Mamadaliev Abrorbek Murodilla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kartoshka ekish mashinasining  miqdorlagichi konstruksiyasini takomillashtirish  va parametrlarini asoslash”, 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4937.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bayboboev Nabijon G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12. T.15.06
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor; Rahmonov Xusanboy Tojievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kartoshka ekish mashinasi miqdorlagichining konstruksiyasini takomillashtirish va asosiy parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kartoshka ekish mashinasi bunkeridan kelib tushayotgan kartoshka tuganaklarini aniq miqdorlab berishni ta’minlaydigan, tuganaklar o‘lchamlariga mos keluvchi tuynuklarga ega bo‘lgan va tuynuklarga prujinali rostlagich joylashtirilgan diskli miqdorlagichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
diskning miqdorlash tuynugining diametri kartoshka tuganaklari tuynukdan to‘siqsiz o‘tishi sharti asosida kartoshka tuganaklarining eng katta o‘lchamlarining o‘rtacha arifmetik qiymatini hisobga olgan holda hamda diskli miqdorlagichdagi tuynuklar soni, qatordagi uyalar orasidagi masofani teng bo‘lishini hisobga olgan holda aniqlangan;
diskli miqdorlagichning aylanishlar soni va burchak tezligini aniqlovchi ifodalar, kartoshka tuganagining disk sirtida tuganakka ta’sir etuvchi kuch (og‘irlik kuchi, normal reaksiya kuchi, ishqalanish kuchi, Koriolis kuchi)lari ta’siridan harakatlanib, urug‘o‘tkazgichga tushish shartini hisobga olib topilgan;
diskli miqdorlagichning qiyalik burchagi, tuynuklar soni va mashinaning  harakat tezligining maqbul qiymatlari tuganak uyalari orasidagi masofa, tuganaklarni qatorda teng taqsimlanishini ta’minlanishi shartidan kelib chiqqan holda matematik rejalashtirish usuli bilan o‘tkazilgan tajribalardan olingan regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Kartoshka ekish mashinasinining diskli miqdorlagichi konstruksiyasini takomillashtirish  va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kartoshka tuganaklarini aniq miqdorlash imkoniyatini yaratish va ish unumini oshirish maqsadida kartoshka ekish mashinasi uchun ishlab chiqilgan diskli miqdorlagichning yangi konstruksiyasining texnik echimiga Rossiya Federatsiyasi ixtirosi uchun patent olingan. (Doziruyushhiy apparat kartofeleposadochnoy mashini № 2830906, 26.11.2024 g.). Natijada kartoshka tuganaklarini aniq miqdorlab berishni taʼminlaydigan diskli miqdorlagichning yangi konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
diskli miqdorlagich bilan jihozlangan kartoshka ekish mashinasi Kosonsoy tumanining «Burgut», «Ertikan Zilolchashmasi», «Ertikan Chamanzori» va To‘raqo‘rg‘on tumanining «Usmon Ali» fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 30-maydagi 05/04-04-287-sonli maʼlumotnomasi). Natijada kartoshka ekish mashinasidan foydalanish, urug‘lik  kartoshka tuganaklarini agrotexnik talab darajasida sifatli ekilishi taʼminlangan, mavjud texnikalarga nisbatan ish samaradorligi 1,2-1,4 martaga oshishi aniqlangan, yonilg‘i sarfi 8-10 foizga tejalishiga erishilgan; 
kartoshka ekish mashinasini sanoat nusxasini ishlab chiqish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriqlar, texnik shartlar va texnik hujjatlari) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 30-maydagi 05/04-04-287-sonli maʼlumotnomasi). Natijada konstruktiv jihatdan sodda, ixcham, ish sifati agrotexnik talablarga javob beradigan, resurstejamkor kartoshka ekish mashinasini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish