Abduvoxidov Davronjon Izzatulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Plazma membranasiga fizik-kimyoviy ta’sirlar: reaktiv kislorod va azot zarralarining transport jarayonlari va g‘ovak shakllanishini molekulyar darajadagi mexanizmlarini tadqiq qilish”, 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K874.
Ilmiy rahbar: Razzokov Jamoliddin Inotullaevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, DSc.03/06.11.2025.K/FM.10.09.
Rasmiy opponentlar: Mamatkulov Shavkat Isroilovich, fizika-matematika fanlari nomzodi; Xalilov Umedjon Boymamatovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Ilg‘or texnologiyalar markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Notermal plazma hosil qilgan reaktiv kislorod va azot zarralarining biomembranalarga fizik-kimyoviy ta’sirlarni molekulyar darajada tadqiq qilish va uni to‘siq funksiyasini baholash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nitro-oksidlangan lipid membranalarda 10 ta asosiy reaktiv kislorod va azot zarralari (•OH, H2O2, O3, NO, NO2, N2O4, HNO3, HO2, s-cis- va s-trans-HONO) ning transport jarayoni atomistik darajada hisoblandi va erkin energiya to‘siqlari (ΔG) aniq miqdoriy qiymatlar bilan belgilandi. Xususan, gidrofob reaktiv kislorod va azot zarralar (NO, NO2, N2O4, O3) uchun ΔG ≈ 0-5 kJ/mol, gidrofil turlar (H2O2, HNO3, HO2, HNO2) uchun esa ΔG ≈ 15-35 kJ/mol ekanligi ko‘rsatildi;
nitro-oksidlangan membrana tarkibidagi o‘zgarishlar transport jarayoniga qanday ta’sir qilishi aniqlanib, gidrofil reaktiv kislorod va azot zarralari uchun energiya to‘sig‘i 2-3 baravar pasayishi, masalan H2O2 uchun ΔG ning 34 kJ/mol dan 17 kJ/mol gacha kamayishi ilmiy asosda isbotlandi. Bu esa nitrolanish membrananing selektivlik va o‘tkazuvchanlik xususiyatlarini sezilarli o‘zgartirishini ko‘rsatdi;
lipid nitrolanishi elektroporatsiya jarayonini keskin tezlashtirishi miqdoriy jihatdan aniqlangan: 0.35 V/nm elektr maydonida g‘ovak hosil bo‘lish vaqti o‘rtacha 108.9 ns (nazorat membrana - 0% nitrolanish) dan 4.05 ns (40% nitrolanish) gacha qisqarishi isbotlandi. Bu natija nitrolanish membrana barqarorligini taxminan 25-30 baravar susaytirishini ko‘rsatadi;
nitrolash darajasi oshishi bilan membrananing strukturaviy parametrlari (bir lipidga mos keluvchi yuza) 0.65 nm2 dan 0.70 nm2 gacha oshishi va qalinligi kamayishi aniqlanib, membrananing elektr maydoniga sezgirligi kuchayishi molekulyar asosda ochib berildi;
reaktiv kislorod va azot zarralarining membrana ichida “to‘planish zonasi” (accumulation region) mavjudligi aniqlanib, masalan, HO2 radikali nitro-oksidlangan membrananing markaziy qismida barqarorroq bo‘lishi, reaktiv kislorod va azot zarralarining membrana ichki qismida faol reaksiyalar boshlashi mumkinligini ko‘rsatdi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya doirasida olingan molekulyar dinamika hisoblashlari, reaktiv kislorod va azot zarralari-membrana o‘zaro ta’sir modellari va nitrolangan membranada elektroporatsiya jarayonining kinetik tavsiflari Yaponiyaning Kyushu universiteti (Kyushu University) Plazma nano-interfeys injeneriyasi markazining “Plasma Agriculture” nomli ilmiy loyihasida amaliyotga joriy etilgani rasman tasdiqlangan (17-noyabr, 2025-yil). Xususan, plazma tomonidan hosil bo‘luvchi reaktiv kislorod va azot zarralarning transport mexanizmlari, elektr maydoni ta’sirida g‘ovak hosil bo‘lish jarayoni va oksidlangan/nitrolangan membranalarda reaktiv kislorod va azot zarralarini kirishini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan metodlar mazkur loyihada qo‘llanilgan.
Shuningdek, Scopus/Web of Science bazasiga kiruvchi Q1 kvartilli jurnallarda (Biomolecules va Journal of Physics D: Applied Physics jurnallar) chop etilgan maqolalariga 12 ta va 8 ta havola olgan.