Abdusaidov Sanjar Jaloliddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlarda daromadlar hisobini takomillashtirish” 08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4502
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Abdullaev Zafar Xasanovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Urazov Komil Baxramovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Avlakulov Anvar Ziyadullaevich
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlarda daromadlar hisobini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta tashkilotlari hisob siyosatiga 6281-«To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari» va 6282-«Birgalikda sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari» ishchi schyotlarini kiritish orqali moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiqlik va sug‘urta turlari bo‘yicha ma’lumotlar shaffofligini ta’minlash taklifi asoslangan;
sug‘urta tashkilotlarida daromadlarni iqtisodiy mohiyatiga qarab aniqlashtirilgan holda hisobga olishda 9031-“To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta shartnomalari bo‘yicha daromadlar” hamda 9032-“Birgalikda sug‘urta shartnomalar bo‘yicha daromadlar” nomli ishchi schyotlar joriy etish orqali sug‘urta daromadlari tuzilmasini aniq va tafsiliy tahlil qilish imkonini yaratish taklifi asoslangan;
qayta sug‘urtalovchi bilan o‘zaro hisob-kitob registrlari va pul oqimlari prognoz jadvalini yagona metodik asosda yuritishni 17-son MHXS “Sug‘urta shartnomalari” hamda 9-son MHXS “Moliyaviy instrumentlar” xalqaro standartlar talablari bilan uyg‘unlashtirish orqali qayta sug‘urta operatsiyalari bo‘yicha daromadlarni aniq, shaffof va iqtisodiy mazmuniga mos ravishda tan olishni ta’minlash asoslangan;
“O‘zbekinvest EISK” AJning strategik boshqaruv hisobi maqsadlarida sug‘urta mukofotlariga ta’sir etuvchi iqtisodiy omillarning ekonometrik modeli asosida kompaniya sug‘urta mukofotlarining 2030 yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlarda daromadlar hisobini takomillashtirishning metodologik masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘urta tashkilotlari hisob siyosatiga 6281-«To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari» va 6282-«Birgalikda sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari» ishchi schyotlarini kiritish orqali moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiqlik va sug‘urta turlari bo‘yicha ma’lumotlar shaffofligini ta’minlash taklifi “O‘zbekinvest EISK” AJning faoliyatida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekinvest EISK” AJning 2025 yil 7 noyabrdagi № 01/01-40-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida daromadlarni shakllantirish jarayonida eng muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan sug‘urta mukofotlarini aniq va ishonchli hisobga olishni ta’minlash orqali sug‘urta mukofotlarini ularning kelib chiqish manbai, tuzilgan shartnoma turi va iqtisodiy mazmuniga qarab batafsil ajratish imkoni yaratilgan;
sug‘urta tashkilotlarida daromadlarni iqtisodiy mohiyatiga qarab aniqlashtirilgan holda hisobga olishda 9031-“To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta shartnomalari bo‘yicha daromadlar” hamda 9032-“Birgalikda sug‘urta shartnomalar bo‘yicha daromadlar” nomli ishchi schyotlar joriy etish orqali sug‘urta daromadlari tuzilmasini aniq va tafsiliy tahlil qilish imkonini yaratish taklifi “O‘zbekinvest EISK” AJning faoliyatida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekinvest EISK” AJning 2025 yil 7 noyabrdagi № 01/01-40-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta tashkilotlarida daromadlarni iqtisodiy mohiyatiga qarab aniqlashtirilgan holda hisobga olish orqali sug‘urta daromadlari tuzilmasini aniq va tafsiliy tahlil qilish imkoni yaratilgan;
qayta sug‘urtalovchi bilan o‘zaro hisob-kitob registrlari va pul oqimlari prognoz jadvalini yagona metodik asosda yuritishni 17-son MHXS “Sug‘urta shartnomalari” hamda 9-son MHXS “Moliyaviy instrumentlar” xalqaro standartlar talablari bilan uyg‘unlashtirish orqali qayta sug‘urta operatsiyalari bo‘yicha daromadlarni aniq, shaffof va iqtisodiy mazmuniga mos ravishda tan olishni ta’minlash taklifi “O‘zbekinvest EISK” AJning faoliyatida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekinvest EISK” AJning 2025 yil 7 noyabrdagi № 01/01-40-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qayta sug‘urtalovchi bilan o‘zaro hisob-kitob registrlari va pul oqimlari prognoz jadvalini xalqaro standartlar talablari bilan uyg‘unlashtirish orqali qayta sug‘urta operatsiyalari bo‘yicha daromadlarni aniq, shaffof va iqtisodiy mazmuniga mos ravishda tan olish imkoni yaratilgan;
“O‘zbekinvest EISK” AJning strategik boshqaruv hisobi maqsadlarida sug‘urta mukofotlariga ta’sir etuvchi iqtisodiy omillarning ekonometrik modeli asosida kompaniya sug‘urta mukofotlarining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari “O‘zbekinvest EISK” AJning faoliyatida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekinvest EISK” AJning 2025 yil 7 noyabrdagi № 01/01-40-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zbekinvest EISK” AJning ichki boshqaruv tizimi uchun ilmiy asoslangan prognozlash vositasi yaratilib, kompaniyaning daromad oqimlarini barqarorlashtirish, rentabellikni oshirish hamda moliyaviy risklarni kamaytirish imkonini bergan.