Norov Toji Omonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alisher Navoiy insonparvarlik qarashlarining mustaqil O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan uyg‘unligi», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.Z.PhD/Fal115.
Ilmiy rahbar: Aliev Bekdavlat, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.
Rasmiy opponentlar: Nurmatova Mukarram Axmedovna, falsafa fanlari doktori, professor; Abilov O‘ral Murodovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Alisher Navoiy insonparvarlik g‘oyalarining falsafiy qarashlar tizimidagi o‘rni, ularning mustaqil davlatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan uyg‘unligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiyning insonparvarlik qarashlaridagi xususiyatlar uning o‘lmas merosi, ibratli hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati misolida, Sharq va G‘arb mutafakkirlarining gumanistik qarashlari bilan qiyosiy-tahliliy asosda ochib berilgan;
Alisher Navoiy gumanistik falsafasining dunyoviy va ilohiy negizlari turkumlashtirilgan va tizimlashtirilgan;
Alisher Navoiy insonparvarlik g‘oyalarining zamonaviy ijtimoiy-falsafiy ta’limotlar, ijtimoiy jarayonlar va ularning mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan uyg‘unligi ochib berilgan;
Alisher Navoiy gumanistik qarashlarining davlat va jamiyat boshqaruvi bilan bog‘liq ijtimoiy jarayonlarda amaliyotga joriy qilinayotganligi va yanada keng qo‘llanishi zaruriyati holatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Alisher Navoiy insonparvarlik g‘oyalarining mustaqil O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan uyg‘unligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Navoiyning insonparvarlik qarashlaridagi xususiyatlar uning o‘lmas merosi, ibratli hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati misolida, Sharq va G‘arb mutafakkirlarining gumanistik qarashlari bilan qiyosiy-tahliliy xulosalardan “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, “Fuqarolik jamiyati” kabi fanlarining shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, farmonlari va qarorlari asosida Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-huquqiy hayoti bilan bog‘liq dolzarb masalalar bo‘yicha o‘qitiladigan maxsus kurslarda, ularni o‘qitish bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmada, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 15 maydagi 89-03-1897-son ma’lumotnomasi). Natijada demokratiya va ijtimoiy-siyosiy qarashlar tarixi va unda insonparvarlik g‘oyalarining sharqona talqini bo‘limini mazmunan to‘ldirish imkonini bergan;
Navoiy insonparvarlik g‘oyalarining dunyoviy va ilohiy negizi, mukammal siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-falsafiy qarashlar tizimi mazmuni va xulosalaridan O‘zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi faoliyatida, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risdagi Farmonidagi vazifalarni bajarish doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy tadbirlar dasturining “Millatlararo totuvlik” va “Diniy bag‘rikenglik” mavzularidagi materiallarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi Markaziy kengashining 2018 yil 24 maydagi 04-06/146-01-son ma’lumotnomasi). Natijada tashkilot ma’naviy-ma’rifiy faoliyati mazmunan boyitilgan hamda g‘oyaviy ta’sirchanligi oshirilgan.