Otojanova Nilufar Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifrlari (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Galaktikalar boy to‘dalarining fizik xususiyatlari: kuzatuv ma’lumotlari taxlili va modellashtirish natijalari”, 01.03.02 – Kosmos fizikasi va astrofizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/FM1361.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kutlimuratov Sardor Sharipbaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.FM.01.05 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponetlar: Rayimbaev Javlon Rajapbaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Burxonov Otabek Anvarjonovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy hodim;
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Galaktikalar boy to‘dalari bo‘yicha kuzatuv ma’lumotlari bankini yaratish, ular fizik parametrlari orasidagi empirik bog‘liqliklarni izlash va galaktika to‘dalari misolida sferik sistemalarning dinamik evolyusiyasini modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba galaktikalar juda boy to‘dalari uchun astrofizik kuzatuv ma’lumotlarini tahlil qilish hamda mavjud kataloglar ma’lumotlari asosida 213 ta obektdan iborat maxsus katalog tuzilgan;
ilk bor galaktikalar boy to‘dalarining markaziga nisbatan sirtiy zichliklari aniqlanib, ular orqali to‘daning markaziga nisbatan konsentratsiya darajasi qiymatlari aniqlangan;
ilk bor galaktikalar boy to‘dalari uchun ularning massasi va boylik darajasi qiymatlari orasida empirik bog‘liqlik topilgan;
ilk marta 40 ta galaktikalar boy to‘dalari uchun kuzatuv ma’lumotlari asosida tezliklar anizotropiya parametrining qiymatlari va ularning 16 foizi sferik taqsimotga ega ekanligi aniqlangan;
ilk bor ikkita model asosida galaktikalar boy to‘dalarining dinamik evolyusiyasi modellashtirilib, uning markaziy (yadro) qismi dastlab ixcham va kuchli konsentratsiyaga ega bo‘lishi, keyinchalik cho‘zilgan shaklni olishi, galo qismi esa vaqt o‘tishi bilan uzlyuksiz ravishda kengayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya natijalari quyidagilarga joriy qilingan:
galaktikalar boy to‘dalarining statistik tahlil natijalari va topilgan empirik bog‘liqliklardan TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutining ilmiy laboratoriyasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida Novikov va Torns disk modelida qora o‘ralarning energiyasini o‘rganishda foydalanilgan (TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutining 2025 yil 20 iyundagi 01/25-105-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qora o‘ra yaqinidagi zarrachalar to‘qnashishi mumkin bo‘lgan kritik burchakning yuqori chegarasi hamda to‘qnashayotgan zarrachalar energiyasining quyi chegarasi qiymatlari topilgan;
galaktikalar to‘dasi markaziga nisbatan aniqlangan konsentratsiya darajasi hamda tezliklar anizotropiya parametri qiymatlaridan TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutining ilmiy laboratoriyasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida magnitlangan zarrachalarning tashqi magnit maydondagi Bocharov-Bronnikov-Melnikov-Bekenshteyn qora o‘rasi atrofidagi harakatini tekshirishda foydalanilgan (TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutining 2025 yil 20 iyundagi 01/25-105-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tezliklar anizotropiya parametri magnitlangan zarrachalarning tashqi magnit maydonini o‘zgartirishi aniqlangan;
sonli modellashtirishdan olingan natijalardan TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutining ilmiy laboratoriyasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida tashqi magnit maydonlar va skalyar o‘zaro ta’sirlarda ultrarelyativistik zarrachalarning paydo bo‘lishini o‘rganishda foydalanilgan (TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutining 2025 yil 20 iyundagi 01/25-105-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, magnit maydonlar atrofida zarrachalarning shakllanish mexanizmlari modellashtirish natijalari orqali aniq tushuntirilishi isbotlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish