Rashidov Abror Ro‘zimurod o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar hisobi va auditini takomillashtirish”, 08.00.08 -“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.1.PhD/Iqt3834.
Ilmiy rahbari: Mengliqulov Baxtiyor Yusupovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.I.06.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Mamatqulov Murodjon Shukurovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnalogiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar hisobi va auditini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy hisobotlarni tuzishda ularning shaffofligini ta'minlash maqsadida 0611-“Oddiy aksiyalar”, 0612-“Imtiyozli aksiyalar”, 0613-“Davlat qimmatli qog‘ozlari” va 0614-“Xususiy kompaniya aksiyalari” ishchi schyotlarini hisob siyosatiga kiritish taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlarni baholashda bozor narxlari o‘zgaruvchanligini hisobga oladigan dinamik baholash modeli o‘rtacha bozor narxini oxirgi 10 kunlik savdo bitimlarining o‘rtacha qiymati, o‘zgaruvchanlik indeksini so‘nggi 10 kunlik narxlarning dispersiyasi orqali hisoblanuvchi ko‘rsatkichlar asosida takomillashtirilgan;
qimmatli qog‘ozlarning bozor bahosi o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladigan moliyaviy natijani 8411-“Qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati o‘zgarishi”, qimmatli qog‘ozlarni sotish natijasida hosil bo‘lgan daromadni 9591-“Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan foyda”, qimmatli qog‘ozlarni sotish natijasida yuzaga kelgan zararni 9631-“Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan kelgan zarar” subhisobvaraqlarda aks ettirish orqali har bir turdagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha aniq natijalarni qayd etish va moliyaviy shaffoflikni oshirish taklifi asoslangan;    
auditorlar tomonidan qimmatli qog‘ozlar real bozor qiymatini baholashda  haqqoniy qiymat va sotib olish bahosi o‘rtasidagi tafovutlar tufayli vujudga keluvchi qiyinchiliklarni bozor narxlarini dinamik kuzatish tizimini joriy etish orqali bartaraf etish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar hisobi va auditini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
moliyaviy hisobotlarni tuzishda ularning shaffofligini ta’minlash maqsadida 0611-”Oddiy aksiyalar”, 0612-”Imtiyozli aksiyalar”, 0613-”Davlat qimmatli qog‘ozlari” va 0614-”Xususiy kompaniya aksiyalari” ishchi schyotlarini hisob siyosatiga kiritish bilan bog‘liq taklifi “O‘zbektelekom” AK va “O‘zbekiston pochtasi” AJda hisob siyosatini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (“O‘zbektelekom” AK ning 2025-yil 9-apreldagi 27-03-35/1660-son ma’lumotnomasi). Natijada, moliyaviy hisobotlarni tuzishda qimmatli qog‘ozlar hisobini hisobot davrida to‘g‘ri aks ettirilishiga va turli nomuvofiqliklarning oldi olinishiga erishilgan; 
aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar hisobini moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga moslashtirish bo‘yicha yangi uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq taklifi “O‘zbektelekom” AK va “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida qo‘llanilgan (“O‘zbektelekom” AK ning 2025-yil 9-apreldagi 27-03-35/1660-son ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatli qog‘ozlar hisobini yuritishni xalqaro standartlar talablariga muvofiq buxgalteriya hisobotlarida aktivlar va moliyaviy instrumentlarni baholash tizimi va xalqaro standartlarga moslashtirish orqali moliyaviy hisobotlarda qimmatli qog‘ozlarning bozor bahosi real aks ettirilishi ta’minlangan;
aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlarni baholashda bozor narxlari o‘zgaruvchanligini hisobga oladigan dinamik baholash modelini ishlab chiqish bo‘yicha taklifi “O‘zbektelekom” AK va “O‘zbekiston pochtasi” AJda qimmatli qog‘ozlar baholash tizimini takomillashtirishda qo‘llanilgan (“O‘zbektelekom” AK ning 2025-yil 9-apreldagi 27-03-35/1660-son ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatli qog‘ozlarni baholashda bozor narxlarining o‘zgaruvchanligi inobatga olinib, hisobotlarda aniqlik va ishonchlilik hamda qimmatli qog‘ozlar aktivlarini real baholash imkonini yaratgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar auditini o‘tkazish bo‘yicha maxsus uslubiy ko‘rsatmasini ishlab chiqish bo‘yicha taklifi “O‘zbektelekom” AKning ichki standartlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (“O‘zbektelekom” AK ning 2025-yil 9-apreldagi 27-03-35/1660-son ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq moliyaviy hisobotlarni tekshirish va tahlil qilishning yagona uslubiy mexanizmi joriy etilgan va qimmatli qog‘ozlarni baholash, moliyaviy manipulyasiyalarni aniqlash va hisobotlar ishonchliligini oshirishga yo‘naltirilgan aniq mezonlar belgilangan hamda qimmatli qog‘ozlar auditi jarayonida moliyaviy hisobotlardagi xatolar va risklarning oldini olish imkoniyati yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq xatarlarni baholash va audit jarayonida ularni aniqlash mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklifi “O‘zbektelekom” AKning ichki standartlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (“O‘zbektelekom” AK ning 2025-yil 9-apreldagi 27-03-35/1660-son ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq xavflarni baholash va moliyaviy xatarlarni oldindan aniqlash, risklarni baholash va ularni minimallashtirish, moliyaviy hisobotlarda xatarlarni aks ettirish va tahlil qilish standartlari xalqaro talablarga uyg‘unlashtirilib, auditorlik tashkilotlarining xatarlarni baholash imkoniyati kengaytirilgan, shuningdek, auditorlik tekshiruvlarida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq moliyaviy manipulyasiyalarni aniqlash samaradorligi oshirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar auditini o‘tkazishda auditorlar uchun maxsus tahlil indikatorlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklifi “O‘zbektelekom” AKning ichki standartlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (“O‘zbektelekom” AK ning 2025-yil 9-apreldagi 27-03-35/1660-son ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq moliyaviy hisobotlarni tekshirish va tahlil qilish samaradorligi oshirilgan, tahlil indikatorlari orqali qimmatli qog‘ozlar muomalasidagi riskli muomalalar, hisobotlardagi nomutanosibliklar va moliyaviy manipulyasiyalar aniqlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish