmlarni kompleks o‘rganish glaukoma patogenezini chuqur anglash va samarali profilaktik strategiya ishlab chiqish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish