Qobiljonov Omadjon Foziljon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pushta shaklini buzmasdan chigit ekadigan seyalkaning konstruksiyasini ishlab chiqish va ekkichining parametrlarini asoslash” 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash. (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T6002
Ilmiy rahbar: Abdullaev Dilmurod Asadullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12. T.03.02
Rasmiy opponentlar: Abdulxaev Xurshed G‘afurovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim va Nasirov Ilxam Zakirovich, texnika fanlari nomzodi, professor tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga loyiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: pushta shaklini buzmasdan chigit ekadigan seksiyali seyalka konstruksiyasini ishlab chiqish hamda uning qavariq sirtli ekkichi parametrlarini asoslash yo‘li bilan ish sifatini oshirish va sarf harajatlarni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pushta shaklini buzmasdan chigit ekadigan seksiyali seyalkaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan va uning texnologik ish jarayoni asoslangan;
seksiyali seyalka ekkichining qavariq sirtli sirpanchig‘i va unga o‘rnatilgan pichoq hamda ko‘mgich konstruksiyasining parametrlari tuproqning uyulib va yopishib qolmasligi hamda mavjud pushta profilini saqlagan holda harakatlanishini ta’minlaydigan shartlar asosida aniqlangan;
qavariq sirtli ekkich pichog‘ining tuproqqa kirish va o‘tkirlanish burchaklari, ko‘mgichlarning harakat yo‘nalishiga nisbatan o‘rnatilish burchagi, ko‘mgichlar orasidagi masofalar hamda tortishga qarshiligini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar tuproq xossalari hamda agregat harakat tezligini hisobga olgan holda keltirib chiqarilgan;
ekkich va ko‘mgichlar parametrlarining maqbul qiymatlari uning talabalar darajasida agrotexnik ish ko‘rsatkichlari minimal energiya sarflab ta’minlashi shartidan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pushta shaklini buzmasdan chigit ekadigan seksiyali seyalka qavariq sirtli ekkichining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
pushta shaklini buzmasdan chigit ekadigan seksiyali seyalka va ish organi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” ning ixtiroga patenti olingan (“Paxta chigitini ekuvchi seyalka” № IAP 8291–2025 y). Natijada pushta shaklini buzmasdan chigit ekadigan seksiyali seyalkaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan; 
seksiyali seyalkaga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 23 oktyabr № 05/04-04-535 ma’lumotnomasi). Natijada pushta shaklini buzmasdan chigit ekadigan seksiyali seyalka yaratilgan;
pushta shaklini buzmasdan chigit ekadigan seksiyali seyalkaning tajriba nusʼhasi tayyorlangan va Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Axborot maslahat markazi» DUK da hamda Andijon viloyati Baliqchi va Oltinko‘l tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 23 oktyabr № 05/04-04-535 ma’lumotnomasi). Chigitni kuzda olingan pushtaga uning shaklini saqlagan holda ekuvchi seksiyali seyalka qo‘llanilganda mehnat sarfi 14 % ga kamayishiga hamda yillik iqtisodiy samara to‘rt qatorli seksiyali seyalka qo‘llanilganda 10896066 so‘m natija olishga erishilgan;
ishlab chiqilgan seksiyali seyalkaning sanoat nusxalarini tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “Andijantexmash” MChJ (2024-yil 11-martdagi 8-son ma’lumotnoma) da loyihalash jarayoniga qabul qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 23 oktyabr № 05/04-04-535 ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan qavariq sirtli ekkich va pushta shaklini saqlagich bilan jihozlangan pushtaga chigit ekadigan seksiyali seyalkani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish