Muxtarov Javlonbek Uktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘krak yoshdagi bolalarda va chaqaloqlarda tug‘ma pilorostenozni tashxislash va jarroxlik davolash usulini tanlash», 14.00.35 – «Bolalar xirurgiyasi» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3232.
Ilmiy rahbar: Ergashev Baxtiyor Berdalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01.
Rasmiy opponentlar: Primov Farxod Maribjanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ibragimov Jasur Xabibjanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tug‘ma gipertrofik pilorostenoz bilan og‘rigan chaqaloqlar va go‘daklarda tashxisot sifatini oshirish hamda takomillashtirilgan laparoskopik piloromiotomiya texnikasini amaliyotga joriy etish orqali xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qiyosiy statistik tahlil asosida ul`tratovush tekshiruvining tug‘ma gipertrofik pilorostenoz diagnostikasidagi yuqori aniqligi (98,4%) va uning rentgenologik usuldan (91,4%) ishonchli tarzda ustunligi (p<0.05) isbotlangan; 
sonografik morfometriya ko‘rsatkichlari (pilorus uzunligi va qalinligi) bilan intraoperatsion o‘lchamlar o‘rtasida yuqori darajadagi korrelyasion bog‘liqlik (r=0,96) mavjudligi aniqlanib, chaqaloqlar va go‘daklar tug‘ma pilorostenozida usulning diagnostik “oltin standart” ekanligi klinik jihatdan asoslangan;
Respublika miqyosida ilk bor katta klinik material asosida tug‘ma pilorostenozni davolash natijalari tahlil qilingan hamda laparoskopik piloromiotomiyaning an’anaviy usulga nisbatan klinik afzalliklari operatsion jarohatning kichikligi, og‘riq sindromining pastligi, yuqori kosmetik natija, statsionarda qolish muddatining qisqarishi, bitishmali ichak tutilishi va ligaturali oqmalar kabi asoratlar rivojlanmasligi bilan tavsiflanishi aniqlangan;
laparoskopik piloromiotomiya vaqtida shilliq qavat butunligini nazorat qilishning operatsiya maydonini fiziologik eritma bilan to‘ldirgan holda nazogastral zond orqali havo yuborish orqali modifikatsiya qilingan pnevmokompressiya usulining yashirin perforatsiyalarni aniqlashdagi yuqori diagnostik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Chaqaloqlar va go‘daklarda tug‘ma gipertrofik pilorostenozni tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor qiyosiy statistik tahlil asosida ul`tratovush tekshiruvining tug‘ma gipertrofik pilorostenoz diagnostikasidagi yuqori aniqligi (98,4%) va uning rentgenologik usuldan (91,4%) ishonchli tarzda ustunligi (p<0.05) isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 oktyabrda 03/317-son bilan tasdiqlangan “Tug‘ma gipertrofik pilorik stenozli yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va chaqaloqlarni tashxislash va davolash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 24 maydagi 160-son va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 17 maydagi 86-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabridagi 27/41-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: xavfsiz diagnostika go‘daklarni zararli nurlanishdan asraydi, yuqori aniqlik esa ota-onalarni ortiqcha xavotir va kutish azobidan butunlay xalos etishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tug‘ma gipertrofik pilorostenoz diagnostikasida ul`tratovush tekshiruvidan foydalanish orqali qimmatbaho rentgen plyonkalari va kontrast moddalaridan foydalanish 91,1 foizga qisqardi. Natijada bir nafar bemorga sarflanadigan 1 ta kontrastli rentgen tekshiruvining o‘rtacha tannarxi (plyonka va preparat bilan) hisobidan 200000 so‘m tejalishi ta’minlandi. Xulosa: Tug‘ma gipertrofik pilorostenoz diagnostikasida ul`tratovush tekshiruvidan foydalanish kontrastli rentgen tekshiruviga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etgan holda tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=145) 29000000 so‘m mablag‘lar tejalishini ta’minladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: sonografik morfometriya ko‘rsatkichlari (pilorus uzunligi va qalinligi) bilan intraoperatsion o‘lchamlar o‘rtasida yuqori darajadagi korrelyasion bog‘liqlik (r=0,96) mavjudligi aniqlanib, chaqaloqlar va go‘daklar tug‘ma pilorostenozida usulning diagnostik “oltin standart” ekanligi klinik jihatdan asoslanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 oktyabrda 03/317-son bilan tasdiqlangan “Tug‘ma gipertrofik pilorik stenozli yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va chaqaloqlarni tashxislash va davolash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 24 maydagi 160-son va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 17 maydagi 86-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabridagi 27/41-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: chaqaloqlar va go‘daklarda tug‘ma gipertrofik pilorostenozni tashxislashda sonografik morfometriya ko‘rsatkichlaridan foydalanish kasallikni aniqroq diagnostikasini ta’minlaydi, boshqa tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etadi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: chaqaloqlar va go‘daklarda tug‘ma gipertrofik pilorostenozni tashxislashda sonografik morfometriya ko‘rsatkichlaridan foydalanish tashxisning tezkor qo‘yilishiga va bemorni operatsiyaga tayyorlash vaqtini bir necha soatga qisqartirishga imkon berdi. Bu esa shifoxonaning diagnostik resurslarini 15 foizga optimallashtirib, muassasaning umumiy xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qildi. Bir nafar bemor tashxisoti uchun sarflanadigan xarajatlarni 135000 so‘mga qisqartirdi. Xulosa: nurlanishsiz tashxislash go‘daklar xavfsizligini kafolatlash bilan bir qatorda, rentgen xarajatlarini maqbullashtiradi, echimlar orqali tibbiy muassasa resurslarini tejashda yuqori natijadorlikni namoyon etadi, shuningdek tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=145) 19575000 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: Respublika miqyosida ilk bor katta klinik material asosida tug‘ma pilorostenozni davolash natijalari tahlil qilinganligi hamda laparoskopik piloromiotomiyaning an’anaviy usulga nisbatan klinik afzalliklari operatsion jarohatning kichikligi, og‘riq sindromining pastligi, yuqori kosmetik natija, statsionarda qolish muddatining qisqarishi, bitishmali ichak tutilishi va ligaturali oqmalar kabi asoratlar rivojlanmasligi bilan tavsiflanishi aniqlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 oktyabrda 03/316-son bilan tasdiqlangan “Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va go‘daklarda tug‘ma gipertrofik pilorik stenozni jarrohlik yo‘li bilan davolashni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 24 maydagi 160-son va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 17 maydagi 86-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabridagi 27/41-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: go‘daklar og‘riqsiz tez sog‘ayib, oilasi bag‘riga erta qaytadi, jarohat izi qolmasligi esa bolaning kelajakdagi ijtimoiy va ruhiy xotirjamligini to‘liq ta’minlaydi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: laparoskopik piloromiotomiya usulini qo‘llash natijasida bemorlarning shifoxonada qolish muddati 10,2 kundan 6,2 kungacha qisqardi. Garchi laparoskopik amaliyot narxi ochiq usulga nisbatan 315500 so‘mga qimmatroq bo‘lsa-da, 4 yotoq-kun tejalishi hisobiga davlat byudjetidan sarflanadigan 1297340 so‘mlik xarajat tejab qolindi. Bu har bir bemor uchun jami 981840 so‘mlik sof iqtisodiy foyda demakdir. Bunday yondashuv nafaqat mablag‘larni tejaydi, balki bo‘limdagi o‘rin-joy aylanishini yaxshilab, ko‘proq bemorlarga sifatli yordam ko‘rsatish imkonini beradi. Xulosa: mazkur kam invaziv yondashuv go‘daklarning tez orada oilasiga qaytishini ta’minlab, ortiqcha shifoxona xarajatlarini keskin kamaytiradi va tibbiyotning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy jihatdan yuksalishiga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: laparoskopik piloromiotomiya vaqtida shilliq qavat butunligini nazorat qilishning operatsiya maydonini fiziologik eritma bilan to‘ldirgan holda nazogastral zond orqali havo yuborish orqali modifikatsiya qilingan pnevmokompressiya usulining yashirin perforatsiyalarni aniqlashdagi yuqori diagnostik samaradorligi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 oktyabrda 03/316-son bilan tasdiqlangan “Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va go‘daklarda tug‘ma gipertrofik pilorik stenozni jarrohlik yo‘li bilan davolashni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 24 maydagi 160-son va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 17 maydagi 86-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabridagi 27/41-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: jarrohlikning yuqori xavfsizligi xavfli asoratlarni oldindan bartaraf etib, go‘daklar hayotini saqlashda oilalarning zamonaviy tibbiyotga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: pnevmokompressiya sinamasi yordamida yashirin perforatsiyalarni operatsiya stolidayoq bartaraf etish eng xavfli asorat – peritonitning oldini oldi. Peritonitni davolash uchun ketadigan o‘rtacha 15 kunlik reanimatsion xarajatlar va antibiotikoterapiya (taxminan 15000000 so‘m) inobatga olinsa, ushbu sinamaning iqtisodiy samaradorligi beqiyosdir. Har bir aniqlangan yashirin perforatsiya 14 million so‘mdan ortiq mablag‘larni tejash imkonini berdi. Yuqori xavfsizlik kafolati bo‘lgan mazkur usul kutilmagan moliyaviy yuklarni bartaraf etib, davlat tomonidan soglikni saklashga ajratilgan mablag‘larning maqsadli va tejamkor sarflanishini ta’minlaydi. Xulosa: mazkur xavfsizlik sinamasi yashirin perforatsiyalarni bartaraf etib, hayotni saqlaydi va peritonitni davolashga sarflanishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha 14000000 so‘m mablag‘larni tejab, tibbiy yordamning ishonchliligini yanada mustahkamlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish