Nasritdinova Nargiz Baxadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Immunogistokimyoviy markerlarni o‘rganish asosida ekzema diagnostik panellarini reklassifikatsiyalash” 14.00.15 – Patologik anatomiya, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4934.
Ilmiy rahbar: Sidikov Akmal Abdikaxxarovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.06/2025.27.12.Tib.21.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Oxlopkov Vitaliy Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immunogistokimyoviy (IGK) markerlarni o‘rganish asosida ekzemaning diagnostik  panellarini qayta tasniflash modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ekzemaning o‘tkir bosqichidan surunkali holatga o‘tishida spongioz, vakuolyar distrofiya va limfotsitar ekzotsitozning o‘zaro mutanosib progressiyasi to‘qima destruksiyasini keltirib chiqarishi ochib berilib, mazkur morfodinamik siljishlar kasallikning klinik shakllarini differensial verifikatsiya qilishning patomorfologik asosi sifatida asoslangan;
tizimli Sa²⁺ ionlari dismetabolizmi epidermisda hujayralararo signalizatsiyani buzishi orqali ekzemaning og‘irlashishiga olib keluvchi sabab-oqibat bog‘liqligi ochib berilib, mazkur biokimyoviy defisit kasallik generalizatsiyasini va patogenezning faollashuvini belgilovchi trigger omil ekanligi isbotlangan;
teriga yo‘naltirilgan CLA+ T-limfotsitlarning epidermisga jadal migratsiyasi (epidermotropizm fenomeni) mahalliy yallig‘lanish o‘chog‘ini shakllantiruvchi va ushlab turuvchi asosiy mexanizm ekanligi ochib berilib, bu jarayon mahalliy hujayraviy immun javobning patogenetik faollashuvi sifatida isbotlangan;
ekzemaning surunkali residivlovchi kechishi epidermisda CD1a+ va dermada CD207/Langerin+ dendrit hujayralarining o‘ziga xos topografik to‘planishi bilan bog‘liqligi aniqlanib, mazkur hujayralarning redepozisiyasi uzoq muddatli antigen persistensiyasini ta’minlovchi va kasallik qaytalanishiga olib keluvchi patomorfologik omil ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Turli shakldagi ekzema bilan og‘rigan bemorlarni kompleks klinik, morfologik, biokimyoviy va immunogistokimyoviy tadqiqotlardan o‘tkazish asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. "Immunogistokimyo va biokimyoviy markerlar ekzemaning diagnostikasida" nomli metodik tavsiyalar amaliy sog‘liqni saqlashga va ta’lim jarayoniga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash muassasasi Ekspert kengashining 30.03.2024 yil, № 01-02/U-t-19 raqamli xulosasi).
birinchi ilmiy yangilik: ekzemaning o‘tkir bosqichidan surunkali holatga o‘tishida spongioz, vakuolyar distrofiya va limfotsitar ekzotsitozning o‘zaro mutanosib progressiyasi to‘qima destruksiyasini keltirib chiqarishi ochib berilib, mazkur morfodinamik siljishlar kasallikning klinik shakllarini differensial verifikatsiya qilishning patomorfologik asosi sifatida asoslangan. Ushbu natijalar asosida: Farg‘ona shahridagi RIDV va KITM Farg‘ona filialining 2025 yil 11 martdagi №78-son buyrug‘i hamda RIO va RIATM Farg‘ona viloyat hududiy filialining 2025 yil 15 martdagi №56-4-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Kasallikni erta bosqichda aniq patomorfologik mezonlar asosida verifikatsiya qilish tashxislash aniqligini 1,5 barobarga oshirgan hamda bemorlarni asossiz muolajalardan asrab, hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Erta tashxisot va profilaktika hisobiga 46 nafar bemorda jami 1366400 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: 1 nafar bemor uchun byudjetdan tashqari mablag‘dan 248000 so‘m mablag‘ iqtisod qilish imkonini bergan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: tizimli Sa²⁺ ionlari dismetabolizmi epidermisda hujayralararo signalizatsiyani buzishi orqali ekzemaning og‘irlashishiga olib keluvchi sabab-oqibat bog‘liqligi ochib berilib, mazkur biokimyoviy defisit kasallik