Djulibekov Nurmat Karshibekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish metodologiyasini takomillashtirish» 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1858.
Ilmiy rahbar: Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Normurzaev Umid Xolmirzaevich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda er qa’ridan samarali foydalanishda soliq solish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan marksheyderlik o‘lchovlari asosida haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmi to‘g‘risidagi hisobotlarini raqamlashtirish, jumladan, birlamchi hujjatlarning (hisob-kitoblar, o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlari va boshqa zarur ma’lumotlar) elektron nusxalarini soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetlari orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash tartibini joriy qilish taklifi ishlab chiqilgan;
er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish ob’ektini qazib olingan (ajratib olingan) qora, rangli, qimmatbaho va radioaktiv metallar, shuningdek noyob elementlar va noyob er osti elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmiga nisbatan belgilash hamda er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish bazasini ularning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymatini soliq (hisobot) davri boshidan o‘sib boruvchi miqdor bo‘yicha aniqlash va soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha arifmetik birja bahosi va o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi o‘rtasida olingan yuqoriroq narx bo‘yicha hisob-kitob qilish taklifi ishlab chiqilgan;
oltin va mis asosiy mahsulot hisoblangan metallurgiya korxonalarida oltin va mis bo‘yicha soliq bazasidan yo‘ldosh metallar, jumladan kumush, platina, palladiy, rux, qo‘rg‘oshin yoki molibdenni ma’dandan ajratib olish, qayta ishlash (eritish, affinaj) va tashish xarajatlarini chegirib tashlash taklifi asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan pishgan va xom g‘isht ishlab chiqarishda er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini tasdiqlangan stavkaga nisbatan mutanosib ravishda oshirib borish taklifi ishlab chiqilgan;
neft va gaz sanoati korxonalarida gaz kondensati uchun er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bazasini aniqlashda “Netback” mexanizmini qo‘llash orqali hisoblash mexanizmini takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Er qa’ridan foydalanishda soliq mexanizmining samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot natijalari davomida ishlab chiqilgan uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
er qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan marksheyderlik o‘lchovlari asosida haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmi to‘g‘risidagi hisobotlarini raqamlashtirish, jumladan, birlamchi hujjatlarning (hisob-kitoblar, o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlari va boshqa zarur ma’lumotlar) elektron nusxalarini soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetlari orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash tartibini joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 28 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 131-sonli qarorida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan (Soliq qo‘mitasining 2025 yil 23 iyuldagi 16/1-84959-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tartib soliq organlariga aniq muddatda er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha qarzni hisobga olish va hisobdan chiqarish bilan birga ushbu soliqni hisoblash va to‘lash jarayonlarini nazorat qilish hamda ushbu yo‘nalishda soliqdan qochish holatlarini qisqartirish imkonini bergan, olib borilgan nazorat tadbirlari asosida 6,1 mlrd. so‘m mablag‘ qo‘shimcha undirishga erishilgan;
er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish ob’ektini qazib olingan (ajratib olingan) qora, rangli, qimmatbaho va radioaktiv metallar, shuningdek noyob elementlar va noyob er osti elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmiga nisbatan belgilash hamda er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish bazasini ularning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymatini soliq (hisobot) davri boshidan o‘sib boruvchi miqdor bo‘yicha aniqlash va soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha arifmetik birja bahosi va o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi o‘rtasida olingan yuqoriroq narx bo‘yicha hisob-kitob qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-812-sonli qonunida tasdiqlanib, Soliq kodeksining 450 va 451-moddalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda o‘z aksini topgan (Soliq qo‘mitasining 2025 yil 23 iyuldagi 16/1-84959-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi Davlat byudjetiga qo‘shimcha 18,4 mlrd. so‘m miqdorda soliqlar undirilishiga xizmat qilgan;
oltin va mis asosiy mahsulot hisoblangan metallurgiya korxonalarida oltin va mis bo‘yicha soliq bazasidan yo‘ldosh metallar, jumladan kumush, platina, palladiy, rux, qo‘rg‘oshin yoki molibdenni ma’dandan ajratib olish, qayta ishlash (eritish, affinaj) va tashish xarajatlarini chegirib tashlash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil
30 dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuniga asosan Soliq kodeksining 4511-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishda o‘z ifodasini topgan (Soliq qo‘mitasining 2025 yil 23 iyuldagi 16/1-84959-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi Davlat byudjetiga 2,61 mlrd. so‘m miqdorda mablag‘ qo‘shimcha tushishiga zamin yaratgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan pishgan va xom g‘isht ishlab chiqarishda er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini tasdiqlangan stavkaga nisbatan mutanosib ravishda oshirib borish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 23 iyuldagi 16/1-84959-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi 2026 yil 1 yanvardan boshlab pishgan va xom g‘isht ishlab chiqarishda er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini 2025 yil uchun belgilangan stavkaga nisbatan 2 baravarga oshirilgan holda qo‘llash hamda 2027 yildan bosqichma-bosqich oshirib borish orqali resurslardan samarali foydalanish va davlat byudjeti daromadlarini oshirishga xizmat qilgan;
neft va gaz sanoati korxonalarida gaz kondensati uchun er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bazasini aniqlashda “Netback” mexanizmini qo‘llash orqali hisoblash mexanizmini takomillashtirish taklifi Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq stavkalarini tasdiqlashda qo‘llanilgan (Soliq qo‘mitasining 2025 yil 23 iyuldagi 16/1-84959-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi xalqaro amaliyotga mos uglevodlarni (gaz, neft gaz kondensati) soliqqa tortishning yagona mexanizmi joriy etish, tabiiy gaz bo‘yicha er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini 30 foizdan 10 foizgacha, neft va gaz kondensati bo‘yicha 20 foizdan 10 foizgacha pasaytirish hamda 2022 yildan boshlab soliq bazasini aniqlashda “Netback” (ortga hisoblash) mexanizmini qo‘llash natijasida soliq to‘lovchilarning ixtiyorida 538,1 mlrd. so‘m qoldirilishga imkon yaratgan.