Boboev Ulash Ne’matovichning filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rus tiliga tarjima kontekstida o‘zbek va fransuz ommaviy axborot vositalari materiallarida shok-teyment”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.1.DSc/Fil381
Ilmiy rahbar: 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Adizova Obodon Ismatovna, filologiya fanlari doktori, professor Yakubov Jamoliddin Abduvalievich va filologiya fanlari doktori, professor Mamatov Abdi Eshonqulovich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va fransuz ommaviy axborot vositalari materiallaridagi  shok-teyment adabiy usulini rus tiliga tarjima qilishdagi  o‘xshash va farq qiluvchi xususiyatlarini ochib berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ommaviy axborot vositalari auditoriyasini jalb qilish vositasi sifatida shok-teyment adabiy usulini yaratish va qo‘llash texnologiyasi, mediadiskurs tushunchasi va mohiyati, shuningdek, shok-teymentning zamonaviy mediadiskursdagi o‘rni va roli aniqlangan;
o‘zbek va fransuz ommaviy axborot vositalari matnlarida shok-teymentning lingvokulturologik xususiyatlari  majmuaviy tarzda tahlil qilingan va o‘xshashlik nuqtayi nazaridan emotsional-baholovchi lug‘atlar, neologizmlar, dramatizatsiya usullari, sarlavhalarda raqamlardan foydalanish, milliy an’analar va mentalitet ustivorligi hamda farqlilik xususiyatlari jihatidan Fransiyada salbiy va qo‘pol, O‘zbekistonda ijobiy ma’noga ega  shok-teyment adabiy usuli qo‘llanilishi dalillangan;
ekvivalentlik tarjima natijasiga, matnning asl nusxaga mos kelishiga, adekvatlik  tillararo muloqot jarayoniga, muloqotining kontekstual mosligiga bog‘liq bo‘lib, tarjima amaliyotida ekvivalentlik va adekvatlik asosini tashkil etuvchi yagona umumiy qabul qilingan mezonni shakllantirish mumkin emasligi, shartli ravishda umumiylik va xususiylik kategoriyalariga ajratilishi, ekvivalent tarjima asl va maqsadli-tarjima tillari birliklarining semantik umumiyligini ifodalovchi, adekvat tarjima muayyan sharoitlarda tillararo muloqotning etarli darajada to‘liqligini ta’minlashi aniqlangan;
tarjimaning lingvokulturologik mazmun-mohiyati, shuningdek, o‘zbek va fransuz publisistik matnlarini rus tiliga tarjima qilishning lingvomadaniy xususiyatlari asl nusxa muallifi bilan konseptual hamkorlik qilish, analogiya, stilizatsiya, konkretlashtirish, taxmin qilish kabi tarjima usullari orqali amalga oshishi isbotlangan;
o‘zbek va fransuz publisistik matnlarida shok-teyment vositalarini rus tiliga tarjima qilishda tarjimonlarga sintaktik assimilyasiya, konkretlashtirish, umumlashtirish, antonimik tarjima, kompensatsiya va modulyasiya kabi  tarjima strategiyalaridan foydalanish shok-teyment vositalarini tarjima qilish sifatini oshirishga yordam berishi isbotlangan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Rus tiliga tarjima kontekstida o‘zbek va fransuz ommaviy axborot vositalari materiallarida shok-teyment vositalarini o‘rganish yuzasidan olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda joriylangan:
ommaviy axborot vositalari auditoriyasini jalb qilish vositasi sifatida shok-teyment adabiy usulini yaratish va qo‘llash texnologiyasi, mediadiskurs tushunchasi va mohiyatini ochib berish yuzasidan olingan xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan, 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2026-yil 10-fevraldagi 588/02-son ma’lumotnomasi). Natijada,  ommaviy axborot vositalari nutqni tavsiflash va uzatish usullaridan iborat ekanligi, ma’lumot ma’noga aylanishi, bilimlar bir darajadan (masalan, institutsional) boshqasiga (masalan, kundalik) o‘tkazilishi, shu turdagi bilimlarning nisbiy xususiyati tor ma’noda ijtimoiy-lisoniy va keng ma’noda tarixiy hamda sivilizatsiya kontekstlari bilan belgilanishi loyiha ishlanmalarining takomillashishiga xizmat qilgan.
tarjima amaliyotida ekvivalentlik va adekvatlik asosini tashkil etuvchi yagona umumiy qabul qilingan mezonni shakllantirish mumkin emasligi, shartli ravishda umumiylik va xususiylik kategoriyalariga ajratilishi, ekvivalent tarjima asl va maqsadli-tarjima tillari birliklarining semantik umumiyligini ifodalovchi, adekvat tarjima muayyan sharoitlarda tillararo muloqotning etarli darajada to‘liqligini ta’minlashi yuzasidan olingan natijalardan Xalq ta’limi vazirining 2023-yil 18-maydagi 156-son buyrug‘i asosida 2023-2024-yillarda bajarilishi nazarda tutilgan Al-201704-sonli “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining 2026-yil 10-fevraldagi 03-17-09-991 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy-metodik tavsiyalar loyiha ishlanmalarining takomillashishiga xizmat qilgan va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar fundamental loyiha doirasida o‘z aksini topgan.
o‘zbek va fransuz publisistik matnlarida shok-teymentni rus va boshqa tillarga tarjimasini takomillashtirish imkoniyatlari bo‘yicha keyingi ilmiy izlanishlar  uchun poydevor bo‘lgan holda, dissertatsiya materiallaridan Fransiyaning O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan “Alliance francaise” ilmiy metodologik markazi tomonidan fransuz tilini o‘rganuvchi talabalarning ilmiy-publisistik salohiyatini oshirish hamda ularda matbuot tili mahoratini shakllantirish maqsadida foydalanilgan (Toshkent Fransuz Alyansining 2023-yil 18-avgustdagi 21-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston va Fransiya ommaviy axborot vositalari materiallarida shok-teyment texnologiyasidan foydalanishning lingvomadaniy xususiyatlari ilk bor majmuaviy tarzda tahlil qilinganligi aniqlangan;
o‘zbek va fransuz ommaviy axborot vositalari materiallari matnlarida shok-teyment vositalarini rus tiliga, shuningdek, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan boshqa tillarga tarjima qilish usullari, uslublari va strategiyalarini har tomonlama takomillashtirishga doir dissertatsiya natijalaridan Evropa Ittifoqining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS +CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 11-avgustdagi 122/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya materiallari ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni davom ettirish uchun samarali va foydali deb tan olindi,shuningdek, ta’lim sohasida tadqiqot natijalarini lingvistika, tarjima nazariyasi kabi o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanmalarga kiritilishi mumkinligi asoslangan;
o‘zbek va fransuz publisistik matnlarida shok-teyment vositalarini rus tiliga tarjima qilishdagi murakkabliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar publisistik matnlar va tarjimaning turli strategiyalarini qo‘llash bo‘yicha mualliflik texnikalari taqdim etilgan natijalaridan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan “SUZ-800-21GR-381 Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan. (Qarshi davlat universitetining 2026-yil 14-fevraldagi 03/100-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, tarjimaning lingvokulturologik mazmun-mohiyati, o‘zbek va fransuz ommaviy axborot vositalarining publisistik matnlarini o‘zga tillarga tarjima kontekstitda lingvokulturologik xususiyatlar strategiyalari va zamonaviy usullari ishlab chiqilgan;
zamonaviy mediadiskursda shok-teymentning o‘rni va rolini aniqlashga doir tadqiqot natijalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Diyor yangiliklari”, “Kun Xabarlari” informatsion teleradio dasturlarining iyun-iyul oylari uchun ssenariylarini tayyorlashda (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-avgustdagi 01-07/278 raqamli ma’lumotnomasi), shuningdek, Samarqand viloyati “Zarafshon” gazetasining o‘quv-ma’rifiy hamda ilmiy-ommaviy ruknlarida gazetxonlarning ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy bilimlarini boyitish maqsadida foydalanilgan (“Zarafshon” gazetasining 2023-yil 11-avgustdagi 33-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, shok-teyment texnologiyasini ommaviy axborot vositalari auditoriyasining diqqatini jalb etish vositasi sifatida tavsiflash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish