Toshmatova Mohiniso Murodulla qizining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Temir yo‘lning o‘tish qismi geometriyasining matematik modeli”, 05.01.07– Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.4.PhD/FM1436
Ilmiy rahbar: Artikbaev Abdullaaziz, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.10/2025.27.12.FM/T.01.08 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hayotov Abdulla Raxmonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Azamov Siroj Sobirovich, fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.    
II.Tadqiqotning maqsadi temir yo‘lning egri qismi geometriyasini o‘rganish va uning matematik modelni ishlab chiqish, matematik tahlil qilish, temir yo‘l trassasining fazoviy joylashuvi, egri qismlarining geometriyasi, o‘tish chiziqlari va rels balandliklarini aniqlashning optimal parametrlarini aniqlash, hamda ularni amaliyotda qo‘llash imkonini beruvchi tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
temir yo‘lga qo‘yiladigan texnik-iqtisodiy talablarga javob beruvchi yo‘l izining fazoviy chiziq sifatida qaralishi matematik jihatdan asoslab berilgan;
temir yo‘l tashqi relsi o‘tish qismi shaklini aniqlashda birinchi marotaba fazoviy chiziq buralishini hisobga oluvchi matematik yondashuv taklif etilgan;
temir yo‘l trassasining ikki chiziqli geometrik shakli taklif qilinib, uning tashqi qismining buralishi chiziqli bo‘lishini ta’minlovchi matematik model ishlab chiqilgan;
taklif etilgan model asosida uchinchi tartibli o‘zgaruvchi koeffisientli bir jinsli bo‘lmagan differensial tenglama keltirib chiqarildi va uning chekli-ayirmali metod yordamida topilgan;
ishlab chiqilgan model asosida olingan parametrlar bo‘yicha ajratilgan temir yo‘l egri qismi ta’mirlanib, uning texnik-iqtisodiy talablarga javob berishi tasdiqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Temir yo‘l o‘tish qismi geometriyasining matematik modeli bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yo‘lning burilish qismi texnik talablarni qanoatlantirishi uchun oʻtish qismining buralishi oʻsuvchi chiziqli funksiya boʻlishini tekshirishda UZB-Ind-2021-98-sonli “Avtomatrisalarning xizmat muddatini uzaytirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada qo‘llanilgan (Toshkent davlat transport universitetining 2025-yil 6-noyabrdagi №04-01/8128 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan dastur amaliy loyihalarda temir yo‘l oʻtish qismlarining fazoviy-geometrik parametrlarini aniqlash, ularning silliqligi va uzlyuksizligini ta’minlash, hamda loyihalash jarayonining aniqligi, samaradorligi va transport harakati xavfsizligini oshirish imkonini bergan;
“Temiryo‘linfratuzilma” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Toshkent temir yo‘l masofasi” filiali To‘ytepa va Ozodlik bekatlari orasidagi 42–43-kilometrlar oralig‘idagi temir yo‘l egri qismini joriy ta’mirlash jarayonida amaliyotda qo‘llanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali, “Toshkent temir yo‘l masofasi” filiali 2025-yil 23-sentyabrdagi №271-son ma’lumotnomasi). Natijada, joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilganidan so‘ng, “126-Diagnostik laboratoriya” yo‘l o‘lchov vagonidan olingan eksperimental o‘lchov natijalari SP-515 normativ hujjat talablari bilan to‘liq muvofiqligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish