Qodirova Shahlo Salomovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 o‘tkazgan, yurak-qon tomir kasalliklari bor bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni korreksiya usullarini optimallashtirish», 14.00.05 – Ichki kasalliklar, 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Tib987.
Ilmiy maslahatchilar: Jarilkasinova Gauxar Janizakovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alimov Ulugbek Xudoyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxammadieva Nigina Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mamatov Saginali Murzaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ochilov Ulug‘bek Usmanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi) .
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni korreksiya usullarini ularning psixologik holati, klinik xususiyatlari va prognostik omillarini tahlil qilish asosida optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan arterial gipertenziya, surunkali yurak etishmovchiligi va infarktdan keyingi kardioskleroz mavjud bemorlarda xavotir-depressiv buzilishlarning tarqalganligi va klinik namoyon bo‘lish darajasi anamnezida koronavirus infeksiyasi bo‘lmagan bemorlarga nisbatan ishonchli yuqori ekanligi aniqlangan;
yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasining og‘irlik darajasi bilan psixoemotsional buzilishlarning namoyon bo‘lish darajasi o‘rtasida Gamilton, HADS va Sung psixometrik shkalalari bo‘yicha ishonchli o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
COVID-19 dan keyingi kardiologik bemorlarda kuzatiladigan psixoemotsional buzilishlarning patogenetik mexanizmlari yallig‘lanish, gormonal va antioksidant status o‘zgarishlari bilan bog‘liqligi IL-6, kortizol va gomotsistein darajalarining oshishi hamda serotonin va glutation konsentratsiyalarining kamayishi bilan namoyon bo‘lishi isbotlangan;
COVID-19 ni boshdan kechirgan yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni erta aniqlash maqsadida psixometrik shkalalar (HADS, Gamilton, Sung) ni yallig‘lanish va gormonal profil biomarkerlar (IL-6, kortizol, gomotsistein, serotonin, glutation) bilan integratsiyalashgan holda qo‘llashning yuqori diagnostik ahamiyati asoslangan;
COVID-19 ni boshidan o‘tkazgan kardiologik bemorlarda yallig‘lanish markerlari, gormonal profil va yurak-qon tomir patologiyasining klinik xususiyatlarini inobatga olgan holda psixoemotsional buzilishlarni korreksiya qilishning individuallashtirilgan, differensial antidepressiv terapiya sxemalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan va COVID-19 infeksiyasini boshidan o‘tkazgan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni erta tashxislash, patogenetik markyorlar asosida baholash, xavf darajasini prognoz qilish va individual terapiyani amalga oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan arterial gipertenziya, surunkali yurak etishmovchiligi va infarktdan keyingi kardioskleroz mavjud bemorlarda xavotir-depressiv buzilishlarning tarqalganligi va klinik namoyon bo‘lish darajasi anamnezida koronavirus infeksiyasi bo‘lmagan bemorlarga nisbatan ishonchli yuqori ekanligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 fevralda 25-m/043-son bilan tasdiqlangan “COVID-19 infeksiyasini boshidan o‘tkazgan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni diagnostika qilishning takomillashtirilgan usuli” va 25-m/036-son bilan tasdiqlangan “COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni individual terapevtik korreksiya qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04/2072-son, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04/2071-son, Navoi shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 07.03.2025 yildagi 04/2208-son, Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04\2073-son, Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04\2074-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04\2068-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/05-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan arterial gipertoniya, surunkali yurak etishmovchiligi va infarktdan keyingi kardiosklerozi mavjud bemorlarda xavotirli-depressiyaviy holatlar ko‘proq va og‘irroq ekani aniqlandi; ularni ambulator bosqichda erta aniqlash hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1340000 so‘m byudjet mablag‘lari va 955000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari xavf guruhiga kiruvchi yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallangan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni erta aniqlash orqali iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasining og‘irlik darajasi bilan psixoemotsional buzilishlarning namoyon bo‘lish darajasi o‘rtasida Gamilton, HADS va Sung psixometrik shkalalari bo‘yicha ishonchli o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 fevralda 25-m/043-son bilan tasdiqlangan “COVID-19 infeksiyasini boshidan o‘tkazgan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni diagnostika qilishning takomillashtirilgan usuli” va 25-m/036-son bilan tasdiqlangan “COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni individual terapevtik korreksiya qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04/2072-son, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04/2071-son, Navoi shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 07.03.2025 yildagi 04/2208-son, Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04\2073-son, Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04\2074-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04\2068-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/05-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasining og‘irlik darajasi bilan psixoemotsional buzilishlar ifodalanishi o‘rtasida Gamilton, HADS va Sung shkalalari bo‘yicha ishonchli korrelyasiya aniqlandi, bu ushbu shkalalarni kardiologik bemorlarda postkovid holatlarni klinik baholashda samarali qo‘llash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1480000 so‘m byudjet mablag‘lari va 890000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari taklif etilayotgan klinik-laborator markerlar (IL-6, kortizol, gomotsistein, serotonin va glutation) majmuasidan postkovid davridagi yurak-qon tomir kasalliklari bor bemorlarni diagnostika qilishda foydalanish orqali iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 dan keyingi kardiologik bemorlarda kuzatiladigan psixoemotsional buzilishlarning patogenetik mexanizmlari yallig‘lanish, gormonal va antioksidant status o‘zgarishlari bilan bog‘liqligi IL-6, kortizol va gomotsistein darajalarining oshishi hamda serotonin va glutation konsentratsiyalarining kamayishi bilan namoyon bo‘lishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 fevralda 25-m/043-son bilan tasdiqlangan “COVID-19 infeksiyasini boshidan o‘tkazgan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni diagnostika qilishning takomillashtirilgan usuli” va 25-m/036-son bilan tasdiqlangan “COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni individual terapevtik korreksiya qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04/2072-son, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04/2071-son, Navoi shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 07.03.2025 yildagi 04/2208-son, Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04\2073-son, Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04\2074-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04\2068-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/05-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda xavotir, depressiya va qo‘rquv hissining kamayishi ularning kundalik faolligini oshiradi, uyqu sifatini tiklaydi va umumiy psixologik farovonligini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1235000 so‘m byudjet mablag‘lari va 590000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari aniq va maqsadli psixometrik baholash hisobiga qo‘shimcha laborator tahlillar va psixonevrologik mutaxassislarga yuborish holatlari 1,5-2 baravarga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 ni boshdan kechirgan yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni erta aniqlash maqsadida psixometrik shkalalar (HADS, Gamilton, Sung) ni yallig‘lanish va gormonal profil biomarkerlar (IL-6, kortizol, gomotsistein, serotonin, glutation) bilan integratsiyalashgan holda qo‘llashning yuqori diagnostik ahamiyati asoslanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 fevralda 25-m/043-son bilan tasdiqlangan “COVID-19 infeksiyasini boshidan o‘tkazgan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni diagnostika qilishning takomillashtirilgan usuli” va 25-m/036-son bilan tasdiqlangan “COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni individual terapevtik korreksiya qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04/2072-son, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04/2071-son, Navoi shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 07.03.2025 yildagi 04/2208-son, Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04\2073-son, Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04\2074-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04\2068-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/05-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 og‘ir kechgan bemorlarda IL-6, kortizol va gomotsistein yuqori, serotonin va glutation past ekani aniqlanib, xavotirli-depressiyaviy holatlar patogenezida yallig‘lanish, neyroendokrin va oksidativ stress mexanizmlari ishtirok etishi tasdiqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1300000 so‘m byudjet mablag‘lari va 560000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari biomarkerlar asosida maqsadli tahlillar o‘tkazilishi orqali ortiqcha testlar va shifoxonaga yotqizish ehtiyojini kamaytirish hisobiga iqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: COVID-19 ni boshidan o‘tkazgan kardiologik bemorlarda yallig‘lanish markerlari, gormonal profil va yurak-qon tomir patologiyasining klinik xususiyatlarini inobatga olgan holda psixoemotsional buzilishlarni korreksiya qilishning individuallashtirilgan, differensial antidepressiv terapiya sxemalari ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 fevralda 25-m/043-son bilan tasdiqlangan “COVID-19 infeksiyasini boshidan o‘tkazgan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni diagnostika qilishning takomillashtirilgan usuli” va 25-m/036-son bilan tasdiqlangan “COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda psixoemotsional buzilishlarni individual terapevtik korreksiya qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04/2072-son, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04/2071-son, Navoi shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 07.03.2025 yildagi 04/2208-son, Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04\2073-son, Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04\2074-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 04\2068-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/05-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan va COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda yallig‘lanish va gormonal ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda psixoemotsional buzilishlarni korreksiya qilishning individual sxemalari ishlab chiqilib, reabilitatsiya natijalari yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2100000 so‘m byudjet mablag‘lari va 900000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari har bir bemor uchun yuqori samarador davolash sxemalarini qo‘llash orqali dori vositalariga bo‘lgan ehtiyoj 35% ga va shifoxonada davolanish ehtiyoji 2 baravarga kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi.