Akramova Nozima Akramovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz-jag‘ sohasi suyaklari travmatik shikastlanishining nur tashxisi», 14.00.19–Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib359.

Ilmiy rahbar: Xadjibekov Marat Xudaykulovich,tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent  davlat stomatologiya institutida bajarilgan.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04.12.2018.Tib.77.01.

Rasmiy opponentlar: Ikramov Adxam Il`xamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Amanullaev Rustam Azimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yuz-jag‘ sohasi suyaklari sinishlarining mul`timodal nur tashxisini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sinishning anatomik lokalizatsiyasiga qarab yuz-jag‘ sohasi suyaklari jarohatlarida rentgenografiyaga qo‘shimcha ravishda sonografiya asosida jarohatlangan suyaklarni birlamchi tashxislashning taktik jihati asoslangan;

singan bo‘laklarning repozisiyasi sonografik tashxisot asosida bajarilishi davolash muolajalarini yaxshilash va jarohatlarni sifatli bitishini ta’minlashga asoslangan;

suyak bo‘laklari bitishini va suyak qadog‘i hosil bo‘lishini monitoring qilishda  qayta sonografik tashxislash bemorning ortiqcha  rentgen nurlanishining oldini olish  mexanizmi asoslangan;

yuz-jag‘ sohasi suyaklari travmatik jarohatlarining lokalizatsiyasiga bog‘liq ravishda nur tashxislash usullarini uyg‘un qo‘llash kasallikni tashxislash samaradorligini oshirish asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Yuz-jag‘ sohasi suyaklari travmatik shikastlanishining nur tashxislash tartibini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Yuz-jag‘ soxasi suyaklarining sinishida nur tashxisoti» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 12 noyabrdagi 8n-d/303-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma  yuz-jag‘ sohasi suyaklarining sinishida nur tashxisoti orqali suyaklarning sinishini to‘g‘ri taktik jihatdan tashxislash va davolash sifatini oshirish hamda kasallik  asoratlarining oldini olish imkonini bergan;

yuz-jag‘ sohasi suyaklari jarohatlarini nur tashxislashni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-klinikasi hamda Farg‘ona viloyat stomatologik kasalxonasi jarrohlik stomatologiya bo‘limlarining  klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 12 noyabrdagi 8Nd/303-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi  jarohatlarning kompleks nurli tashxisida sonografiyadan foydalangan holda olingan natijalar tashxis va bemorga nur yuklamasini va iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish