Sayimova Dilbar Qahramonovnaning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti (seleksiya yutug‘i) asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida yuqori sorbsion xossaga ega bo‘lgan sorbentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga qo‘llash», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6113.
Ilmiy rahbar: Amonov Muxtar Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.31/2025.27.12.T.01.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: “Kungaboqar moyini tozalovchi selektiv sorbent olish usuli” (№IAP 8000).
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida yuqori sorbsion xossaga ega bo‘lgan sorbentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bentonit gil kukunini turli sharoitlarda (250-300 0C haroratda, 2,5-3,5 a.t.bosimda, Q:S-1:4,5-5,0 nisbatda) termokimyoviy faollantirish orqali olingan namunalarning adsorbsion tekistur xarakteriskalari (120 m2/ml, 199 m2/ml, 243 m2/ml) hamda fizik-kimyoviy xususiyatlariga ta’sir etuvchi omillar (meniral kislotalarning tabiati va konsentratsiyaga 8,0-10 %li , bentonit zarrachalarining o‘lchamlariga 0,01 mm dan 1 mm gacha kattalikda, faollanish vaqt davomiyligiga 1,0-1,5 soat ) aniqlangan;
kungaboqar moylari tarkibidagi zararli va keraksiz moddalarning funksional guruhlari bilan sorbent sirt markazlari o‘zaro fizik-kimyoviy ta’sirlashuvi sorbsion tozalash mexanizmi aniqlangan IAP 8000;
kungaboqar moylarini tozalash uchun olingan sorbent ishlab chiqarishda qo‘llanib kelinayotgan sorbentlarga nisbatan faollantirish vaqti 3,0-3,5 soatdan 1,0-1,5 soatga kamayganligi, sorbentning adsorbsion faolligi 2,0-2,5 % ga ortishi hamda kinetik va agregativ barqarorlikni namoyon qilganligi isbotlangan;
olingan sorbent amalda qo‘llanib kelinayotgan sorbentga nisbatan birinchi marta qo‘llash darajasi 83% dan 85 % ga, ikkinchi marta qo‘llanilganda esa 36% dan 80% ga oshganligi aniqlangan;
mahalliy bentonit gilini modifikatsiyalash orqali olingan sorbentlar import o‘rnini bosa oladigan, ekologik toza va arzon, sorbsion qobiliyati yuqori bo‘lgan sorbentlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolar asosida yuqori samarali sorbentlar olish texnologiyasini yaratish hamda o‘simlik moylarini tozalashda import o‘rnini bosuvchi oqartiruvchilar ishlab chiqarishga joriy qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘simlik moylarini oqartiruvchi, yuqori sorbsion xusisiyatga ega bo‘lgan olingan sorbentlar “Vang‘ozi agro-eksport” MChJ, “Zamin agro-oil” MChJ korxonalarida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi”ning 2025 yil 18 noyabrdagi AK/3-399-son ma’lumotnomasi). Natijada, resurs tejamkor va iqtisodiy samarador sorbentlar asosida oziq-ovqat moylariga rang beruvchi xlorofill, beta karotin, gossipol moddalarini keskin darajada kamaytirish va yoqimsiz hidlarni bartaraf qilish imkonini bergan;
o‘simlik moylarini tozalovchi samarador sorbentlar “Karmana moy invest” MChJ, “Sadbarg” korxonalarida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi”ning 2025 yil 18 noyabrdagi AK/3-399 son ma’lumotnomasi). Natijada, bentonitni faollantirish orqali olingan sorbentlarning ishlatilishi respublikamizda amalda yog‘-moylarni oqartirish jarayonida qo‘llanilib kelinayotgan import sorbentlarni to‘liq almashtirish imkonini bergan.