generalizatsiyasini va patogenezning faollashuvini belgilovchi trigger omil ekanligi isbotlangan. Ushbu natijalar asosida: Farg‘ona shahridagi RIDV va KITM Farg‘ona filialining 2025 yil 11 martdagi №78-son buyrug‘i hamda RIO va RIATM Farg‘ona viloyat hududiy filialining 2025 yil 15 martdagi №56-4-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Bemorlar terisi bioptatida gerpes virusi antigeni ekspressiyasini hisobga olgan holda personal davolash usulining samaradorligini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Maqsadli tahlillar o‘tkazilganda 74 nafar bemor uchun byudjetdan tashqari davolanish xarajatlaridan 6740800 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: 1 nafar bemor uchun zamonaviy diagnostika usuli orqali 152200 so‘m mablag‘ iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: teriga yo‘naltirilgan CLA+ T-limfotsitlarning epidermisga jadal migratsiyasi (epidermotropizm fenomeni) mahalliy yallig‘lanish o‘chog‘ini shakllantiruvchi va ushlab turuvchi asosiy mexanizm ekanligi ochib berilib, bu jarayon mahalliy hujayraviy immun javobning patogenetik faollashuvi sifatida isbotlangan. Ushbu natijalar asosida: Farg‘ona shahridagi RIDV va KITM Farg‘ona filialining 2025 yil 11 martdagi №78-son buyrug‘i hamda RIO va RIATM Farg‘ona viloyat hududiy filialining 2025 yil 15 martdagi №56-4-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: teri bioptatida ushbu antigenlarning yuqori ekspressiyasi asosida bemorlarni kuzatish va monitoring faoliyatini takomillashtirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Kasallikni uchrash chastotasini kamayishi hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘dan 15785000 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan. Xulosa: Maqsadli tekshirish natijasida 1 nafar bemor uchun 346640 so‘m mablag‘ iqtisod qilish imkonini bergan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ekzemaning surunkali residivlovchi kechishi epidermisda CD1a+ va dermada CD207/Langerin+ dendrit hujayralarining o‘ziga xos topografik to‘planishi bilan bog‘liqligi aniqlanib, mazkur hujayralarning redepozisiyasi uzoq muddatli antigen persistensiyasini ta’minlovchi va kasallik qaytalanishiga olib keluvchi patomorfologik omil ekanligi asoslangan. Ushbu natijalar asosida: Farg‘ona shahridagi RIDV va KITM Farg‘ona filialining 2025 yil 11 martdagi №78-son buyrug‘i hamda RIO va RIATM Farg‘ona viloyat hududiy filialining 2025 yil 15 martdagi №56-4-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: VEGF ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali kasallikni teri vaskulitlaridan farqlash va to‘g‘ri tashxis qo‘yish samaradorligini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: maqsadsiz dori-darmonlarni kamaytirish (83,4% ga) va residivlarni oldini olish (78,6% ga) hisobiga 64 nafar bemordan byudjetdan tashqari 10985600 so‘m moddiy xarajat tejalgan. Xulosa: tavsiya etilgan usul orqali davolash vaqtini tejash va residivlarni kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor uchun 1116520 so‘m iqtisod qilingan.(Barcha joriy etish dalolatnomalari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/34-son xulosasi bilan tasdiqlangan). O‘tkazilgan tadqiqot ekzemaning morfologik, biokimyoviy va immunogistokimyoviy parametrlariga asoslangan yangi diagnostika usullarini amaliyotga joriy etishga imkon berdi. Klinik amaliyotga CD1a, CD207/Langerin va CLA-(HECA-452) markerlarini kiritish diagnostika aniqligini oshirishga, qonda kalsiy darajasini baholash esa terapiyani optimallashtirish va kasallik qaytalanish tezligini kamaytirishga yordam beradi. Ekzemani diagnostika qilishda gistologik, biokimyoviy va immunologik tadqiqotlardan kompleks foydalanish kasallikning kechishini aniqroq bashorat qilish va bemorlarni davolashda shaxsiylashtirilgan yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish