Salimova Kamola Arifdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rezus nomutanosiblikda homila gemolitik kasalligini homila ichi immunologik tashxislashini takomillashtirish», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib5742.
Ilmiy rahbar: Jabborov Ulug‘bek Uzoqovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02.
Rasmiy opponentlar: Xamdamova Muxayyoxon Tuxtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupbaev Rustem Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rezus-immunizatsiyali homiladorlarda homilaning gemolitik kasalligini homiladorlik muddatiga qarab homila ichi immunologik tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III . Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G1/G3 rezus-immunoglobulinlar subklasslarini aniqlashda gel` texnologiyalarini qo‘llashning homilada gemoliz rivojlanishining yuqori xavfini erta bosqichda bashoratlashda yuqori prognostik va diagnostik ahamiyatga ega ekanligi asoslangan;
ilk bor homiladorlikning ikkinchi va uchinchi trimestrlarida gemolitik kasalligi bo‘lgan homilalarda tug‘ma hujayraviy immunitetning CD4 va CD3 pasayishi, kordotsentezdan oldin va keyin CD8+ sitotoksik hujayralari hamda CD16+ T-killerlar miqdorining oshishi homila organizmida sitotoksik jarayonlar faollashuvi va homilada chuqur immun tanqislik shakllanishi bilan bog‘likligi isbotlangan;
homilaning gemolitik kasalligida tug‘ma gumoral immunitet ko‘rsatkichlari – immunoglobulinlar G, M va A darajalari homiladorlikning turli trimestrlarida qiyosiy tahlil qilinib, ularning dinamik o‘zgarish tamoyillari aniqlangan;
ilk bor homilaning gemolitik kasalligida gestatsiya muddatidan qat’iy nazar, xomilada kamqonlik bilan bir qatorda immun tanqislik holati ham shakllanishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gemolitik kasallikda homilaning tug‘ma hujayraviy immunitetini gestatsiya muddatiga bog‘liq holda baholash usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: G1/G3 rezus-immunoglobulinlar subklasslarini aniqlashda gel` texnologiyalarini qo‘llashning homilada gemoliz rivojlanishining yuqori xavfini erta bosqichda bashoratlashda yuqori prognostik va diagnostik ahamiyatga ega ekanligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2025 yil 30 aprelda 25m/107-son bilan tasdiqlangan “Gemolitik kasallikda homilaning tug‘ma hujayraviy immunitetini gestatsiya muddatiga bog‘liq holda baholash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 13.05.2025 yildagi 56-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali bo‘yicha 20.05.2025 yildagi 79-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: rezus-immunizatsiyada homilador ayollarda antirezus antitanachalar titrini aniqlash cheklangan diagnostik va prognostik ahamiyatga ega. Rezus-immunoglobulinlarning G1 va G3-subklasslarini o‘rganish bilan gel` texnologiyalarini qo‘llash yuqori prognostik va diagnostik ahamiyatga ega bo‘lib, bu homilada gemolizning yuqori xavfini o‘z vaqtida aniqlash va homila ichi davolashni o‘z vaqtida boshlash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni aniqlash uchun sarflanadigan 275000 so‘m mablag‘lari (homiladorlik davrida antirezus antitanachalarni standart aniqlash 550000 so‘mni, bir marotabali aniqlash 275000 so‘mni tashkil eatid) diagnostik chora-tadbirlarni takomillashtirish orqali G1/G3 rezus immunoglobulinlarni gel` texnologiyalari yordamida aniqlash bir marotaba amalga oshirilishi natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor homiladorlikning ikkinchi va uchinchi trimestrlarida gemolitik kasalligi bo‘lgan homilalarda tug‘ma hujayraviy immunitetning CD4 va CD3 pasayishi, kordotsentezdan oldin va keyin CD8+ sitotoksik hujayralari hamda CD16+ T-killerlar miqdorining oshishi homila organizmida sitotoksik jarayonlar faollashuvi va homilada chuqur immun tanqislik shakllanishi bilan bog‘likligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2025 yil 30 aprelda 25m/107-son bilan tasdiqlangan “Gemolitik kasallikda homilaning tug‘ma hujayraviy immunitetini gestatsiya muddatiga bog‘liq holda baholash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 13.05.2025 yildagi 56-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali bo‘yicha 20.05.2025 yildagi 79-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: G1/G3 rezus-immunoglobulinlarni aniqlash asosida homilada gemoliz xavfini erta baholash homiladorlarni yuqori xavf guruhlariga ajratish, asoratlarning oldini olish va perinatal o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga xizmat qilishi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 400000 so‘m byudjet va 600000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari transabdominal kordotsentez orqali gemolitik kasalligi bo‘lgan homiladorlarda tug‘ma hujayraviy immunitet parametrlarini statsionar sharoitda o‘rganish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: homilaning gemolitik kasalligida tug‘ma gumoral immunitet ko‘rsatkichlari – immunoglobulinlar G, M va A darajalari homiladorlikning turli trimestrlarida qiyosiy tahlil qilinib, ularning dinamik o‘zgarish tamoyillari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2025 yil 30 aprelda 25m/107-son bilan tasdiqlangan “Gemolitik kasallikda homilaning tug‘ma hujayraviy immunitetini gestatsiya muddatiga bog‘liq holda baholash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 13.05.2025 yildagi 56-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali bo‘yicha 20.05.2025 yildagi 79-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: HGKda immunologik ko‘rsatkichlarni baholash homilada immunitet tanqisligini erta aniqlash va maqsadli davolash choralarini qo‘llash imkonini berib, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar salomatligini yaxshilashga xizmat qilishi asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 500000 so‘m byudjet va 750000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari gemolitik kasalligi bo‘lgan homilador ayollarda tug‘ma gumoral immunitet ko‘rsatkichlarini statsionar sharoitda o‘rganish rezus-immunizatsiyali homilador ayollarni shifoxona qolish muddatini qisqartishi natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor homilaning gemolitik kasalligida gestatsiya muddatidan qat’iy nazar, xomilada kamqonlik bilan bir qatorda immun tanqislik holati ham shakllanishi ilmiy jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2025 yil 30 aprelda 25m/107-son bilan tasdiqlangan “Gemolitik kasallikda homilaning tug‘ma hujayraviy immunitetini gestatsiya muddatiga bog‘liq holda baholash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 13.05.2025 yildagi 56-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali bo‘yicha 20.05.2025 yildagi 79-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: antenatal davrda fetal aralashuvlarni o‘tkazish homiladorlik muddatini uzaytirishga, ayollar uchun psixotravmatik bo‘lgan neonatal kasallanish va perinatal o‘limni kamaytirishga yordam berdi, bu esa o‘z navbatida ayollarning hayot sifatini yaxshilashga olib keldi va yuqori ijtimoiy samaradorlikni ta’minladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2500000 so‘m byudjet mablag‘lari homilaning gemolitik kasalligida bachadon ichi transfuziyasini amalga oshirish - homiladorlikni uzaytirish, muddatiga etgan chaqaloqlar tug‘ilishini ko‘paytirish, ayollarning shifoxonada yotish muddatini qisqartirish va ularning hayot sifatini yaxshilash natijasida iqtisod qilinadi.