Qobilov Nodir Rustam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Son suyagi singan keksa va qarilik yoshidagi bemorlarni ratsional operatsiya oldi tayyorlash va davolash istiqbolini aniqlash», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2863.
Ilmiy rahbar: Karimov Murodulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan mujassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06.2025.27.12.Tib.19.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyberdiev Qobil Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: son suyagi singan keksa va qariya bemorlarda yallig‘lanish markerlari hamda komorbid holatlarni kompleks baholash asosida jarrohlik amaliyotidan oldingi tayyorgarlikni optimallashtirish va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizimli tahlil asosida ishlab chiqilgan, xavf omillari va komorbid holatlarni qamrab oluvchi ixtisoslashtirilgan so‘rovnomaning qo‘llanilishi — son suyagi sinishi bilan kasallangan keksa va qariya yoshdagi bemorlarda operatsiya xavfi darajasini aniqlash, yuqori xavf guruhiga mansub bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda operatsiyadan oldingi tayyorgarlik jarayonini individuallashtirish imkonini berishi isbotlangan;
keksa va qariya yoshdagi bemorlarda son suyagi sinishlarida yallig‘lanish faolligi markerlari — S-reaktiv oqsil, interleykin-6, leykotsitlar miqdori va tana haroratini hisobga olgan holda jarrohlik amaliyoti uchun xavfsiz vaqt oralig‘ini aniqlash usuli ishlab chiqilgan hamda ushbu yondashuv operatsiyadan keyingi asoratlarni 1,7 martaga kamaytirishi va davolash natijalarini yaxshilashi isbotlangan;
keksa va qariya yoshdagi bemorlarda son suyagi sinishlarida 43 ta komorbid omilning kompleks tahlili asosida, patogenetik xususiyatlarga tayanuvchi va yallig‘lanish komponenti ustun bo‘lgan shaxslarni aniqlashga yo‘naltirilgan ishchi tasnif ishlab chiqilganligi — ushbu guruhdagi bemorlarda operatsiyadan keyingi infeksion asoratlar rivojlanish xavfini prediktiv baholash va samarali prognozlash imkonini berishi asoslangan;
keksa va qariya yoshdagi son suyagi sinishi bo‘lgan bemorlarda yallig‘lanish markerlarining (S-reaktiv oqsil, interleykin-6, leykotsitlar miqdori va tana harorati) diagnostik ahamiyati, sezuvchanligi hamda spesifikligini aniqlash — operatsiyadan keyingi jarrohlik infeksion asoratlari rivojlanish xavfini prognozlash imkonini berishi, shuningdek, klinik amaliyotda ularni barvaqt aniqlash va o‘z vaqtida profilaktika qilishni ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yilning 16-fevraldagi 3-son bayonnomasi xulosasiga asosan (Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2026 yil 10-fevraldagi 1968-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: tizimli tahlil asosida ishlab chiqilgan, xavf omillari va komorbid holatlarni qamrab oluvchi ixtisoslashtirilgan so‘rovnomaning qo‘llanilishi — son suyagi sinishi bilan kasallangan keksa va qariya yoshdagi bemorlarda operatsiya xavfi darajasini aniqlash, yuqori xavf guruhiga mansub bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda operatsiyadan oldingi tayyorgarlik jarayonini individuallashtirish imkonini berishi isbotlangan. Tadqiqot natijalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali (12.12.2025; №298-son) hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi (17.12.2025; №12) klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan so‘rovnoma yordamida bemorlarni operatsion xavf darajasi bo‘yicha stratifikatsiya qilish imkoniyati yaratildi, bu esa jarrohlik taktikasini individual tanlashga, yuqori xavf guruhidagi bemorlarda asoratlar va letallik xavfini kamaytirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Jarrohlik xavfini aniqlash so‘rovnomasining joriy etilishi natijasida operatsiya oldi tayyorgarlik sifati oshib, jarrohlikdan keyingi asoratlar kamayishi tufayli bemorning shifoxonada qolish muddati o‘rtacha 3 kunga qisqardi. Bemorning shifoxonadagi bir kunlik davolanishi o‘rtacha 487000 so‘mni tashkil qilsa, 3 kunga qisqarishi hisobiga bir bemordan 1461000 so‘m mablag‘ iqtisod qilindi; Xulosa: Klinik va umumiy somatik ko‘rsatkichlarni integratsiyalovchi maxsus so‘rovnomaning qo‘llanilishi, son suyagi sinishi bo‘lgan keksa va qariya bemorlarda jarrohlik xavfini ob’ektiv bashorat qilish hamda asoratlar tufayli kelib chiqadigan iqtisodiy yo‘qotishlarning oldini olish orqali 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 1461000 so‘m miqdoridagi iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: keksa va qariya yoshdagi bemorlarda son suyagi sinishlarida yallig‘lanish faolligi markerlari — S-reaktiv oqsil, interleykin-6, leykotsitlar miqdori va tana haroratini hisobga olgan holda