Baltabaeva Gulnoza Shuhrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Giperprolaktinemiyaning minerallar almashinuvi va xomiladorlikka ta’siri”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.PhD/Tib3681.
Ilmiy raxbar: Muminova Ziyoda Abrorovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/27.12.2025.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi homiladorlik davrida minerallar almashinuvi buzilishining rivojlanishida giperprolaktinemiyaning rolini aniqlash va akusherlik hamda perinatal asoratlarni kamaytirish uchun homiladorlikkacha ayollarni olib borish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
giperprolaktinemiya sindromi mavjud bo‘lgan ayollarda qon zardobida prolaktin miqdorining vitamin D (r=–0,61), kal`siy (r=–0,49), magniy (r=–0,45) darajalari hamda suyak mineral zichligi ko‘rsatkichlari (r=–0,58) bilan ishonchli teskari korrelyasion bog‘liqlikka ega ekani aniqlanib, ushbu ko‘rsatkichlar 60% dan ortiq holatlarda pasaygani va farqlar statistik jihatdan ishonchli ekani (p<0,001) isbotlangan;
giperprolaktinemiya sindromi kuzatilgan ayollarda minerallar almashinuvi buzilishini rivojlanish xavfini aniqlashga qaratilgan ishlab chiqilgan prognozlash usuli yuqori diagnostik samaradorlikka ega bo‘lib, sezgirligi 86,8%, o‘ziga xosligi 83,2% ni tashkil etgani va umumiy prognostik qiymati ishonchli darajada yuqori ekani (AUC=0,88; p<0,001) isbotlangan;
giperprolaktinemiya sindromi mavjud ayollarni olib borish va davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm qo‘llanilishi natijasida vitamin D darajasi 27,4% ga, kal`siy 11,8% ga, magniy 14,6% ga oshgani, suyak mineral zichligi 9,5% ga yaxshilangani hamda osteopeniya chastotasi 62% dan 33% gacha kamaygani statistik jihatdan ishonchli ekani (p<0,001) isbotlangan;
pregravidar tayyorgarlik o‘tkazilgan giperprolaktinemiyali ayollarda homiladorlik yuzaga kelishi chastotasi 53% dan 79% gacha ishonchli oshgani, o‘z-o‘zidan homila tushishi 29% dan 12% gacha, ona–yo‘ldosh–homila qon aylanishi buzilishlari 32% dan 14% gacha, homilaning o‘sishdan orqada qolishi 22% dan 9% gacha va gestatsion gipertenziya 18% dan 8% gacha kamaygani statistik jihatdan ishonchli ekani (p<0,01) isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Giperprolaktinemiya mavjud bepusht ayollarni klinik-anamnestik, bioximik, immunoferment, instrumental va statistik tekshiruv usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: giperprolaktinemiya sindromi mavjud bo‘lgan ayollarda qon zardobida prolaktin miqdorining vitamin D (r=–0,61), kal`siy (r=–0,49), magniy (r=–0,45) darajalari hamda suyak mineral zichligi ko‘rsatkichlari (r=–0,58) bilan ishonchli teskari korrelyasion bog‘liqlikka ega ekani aniqlanib, ushbu ko‘rsatkichlar 60% dan ortiq holatlarda pasaygani va farqlar statistik jihatdan ishonchli ekani (p<0,001) isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 fevralda №02-25/502-t -son bilan tasdiqlangan “Giperprolaktinemiyasi bor ayollarda minerallar almashinuvini tashxislash usullari va ularda yuzaga keluvchi akusherlik asoratlarni oldini olish algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksining 2025-yil 15-martdagi 70-son buyruq hamda Toshkent shahar 1-son tumanlararo perinatal markazining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01-06N138-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17-noyabrdagi №29-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi giperprolaktinemiya sindromi bo‘lgan bepusht ayollarda prolaktin, vitamin D, kal`siy, magniy miqdori hamda SMZ ning o‘z vaqtida aniqlanishi ayollarda yuzaga keladigan osteoporoz va osteopeniya belgilarini optimallashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: homiladorlik davrida minerallar miqdorini aniqlash va to‘g‘ri baholash uchun harajatlarni kamaytirish hisobiga 94 ta ayollar uchun 38400000 so‘m ortiqcha sarf harajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: homiladorlik davrida muvofiq diagnostik usullarni qo‘llash hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 562000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: giperprolaktinemiya sindromi kuzatilgan ayollarda minerallar almashinuvi buzilishini rivojlanish xavfini aniqlashga qaratilgan ishlab chiqilgan prognozlash usuli yuqori diagnostik samaradorlikka ega bo‘lib, sezgirligi 86,8%, o‘ziga xosligi 83,2% ni tashkil etgani va umumiy prognostik qiymati ishonchli darajada yuqori ekani (AUC=0,88; p<0,001) isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 fevralda №02-25/502-t -son bilan tasdiqlangan “Giperprolaktinemiyasi bor ayollarda minerallar almashinuvini tashxislash usullari va ularda yuzaga keluvchi akusherlik asoratlarni oldini olish algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksining 2025-yil 15-martdagi 70-son buyruq hamda Toshkent shahar 1-son tumanlararo perinatal markazining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01-06N138-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17-noyabrdagi №29-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi giperprolaktinemiya sindromi mavjud bepusht ayollarda minerallar almashinuvi buzilishi xavfini ko‘rsatuvchi prognozlash usulini qo‘llash orqali bemorlarda optimallashtirilgan diagnostika hamda davolash usullarini qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: giperprolaktinemiya sindromi mavjud bepusht ayollarda optimallashtirilgan diagnostik usullar hisobiga 94 ta ayollar uchun 38400000 so‘m ortiqcha sarf harajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: homiladorlikni muvofiq tashxisot uchun diagnostik usul uchun harajatlarini kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 455000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: giperprolaktinemiya sindromi mavjud ayollarni olib borish va davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm qo‘llanilishi natijasida vitamin D darajasi 27,4% ga, kal`siy 11,8% ga, magniy 14,6% ga oshgani, suyak mineral zichligi 9,5% ga yaxshilangani hamda osteopeniya chastotasi 62% dan 33% gacha kamaygani statistik jihatdan ishonchli ekani (p<0,001) isbotlanganganligi Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 fevralda №02-25/502-t -son bilan tasdiqlangan “Giperprolaktinemiyasi bor ayollarda minerallar almashinuvini tashxislash usullari va ularda yuzaga keluvchi akusherlik asoratlarni oldini olish algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksining 2025-yil 15-martdagi 70-son buyruq hamda Toshkent shahar 1-son tumanlararo perinatal markazining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01-06N138-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17-noyabrdagi №29-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi giperprolaktinemiya sindromi mavjud bepusht ayollarni olib borish va davolash algoritmi yordamida ayollarda osteometabolik barqarorlikka, homiladorlik yuzaga kelish chastotasini ortishiga, hayot sifatining yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: giperprolaktinemiya sindromi mavjud bepusht ayollarga monand bo‘lmagan davolash usullari harajatlarini kamaytirish hisobiga 94 ta ayollar uchun 124512000 so‘m ortiqcha sarf harajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: homiladorlikni davolash harajatlarini kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1297000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 660000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: pregravidar tayyorgarlik o‘tkazilgan giperprolaktinemiyali ayollarda homiladorlik yuzaga kelishi chastotasi 53% dan 79% gacha ishonchli oshgani, o‘z-o‘zidan homila tushishi 29% dan 12% gacha, ona–yo‘ldosh–homila qon aylanishi buzilishlari 32% dan 14% gacha, homilaning o‘sishdan orqada qolishi 22% dan 9% gacha va gestatsion gipertenziya 18% dan 8% gacha kamaygani statistik jihatdan ishonchli ekani (p<0,01) isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 fevralda №02-25/502-t -son bilan tasdiqlangan “Giperprolaktinemiyasi bor ayollarda minerallar almashinuvini tashxislash usullari va ularda yuzaga keluvchi akusherlik asoratlarni oldini olish algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan xamda Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksining 2025-yil 15-martdagi 70-son buyruq hamda Toshkent shahar 1-son tumanlararo perinatal markazining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01-06N138-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 17-noyabrdagi №29-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi pregravidar tayyorgarlik o‘tkazilgan giperprolaktinemiyali bepusht ayollarda homiladorlikning kechishi yaxshilanishiga, akusherlik asoratlarining yuzaga kelish chastotasining kamayish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: pregravidar tayyorgarlik o‘tkazilgan giperprolaktinemiyali bepushtlik mavjud 94 ta ayollar uchun 165408000 so‘m ortiqcha sarf harajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: asoratlangan homiladorlikni davolash harajatlarini kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1723000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 820000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.