Adambaeva Feruza Rustambekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Ingliz va o‘zbek tillarida biotexnologiyaga oid terminlarning struktur-semantik va kognitiv xususiyatlari” mavzusida 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil2515
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05
Rasmiy opponentlar: Ermetova Jamila Ismailovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi biotexnologiyaga oid terminlarning struktur-semantik va kognitiv xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillari biotexnologiya terminologiyasining biologiya, genetika, mikrobiologiya, tibbiyot, kimyo, muhandislik va axborot texnologiyalari kabi fanlar kesishmasida xalqaro, o‘zlashma va kalkalangan birliklar asosida shakllangan geterogen tizimi aniqlanib, leksik birliklarning tarixiy-etimologik jihatlari, o‘zlashtirilish jarayonida xalqaro terminlarning qabul qiluvchi til tizimiga semantik va kognitiv jihatdan moslashuvi hamda barqarorlashuvi qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda nazariy va amaliy jihatdan ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda biotexnologiyaga oid terminlarning morfologik (affiksatsiya, konversiya), morfologik-sintaktik (kompozisiya, blending, abbreviatsiya), sintaktik, semantik va leksik-semantik usullar orqali yasalishi, murakkab ilmiy tushunchalarni ifodalashi hamda tarkibida eponimik birliklarning qo‘llanilishi sababli ingliz tilida morfologik-sintaktik model, o‘zbek tilida esa leksik-semantik o‘zlashtirish va ko‘p komponentli sintaktik termin birikmalarining ustunlik qilishi struktur hamda statistik tahlil asosida aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillari biotexnologiya terminologiyasida sinonimiya, antonimiya, polisemiya va giper-giponimiya kabi paradigmatik munosabatlar ilmiy tushunchalarning turli semantik belgilar asosida nomlanishi natijasida yuzaga kelishi hamda ularning har ikkala tilda biotexnologiyaga oid terminlar tizimini boyitishdagi samaradorligi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida biotexnologiyaga oid terminlarning konseptual kategoriyalari aniqlanib, biotexnologiya freymi hamda uning subfreym va slotlari o‘rtasidagi ierarxik-konseptual munosabatlar ochib berilgan, shuningdek, terminlar tarkibidagi metaforik birliklarning to‘rtta manba soha (inson dunyosi, texnika va predmetlar, tabiat hodisalari va jismlari, harbiy soha) asosida shakllanishi hamda har ikkala tilda voqelanishidagi o‘xshashlik va farqlar misollar orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida biotexnologiyaga oid terminlarning struktur-semantik va kognitiv xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillari biotexnologiya terminologiyasining biologiya, genetika, mikrobiologiya, tibbiyot, kimyo, muhandislik va axborot texnologiyalari kabi fanlar kesishmasida xalqaro, o‘zlashma va kalkalangan birliklar asosida shakllangan geterogen tizimi aniqlanib, leksik birliklarning tarixiy-etimologik jihatlari, o‘zlashtirilish jarayonida xalqaro terminlarning qabul qiluvchi til tizimiga semantik va kognitiv jihatdan moslashuvi hamda barqarorlashuvi qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda nazariy va amaliy jihatdan ochib berilganligi bilan bog‘liq xulosalaridan Evropa Ittifoqining 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ dasturining ERASMUS-EDU-2022-101082242 raqamli “12-PLEDGE (Innovative and interdisciplinary Programmes in Bio-medical Engineering to Leverage and Exploit the Digital Growth programme for studens’ employability in Uz)” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining 2025-yil 7-apreldagi 430-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Biotibbiyot muhandisligi” ta’lim yo‘nalishi o‘quv dasturlarining ilmiy-nazariy asoslari boyitilgan, biotexnologik terminlarni tarjima qilishning metodik tamoyillari amaliy jihatdan mustahkamlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda biotexnologiyaga oid terminlarning morfologik (affiksatsiya, konversiya), morfologik-sintaktik (kompozisiya, blending, abbreviatsiya), sintaktik, semantik va leksik-semantik usullar orqali yasalishi, murakkab ilmiy tushunchalarni ifodalashi hamda tarkibida eponimik birliklarning qo‘llanilishi sababli ingliz tilida morfologik-sintaktik model, o‘zbek tilida esa leksik-semantik o‘zlashtirish va ko‘p komponentli sintaktik termin birikmalarining ustunlik qilishi struktur hamda statistik tahlil asosida aniqlangani haqidagi xulosalardan Evropa Ittifoqining 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ ECAMPUZ – European World Talent Camp for Uzbekistan Scientiss in Food Science and Technology – ERASMUS-EDU-2022-CBHE nomli grant loyihada foydalanilgan (Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2025-yil 21-apreldagi 1/06-1231-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Oziq-ovqat fanlari va texnologiyasi” bo‘yicha ilg‘or kurslar uchun tayyorlangan o‘quv materiallari ilmiy-nazariy jihatdan boyitilgan, dasturlar mazmuni xalqaro tajriba asosida yangilangan, shuningdek “Biotexnologiya” va “Oziq-ovqat xavfsizligi” kurslarida terminlarni tarjima qilishga doir metodik yondashuvlar takomillashtirilgan;
ingliz va o‘zbek tillari biotexnologiya terminologiyasida sinonimiya, antonimiya, polisemiya va giper-giponimiya kabi paradigmatik munosabatlar ilmiy tushunchalarning turli semantik belgilar asosida nomlanishi natijasida yuzaga kelishi hamda ularning har ikkala tilda biotexnologiyaga oid terminlar tizimini boyitishdagi samaradorligiga doir yangiliklaridan ERASMUS+ dasturining 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 24-apreldagi 04/11-5371-sonli ma’lumotnomasi). Natijada magistratura talabalari uchun mo‘ljallangan o‘quv materiallarini nazariy jihatdan takomillashtirishga samarali manba bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida biotexnologiyaga oid terminlarning konseptual kategoriyalari aniqlanib, biotexnologiya freymi hamda uning subfreym va slotlari o‘rtasidagi ierarxik-konseptual munosabatlar ochib berilgan, shuningdek, terminlar tarkibidagi metaforik birliklarning to‘rtta manba soha (inson dunyosi, texnika va predmetlar, tabiat hodisalari va jismlari, harbiy soha) asosida shakllanishi hamda har ikkala tilda voqelanishidagi o‘xshashlik va farqlar misollar orqali dalillanganligi haqidagi xulosalaridan “Xorazm viloyat teleradiokanali” orqali efirga uzatilgan “Najot bilimda”, “Salomatlik sirlari” va “Agroolam” ko‘rsatuvlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (Xorazm teleradiokompaniyasining 2025-yil 9-apreldagi 319-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlarning ilmiy mazmuni sifat jihatdan yuksalishi barobarida, murakkab biotexnologik tushunchalarni keng auditoriyaga sodda, ravon va ilmiy asoslangan shaklda yetkazishga erishilgan.