jarrohlik amaliyoti uchun xavfsiz vaqt oralig‘ini aniqlash usuli ishlab chiqilgan hamda ushbu yondashuv operatsiyadan keyingi asoratlarni 1,7 martaga kamaytirishi va davolash natijalarini yaxshilashi isbotlangan. Tadqiqot natijalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali (12.12.2025; №298-son) hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi (17.12.2025; №12) klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: jarrohlik aralashuvini optimal vaqtda bajarish orqali infeksion asoratlar chastotasining 5,7% kamayishi, bemorlarning erta aktivlashtirilishi va reabilitatsiya jarayonlarining tezlashishi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorligi: jarrohlik aralashuvini asossiz kechiktirish yoki erta bajarish bilan bog‘liq asoratlar kamayishi hisobiga shifoxonada yotish muddati qisqardi, qayta davolash va qo‘shimcha antibiotik terapiyaga bo‘lgan ehtiyoj kamaydi. Bu esa bir bemor uchun davolash xarajatlarini kamaytirish va statsionar resurslardan samarali foydalanish imkonini berdi. Bemorning shifoxonadagi bir kunlik davolanishi o‘rtacha 487000 so‘mni tashkil qilsa, 3 kunga qisqarishi hisobiga bir bemordan 1461000 so‘m mablag‘ iqtisod qilindi; Xulosa: yallig‘lanish markerlariga asoslangan holda xavfsiz operatsion vaqtni tanlash klinik natijalarni yaxshilash bilan bir qatorda iqtisodiy jihatdan ham samarali ekanligi isbotlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: keksa va qariya yoshdagi bemorlarda son suyagi sinishlarida 43 ta komorbid omilning kompleks tahlili asosida, patogenetik xususiyatlarga tayanuvchi va yallig‘lanish komponenti ustun bo‘lgan shaxslarni aniqlashga yo‘naltirilgan ishchi tasnif ishlab chiqilganligi — ushbu guruhdagi bemorlarda operatsiyadan keyingi infeksion asoratlar rivojlanish xavfini prediktiv baholash va samarali prognozlash imkonini berishi asoslangan. Tadqiqot natijalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali (12.12.2025; №298-son) hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi (17.12.2025; №12) klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan tasnif asosida davolash taktikasini individual rejalashtirish, yuqori xavf guruhlarini erta aniqlash va asoratlarning oldini olish imkoniyatining kengayishi bilan namoyon bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: komorbid holatlarni tizimli baholash orqali resurslar maqsadli yo‘naltirildi hamda asoratlar bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar kamaydi. Natijada, bir bemor uchun statsionar davolash xarajatlarini optimallashtirish imkoniyati yaratildi. Bemorga asoratlar kuzatilsa qo‘shimcha kamida 5 kunga statsionar davolanishni talab etadi (shifoxonada bir kunlik davolanishi o‘rtacha 487000 so‘m tashkil etadi). 5 kunlik qo‘shimcha harajatlari 2435000 so‘m mablag‘ iqtisod qilindi. Xulosa: komorbidliklar bo‘yicha ishchi tasnif davolashni individuallashtirish bilan birga sog‘liqni saqlash tizimida iqtisodiy samaradorlikni oshiruvchi muhim vosita ekanligi isbotlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Keksa va qariya yoshdagi son suyagi sinishi bo‘lgan bemorlarda yallig‘lanish markerlarining (S-reaktiv oqsil, interleykin-6, leykotsitlar miqdori va tana harorati) diagnostik ahamiyati, sezuvchanligi hamda spesifikligini aniqlash — operatsiyadan keyingi jarrohlik infeksion asoratlari rivojlanish xavfini prognozlash imkonini berishi, shuningdek, klinik amaliyotda ularni barvaqt aniqlash va o‘z vaqtida profilaktika qilishni ta’minlashi isbotlangan. Tadqiqot natijalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali (12.12.2025; №298-son) hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi (17.12.2025; №12) klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: infeksion asoratlar chastotasining kamayishi, qayta jarrohlik aralashuvlariga bo‘lgan ehtiyojning pasayishi va bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishida namoyon bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotlar natijasida infeksion asoratlarni oldini olish, qayta jarrohlik aralashuvlari hamda shifoxonada qo‘shimcha yotish kunlari bilan bog‘liq xarajatlar sezilarli darajada kamaydi. Bu esa bir bemor hisobiga davolash xarajatlarini qisqartirish imkonini berdi. Bemorning shifoxonadagi 15 kunlik davri uchun 7305000 so‘m. (shifoxonada 1 kun davolanish o‘rtacha 487000 so‘mni tashkil qiladi); implant o‘rtacha 4544000 so‘mni tashkil qiladi. Asorat kuzatilgan bemorni shifoxonada davolanishi va qayta amaliyot uchun implantlarni ishlatmaslik natijasida 11849000 so‘mni iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: infeksion asoratlarnin oldini olish 1 bemor uchun 11849000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi.