Shadmankulova Dilnoza Abdusaitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes subektlarida raqamli transformatsiya jarayonlarini takomillashtirish”, 08.00.16 - “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5929
Ilmiy rahbar: Maxmudova Guljaxon Nematdjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Otajanov Umid Abdullaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Munis Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes subektlarida raqamli transformatsiya jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko’ra, “raqamli iqtisodiyot” tushunchasi axborotlashgan jamiyatning cheksiz xohish va ehtiyojlarini, tezkor va to‘laqonli qondirish maqsadida raqamli ko‘rinishdagi ma’lumot (bilim) va texnologiyalarga asoslangan holda iqtisodiy jarayonlarda katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, uning natijasini tahlil qilish orqali tovar va xizmatlarni saqlash, sotish hamda yetkazib berish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy – ijtimoiy faoliyat sifatida takomillashtirilgan;
kichik biznes subektlarining raqamli texnologiyalarni qabul qilish darajasida foydalanishni osonligi, samaradorligi va istagining miqdoriy qiymatlarini raqamli texnologiyalar turlariga ko‘ra baholashning chegararaviy miqdoriy mezonlarini “yuqori darajada qabul qilingan texnologiyalar” (0.71 ≤ 〖CA〗_i ≤ 1); “o‘rtacha darajada qabul qilingan texnologiyalar” (0.51 ≤ 〖CA〗_i ≤ 0.70); “past darajada qabul qilingan texnologiyalar” (0 ≤ 〖CA〗_i ≤ 0.5) diapazonlari chegarasida baholash taklifi asoslangan;
kichik biznes subektlarining “raqamli salomatlik diagnostikasi”ni tizimli olib borish imkonini beruvchi dasturiy platforma asosida IT yechimlarini transfer qilishi samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
kichik biznes subektlarini xalqaro “raqamli iqtisodiyot va jamiyat indeksi ((DESI - Digital economy and society index))” mezonlari indikatorlariga moslashuvchan mahalliy indeks 
(U-DESI) asosida raqamli transformatsiya darajasini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes subektlarida raqamli transformatsiya jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko’ra “raqamli iqtisodiyot” tushunchasining iqtisodiy mazmuni axborotlashgan jamiyatning cheksiz xohish va ehtiyojlarini, tezkor va to‘laqonli qondirish maqsadida raqamli ko‘rinishdagi ma’lumot (bilim) va texnologiyalarga asoslangan holda iqtisodiy jarayonlarda katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, uning natijasini tahlil qilish orqali tovar va xizmatlarni saqlash, sotish hamda etkazib berish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy – ijtimoiy faoliyat sifatida takomillashtirish borasidagi nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Industriya 4.0” o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekistond oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrugʻi, 391236-sonli guvohnoma). Mazkur ilmiy taklifning joriy etilishi natijasida talabalarda zamonaviy raqamli texnologiyalar, raqamli transformatsiyalashuv, axborotlashgan jamiyatning zaruratidan kelib chiqqan holda iqtisodiy jarayonlarni samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi takomillashtirilgan raqamli iqtisodiyot tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
kichik biznes subektlarining raqamli texnologiyalarni qabul qilish darajasida foydalanishni osonligi, samaradorligi va istagining miqdoriy qiymatlarini raqamli texnologiyalar turlariga ko‘ra baholashning chegararaviy miqdoriy mezonlarini “yuqori darajada qabul qilingan texnologiyalar” (0.71 ≤ 〖CA〗_i ≤ 1); “o‘rtacha darajada qabul qilingan texnologiyalar” (0.51 ≤ 〖CA〗_i ≤ 0.70); “past darajada qabul qilingan texnologiyalar” (0 ≤ 〖CA〗_i ≤ 0.5) diapazonlari chegarasida baholash taklifi O‘zbekiston Savdo sanoat palatasining Tadbirkorlarga raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘limi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Savdo sanoat palatasining 2025 yil 31-oktyabrdagi №05-33-12417-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida kichik biznes subektlarining raqamli rivojlanganlik holatiga moslashuvchan texnologik yechimlarni aniqlash imkoni yaratilgan. Shuningdek, “Tadbirkor va ishbilarmon” MChJ hamda “Goodzone” MChJ lar faoliyatiga CRM texnologiyasi joriy etilgan va mijozlar bilan ishlash samaradorligi o‘rtacha 17,1 foizga oshirishga imkon yaratgan.
kichik biznes subektlarining “raqamli salomatlik diagnostikasi”ni tizimli olib borish imkonini beruvchi dasturiy platforma asosida IT yechimlarini transfer qilishi samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Savdo sanoat palatasining Tadbirkorlarga raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘limi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Savdo sanoat palatasining 2025 yil 31-oktyabrdagi №05-33-12417-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida kichik biznes subektlarining raqamlashganlik darajasini aniqlash va ularga maqsadli dasturiy yechimlarni taklif qilish tizimi yaratilgan. Taklif etilgan platforma orqali korxonalarda marketing hamda sotuv tizimlarida qo’llaniladigan dasturiy vositalari taklif etilgan va ushbu dasturiy tizimlar koxonalar faoliyatida foydalanilgan. Natijada, “Tadbirkor va ishbilarmon” MChJ hamda “Goodzone” MChJ korxonalarining biznes jarayonlarini, shu jumladan xaridlar, savdo maydonchalarini tashkil etish va mijozlar bilan aloqalarni boshqarishdagi sarf qilinayotgan xarajatlar o‘rtacha 11,6 foizga kamayishiga imkon yaratgan;
kichik biznes subektlarini xalqaro “raqamli iqtisodiyot va jamiyat indeksi ((DESI - Digital economy and society index))” mezonlari indikatorlariga moslashuvchan mahalliy indeksini dasturiy platforma orqali baholash asosida raqamli transformatsiya darajasini oshirish taklifi O‘zbekiston Savdo sanoat palatasining Tadbirkorlarga raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘limi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Savdo sanoat palatasining 2025 yil 31-oktyabrdagi №05-33-12417-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida kichik biznes subektlari uchun U-DESI indeksi orqali mahalliy moslashtirilgan raqamli transformatsiya darajasini aniqlash va transformatsiya darajasini oshirish uchun strategik dasturlar ishlab chiqish imkonini yaratgan. Mazkur tizimdan foydalanish asosida Tadbirkor va ishbilarmon” MChJ hamda “Goodzone” MChJ korxonalarining transformatsiya darajasini oshirish bo’yicha strategik maqsadlar belgilab olingan. Mazkur strategiyalarni qo‘llash savdo xizmatlari o‘sishiga va savdo maydonchalaridan foydalanish samaradorligi ortishiga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish