Inagamdjanova Shahzoda Bobir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘z kuyishi kasalligini davolash va reabilitatsiyasini takomillashtirish» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3150.
Ilmiy rahbar: Maksudova Laylo Masxutovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.12.01.
Rasmiy opponentlar: Turgunbaev Nurlan Aytbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Qirg‘iziston Respublikasi); Bilalov Erkin Nazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Eye Lazer Center” ko‘z kasalxonasi (Janubiy Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘zning I–II–III darajali kuyishlarida kasallik kechishini ob’ektiv instrumental mezonlar asosida baholash hamda ushbu mezonlarga tayangan holda samaradorligini klinik-statistik jihatdan isbotlangan differensial davolash va reabilitatsiya algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘ruv a’zosining kuyish jarohatlarida qo‘llanilgan kombinirlangan terapiyaning samaradorligi korneal densitometriya va oldingi segment optik kogerent tomografiyasi (AS-OCT) ko‘rsatkichlari asosida ob’ektiv ravishda isbotlangan;
kompleks baholash prinsipi asosida ko‘z kuyishi kasalliklarida klinik va funksional xususiyatlarining tuzilishini aniqlash, tibbiy yordamning turli bosqichlarida shox parda epiteliysi regeneratsiyasining AS-OCT va korneal densitometriyaning diagnostik va prognostik qiymatini aniqlash orqali davolash samaradorligining yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan;
klinik sharoitda keratoprotektor va immunostimulyator dori-vositalarining an’anaviy davolash sxemalarida qo‘llanilishi orqali ko‘z shox pardasi kuyishining qiyosiy dinamikasi hamda, iqtisodiy samaradorligi isbotlangan;
ko‘z kuyishi bilan og‘rigan bemorlarda reabilitatsiya potensialini aniqlashda differensial yondashuv uchun diagnostik ahamiyatga ega parametrlarga tayangan holda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘z kuyishi mavjud bemorlarni tashxislash hamda davolashga kompleks yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 avgustdagi 7n/18-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ko‘ruv a’zosining ko‘z kuyishi kasalliklarida kombinirlangan terapiyaning korneal densitometriya va AS-OCT orqali samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Keratoprotektorlar va immunostimulyatorlar yordamida kuyishdan keyingi qaytalanuvchi shox parda epitelial nuqsonlarini davolash» uslubiy tavsiyanomasida rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, 7n-r/18-son, 28.04.2023 y.) nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali (buyruq №48, 16.10.2023 y.) va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali (buyruq №219-M/1, 16.10.2023 y.) amaliyotiga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi oldingi segment optik kogerent tomografiya va korneal densitometriya yordamida tashxislashda foydalanish kasallikni erta bosqichlarida aniq va tezkor aniqlashni, shuningdek, o‘z vaqtida kerakli davo choralarini ko‘rish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘ruv a’zosi kuyishida oldingi segment optik kogerent tomografiya va korneal densitometriya usulini qo‘llash shox pardaning kuyishlarini tashxislash tizimini takomillashtirish imkonini bergan, bu tashxislash tizimi davlatga bemorlarni davolash bilan bog‘liq xarajatlarni va nogironlik holatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: Ko‘ruv a’zosining ko‘z kuyishini davolashda oldingi segment optik kogerent tomografiya va korneal densitometriya usulidan foydalanish shuni ko‘rsatganki, shox pardada shishning mavjudligi, shox parda shaffofligini aniqlash va davo samaradorligini baxolash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: kompleks baholash prinsipi asosida ko‘z kuyishi kasalliklarida klinik va funksional xususiyatlarining tuzilishini aniqlash, tibbiy yordamning turli bosqichlarida shox parda epiteliysi regeneratsiyasining AS-OCT va korneal densitometriyaning diagnostik va prognostik qiymatini aniqlash orqali davolash samaradorligining yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Keratoprotektorlar va immunostimulyatorlar yordamida kuyishdan keyingi qaytalanuvchi shox parda epitelial nuqsonlarini davolash» uslubiy tavsiyanomasida rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, 7n-r/18-son, 28.04.2023 y.) nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali (buyruq №48, 16.10.2023 y.) va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali (buyruq №219-M/1, 16.10.2023 y.) amaliyotiga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ko‘z kuyishida shox pardani regeneratsiya va epitelizatsiya jarayonini kombinirlangan terapiya yordamida, bemorlarning shifoxonada davolanish muddatini kiskartirish va asoratlarini oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bu ko‘z kuyishi bilan og‘rigan bemorlarda taklif etilgan kompleks yondashuvni qo‘llash davolashning yaqin va uzoq muddatli natijalarini 13,8% ga yaxshilash hamda hayot sifati darajasining ijobiy ko‘rsatkichini 60,9% dan 77,9% gacha oshirish imkonini bergan; Xulosa: ko‘z kuyishlarida tibbiy yordam darajasini takomillashtiruvchi kombinirlangan terapiyani qo‘llashda ijobiy terapevtik ta’sir ko‘rsatib, ko‘zning klinik va funksional ko‘rsatkichlarini yaxshilab, asoratlarni oldini olish imkonini bergan. Xulosa: Xar bir 12850 so‘m ortiqcha xarajat evaziga kompleks terapiya 92.8% ga ko‘proq samarali bo‘lgan kompleks terapiya dastlabki xarajat bo‘yicha biroz qimmatroq bo‘lishiga qaramay, davolash muddatining qisqarishi, tuzalish darajasining yuqoriligi va shifoxona resurslaridan samaraliroq foydalanish hisobiga umumiy iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Ayniqsa 2- va 3-darajali kuyishlarda ISI ko‘rsatkichi 90% dan yuqori bo‘lgan, bu esa kompleks terapiyani sog‘liqni saqlash tizimi uchun invaziv bo‘lmagan, ammo tejamkor yondashuv sifatida tavsiya qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: klinik sharoitda keratoprotektor va immunostimulyator dori-vositalarining an’anaviy davolash sxemalarida qo‘llanishi orqali ko‘z shox pardasi kuyishining qiyosiy dinamikasi hamda, iqtisodiy samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Keratoprotektorlar va immunostimulyatorlar yordamida kuyishdan keyingi qaytalanuvchi shox parda epitelial nuqsonlarini davolash» uslubiy tavsiyanomasida rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, 7n-r/18-son, 28.04.2023 y.) nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali (buyruq №48, 16.10.2023 y.) va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali (buyruq №219-M/1, 16.10.2023 y.) amaliyotiga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kuyishdan keyingi shox pardada epitelial defekt bo‘lgan bemorlarda epitelizatsiya muddatlarini 41,5% ga sezilarli darajada qisqartirish imkonini berdi hamda asoratlar chastotasini kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: Taklif etilgan algoritmning iqtisodiy samaradorligi diagnostika usullarini takomillashtirish va terapevtik muolajalarni maqbul tayinlash orqali ta’minlanadi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqartirish hisobiga 31 nafar bemor (31 ko‘z) uchun iqtisodiy samara 21 024 355 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: Ko‘z jarohatlari asoratlarini qisqartirish, nogironlikni minimallashtirish va kuyish kasalligi bo‘lgan bemorlarni davolash hamda reabilitatsiya qilish bilan bog‘liq iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ko‘z kuyishi bilan kelgan bemorlarda reabilitatsiya potensialini aniqlashga differensial yondashuv uchun diagnostik ahamiyatga ega parametrlar aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Keratoprotektorlar va immunostimulyatorlar yordamida kuyishdan keyingi qaytalanuvchi shox parda epitelial nuqsonlarini davolash» uslubiy tavsiyanomasida rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, 7n-r/18-son, 28.04.2023 y.) nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali (buyruq №48, 16.10.2023 y.) va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali (buyruq №219-M/1, 16.10.2023 y.) amaliyotiga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ko‘z kuyishida unifikatsiyalangan algoritmi samarali davolash xamda, bemorlarda kelib chiqadigan asoratlar miqdorini kamaytirish va vaqtinchalik ishga layoqatsizlik muddati davomiyligini qisqartirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu tadqiqotning natijalari asosida taklif etilgan davolash algoritmi shox parda kuyishlarida klinik protokollarga taklif etilishi mumkin bo‘lgan, zamonaviy va ilmiy asoslangan yondashuv sifatida baholandi. Bu algoritm diagnostika va reabilitatsiya usullarini uyg‘unlashtirgan holda, bemorning funksional holatini tezroq tiklashga xizmat qildi. Kelgusida bu yondashuvni randomizatsiyalangan va ko‘p markazli tadqiqotlar doirasida kengaytirish tavsiya etildi. Xulosa: ko‘z kuyishidan keyingi davolash algoritmini to‘g‘ri tanlash, ko‘zning klinik va funksional ko‘rsatkichlarini yaxshilab, asoratlarni oldini olish imkonini bergan.