Raxmonov Kamol Aminjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Disseminatsiyalashgan  sut  bezi saratonida kuzatiladigan surunkali neyropatik og‘riq sindromini  medikamentoz davolashning differensial yondashuvini takomillashtirish», 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3833.
Ilmiy rahbar: Raximov Nodir Maxammatkulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.06.01.
Rasmiy opponentlar: Alimxodjaeva Lola Telmanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nabieva Umida Pulatjanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro  davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: disseminatsiyalangan sut bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarda neyropatik og‘riq sindromini zamonaviy biomarkerlar va farmakologik strategiyalardan foydalangan holda personallashtirilgan algoritm yaratish orqali tashxislash va davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor neyropatik og‘riqni kliniko-psixologik baholash ob’ektiv miqdoriy verifikatsiya usullari bilan integratsiya qilingan holda onkologiya amaliyotida og‘riq sindromlarini taqqoslama tahlil qilish va tashxislashning metodologik imkoniyatlarini kengaytiradigan “NEYRO-SBS” maxsus diagnostik so‘rovnomasi ishlab chiqilgan;
ilk bor biomarker profili (S100β, IL-6, TNF-α)ning personallashtirilgan tashxislash va terapiya monitoringi uchun bashoratlovchi ahamiyati aniqlanib, ushbu markerlar konsentratsiyasi bilan neyropatik og‘riq sindromi intensivligi o‘rtasida ishonchli korrelyasiya mavjudligi isbotlangan;
disseminatsiyalangan sut bezi saratonida standart og‘riqsizlantiruvchi sxemalarga rezistent neyropatik og‘riq sindromi holatlarida, bemorlarning individual klinik-patologik xususiyatlari inobatga olingan holda, klofelin va morfin kombinatsiyasining al`ternativ terapevtik strategiya sifatida samaradorligi ilmiy jihatdan asoslangan;
og‘riq fenotipini inobatga olgan holda personallashtirilgan anal`getik strategiyaning qo‘llanilishi maqsadga muvofiqligi hamda dorivor kombinatsiyalar qo‘llanilishi natijasida og‘riq intensivligi vizual-analog shkalasi (VASh) bo‘yicha sezilarli darajada pasayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Disseminatsiyalangan sut bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarda personallashtirilgan algoritm yaratish orqali tashxislash va davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor neyropatik og‘riqni kliniko-psixologik baholash ob’ektiv miqdoriy verifikatsiya usullari bilan integratsiya qilingan holda onkologiya amaliyotida og‘riq sindromlarini taqqoslama tahlil qilish va tashxislashning metodologik imkoniyatlarini kengaytiradigan “NEYRO-SBS” maxsus diagnostik so‘rovnomasi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 6 noyabrda 3-son bilan tasdiqlangan “Sposob differensial`noy diagnostiki notsiseptivnoy i neyropaticheskoy boli pri disseminirovannom rake molochnoy jelezi posredstvom opredeleniya giperekspresii belka S100” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali bo‘yicha 04.07.2025 yildagi 70-T-son va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha 18.07.2024 yildagi 55/2025-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: biomarkerli diagnostika qo‘llanilishi natijasida: neyropatik og‘riq komponentini aniqlash aniqligi oshdi; bemorlarni stratifikatsiya qilish yaxshilandi; og‘riqsizlantirish terapiyasi o‘z vaqtida tuzatildi. Bu esa og‘riq intensivligining VASh bo‘yicha 4,6 ballga pasayishiga va hayot sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi:  xronik neyropatik og‘riq sindromini tashxislash va korreksiya qilish bo‘yicha personallashtirilgan algoritmning amaliyotga joriy etilishi gospitalizatsiya muddatlarini qisqarish va opioid anal`getiklar dozasini kamaytirish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan mablag‘larning 24,8% iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor biomarker profili (S100β, IL-6, TNF-α)ning personallashtirilgan tashxislash va terapiya monitoringi uchun bashoratlovchi ahamiyati aniqlanib, ushbu markerlar konsentratsiyasi bilan neyropatik og‘riq sindromi intensivligi o‘rtasida ishonchli korrelyasiya mavjudligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 6 noyabrda 3-son bilan tasdiqlangan “Sposob differensial`noy diagnostiki notsiseptivnoy i neyropaticheskoy boli pri disseminirovannom rake molochnoy jelezi posredstvom opredeleniya giperekspresii belka S100” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali bo‘yicha 04.07.2025 yildagi 70-T-son va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha 18.07.2024 yildagi 55/2025-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan differensiyalangan terapiya algoritmi quyidagilarga erishish imkonini berdi:  bemorlar hayot sifatini sezilarli yaxshilash, og‘riq sindromi avj olish holatlarini kamaytirish; davolashga rioya darajasini oshirish, biomarker monitoringi esa bemorlarni aniqroq stratifikatsiya qilish va anal`getik sxemalarni o‘z vaqtida korreksiya qilish imkoniyatini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: xronik neyropatik og‘riq sindromini tashxislash va davolash bo‘yicha personallashtirilgan sxema qo‘llanilishi bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, umr davomiyligini uzaytirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida moliyaviy resurslardan foydalanishni optimallashtirish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan mablag‘larning 26% iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: disseminatsiyalangan sut bezi saratonida standart og‘riqsizlantiruvchi sxemalarga rezistent neyropatik og‘riq sindromi holatlarida, bemorlarning individual klinik-patologik xususiyatlari inobatga olingan holda, klofelin va morfin kombinatsiyasining al`ternativ terapevtik strategiya sifatida samaradorligi ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 6 noyabrda 3-son bilan tasdiqlangan “Sposob differensial`noy diagnostiki notsiseptivnoy i neyropaticheskoy boli pri disseminirovannom rake molochnoy jelezi posredstvom opredeleniya giperekspresii belka S100” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali bo‘yicha 04.07.2025 yildagi 70-T-son va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha 18.07.2024 yildagi 55/2025-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qo‘shma terapiya qo‘llanilishi bemorlar hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash, faol hayot davomiyligini oshirish, og‘riq intensivligini VASh bo‘yicha 4,6 ballga pasaytirish hamda opioidlarni uzoq muddat qo‘llash bilan bog‘liq asoratlarning kamaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: disseminatsiyalangan sut bezi saratoni va xronik neyropatik og‘riq sindromi bilan og‘rigan bemorlarda personallashtirilgan past dozali qo‘shma terapiya sxemalaridan foydalanish opioid anal`getiklar dozasi qisqarish, nojo‘ya ta’sirlar sonini pasaytirish va statsionarda davolanish muddatini qisqarish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan mablag‘larning 25,4% iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: og‘riq fenotipini inobatga olgan holda personallashtirilgan anal`getik strategiyaning qo‘llanilishi maqsadga muvofiqligi hamda dorivor kombinatsiyalar qo‘llanilishi natijasida og‘riq intensivligi vizual-analog shkalasi (VASh) bo‘yicha sezilarli darajada pasayishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 6 noyabrda 3-son bilan tasdiqlangan “Sposob differensial`noy diagnostiki notsiseptivnoy i neyropaticheskoy boli pri disseminirovannom rake molochnoy jelezi posredstvom opredeleniya giperekspresii belka S100” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali bo‘yicha 04.07.2025 yildagi 70-T-son va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha 18.07.2024 yildagi 55/2025-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: personallashtirilgan algoritmning joriy etilishi: og‘ir asoratlar chastotasini kamaytirishga, bemorlar hayot sifatini yaxshilashga, faol hayot davomiyligini oshirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: klinik baholash va biomarker monitoringini uyg‘unlashtirgan personallashtirilgan yondashuvdan foydalanish terapiya samaradorligini oshirish, gospitalizatsiya muddatlarini qisqartirish, xavfsizlik profilini qo‘llab-quvvatlash natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan mablag‘larning 26,7% iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish