Saydirasulov Laziz Alimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Investisiya loyihalarining islomiy moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2779
Ilmiy rahbar: Shoha’zamiy Shohmansur Shohnazir o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Anvar Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga yo‘naltirilgan investisiya loyihalarining islomiy moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishga oid nazariy takliflar va amaliy tavciyalap ishlab chiqishdan ibopat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noislomiy davlatlarda amalga oshirilayotgan dualistik islomiy moliyalashtirish modelining samaradorligini baholash investisiya loyihalarining ichki foyda me’yori (IRR), risk koeffisienti (Rr) va kapital qoplanish muddati (Pb) ko‘rsatkichlarining aniqligini oshiruvchi “investisiya samaradorligi indeksi (ISI)” ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun mos keluvchi islomiy moliyalashtirish investisiya munosabatlarini tartibga solishning institutsional tarkibini o‘zaro bog‘laydigan tuzilmaviy modelga ko‘ra iqtisodiy munosabatlarning shaffofligi va foyda taqsimoti adolatliligini ta’minlash orqali investisiya jozibadorligini 25-30% ga oshirish imkoni asoslangan;
islomiy moliyalashtirish muhitinig samaradorligini baholash uchun jamg‘armalar (S) va investisiyalar (I) o‘rtasidagi aylanish koeffisienti “S-I Efficiency Ratio (SIR) ishlab chiqish orqali ichki va xorijiy investisiya institutlari uchun teng raqobat muhitini shakllantirish taklif etilgan;
islomiy moliyalashtirish modelini raqamli iqtisodiyot talablariga moslashtirish maqsadida blokcheyn texnologiyasi yordamida aktivlarni tokenizatsiya qilish va kraudfanding platformalari orqali investisiya jalb qilish asosida moliyaviy operatsiyalar samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Investisiya loyihalarining islomiy moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar asosida:
noislomiy davlatlarda amalga oshirilayotgan dualistik islomiy moliyalashtirish modelining samaradorligini baholash investisiya loyihalarining ichki foyda me’yori (IRR), risk koeffisienti (Rr) va kapital qoplanish muddati (Pb) ko‘rsatkichlarining aniqligini oshiruvchi “investisiya samaradorligi indeksi (ISI)” ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan qabul qilingan (2024 yil 5 apreldagi 02-11-1-3391-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ilmiy taklifni (usulni) va uning asosida noislomiy davlatlarda loyihalarni islomiy moliyalashtirish imkoniyatlaridan foydalanishning samaradorlik darajasini tizimli tadqiqoti va baholash natijalarini amaliyotda qo‘llash Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti sharoiti uchun maqbul bo‘luvchi islomiy moliyalashtirish modelini ilmiy asoslab joriy qilishga qaratilgan analitik hisobot, tahliliy xulosalar, taklif va tavsiyalarning ilmiy asoslanganli va ishonchliligini 100 foizga olib chiqdi va bu hujjatlarning ishlab chiqish muddatlarini 2 (ikki) barobarga tezlashtirgan;
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun mos keluvchi islomiy moliyalashtirish investisiya munosabatlarini tartibga solishning institutsional tarkibini o‘zaro bog‘laydigan tuzilmaviy modelga ko‘ra iqtisodiy munosabatlarning shaffofligi va foyda taqsimoti adolatliligini ta’minlash orqali investisiya jozibadorligini 25-30% ga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan qabul qilingan (2024 yil 5 apreldagi 02-11-1-3391-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ilmiy taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida noislomiy davlatlarda keng qo‘llanilgan dualistik model asosida Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti sharoitida uning an’anaviy moliya-kredit tizimiga yondosh (muqobil) bo‘lgan xulq-atvoriy tizim sifatida joriy qilinishi mumkin bo‘lgan islomiy moliyalashtirish modeli imkoniyatlaridan samarali foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning huquqiy mexanizmini (ya’ni alohida qonun va unga mos me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini) 100 foiz hajmda to‘liq ishlab chiqish imkonini bergan;
islomiy moliyalashtirish muhitinig samaradorligini baholash uchun jamg‘armalar (S) va investisiyalar (I) o‘rtasidagi aylanish koeffisienti “S-I Efficiency Ratio (SIR) ishlab chiqish orqali ichki va xorijiy investisiya institutlari uchun teng raqobat muhitini shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan qabul qilingan (2024 yil 5 apreldagi 02-11-1-3391-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ilmiy taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti sharoiti uchun maqbul bo‘luvchi islomiy moliyalashtirish modeliga xos va mos qulay biznes muhiti va jamg‘armalarni (S) samarali investisiyalarga (I) aylanishi (S-I)-muhitini hamda bunda investisiya loyihalarini moliyalashtiruvchi ichki va xorijiy institutlarga teng imkoniyatlar yaratish bilan bog‘liq tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy mexanizmlar loyihalarini 100 (bir yuz) foiz hajmda to‘liq ishlab chiqish va ularning amaliy samaradorligini 4 (to‘rt) barobarga oshirish imkonini bergan;
islomiy moliyalashtirish modelini raqamli iqtisodiyot talablariga moslashtirish maqsadida blokcheyn texnologiyasi yordamida aktivlarni tokenizatsiya qilish va kraudfanding platformalari orqali investisiya jalb qilish asosida moliyaviy operatsiyalar samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan qabul qilingan (2024 yil 5 apreldagi 02-11-1-3391-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ilmiy taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti sharoiti uchun maqbul bo‘luvchi islomiy moliyalashtirish modeliga xos va mos raqamli islomiy kapital bozori modelini shakllantirish bilan bog‘liq tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy mexanizmlar loyihalarini 100 foiz hajmda to‘liq ishlab chiqish va ularning amaliy samaradorligini 4 barobarga oshirish imkonini bergan.