Poshokulova Mohigul Kaxramonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Mintaqada maktabgacha va maktab taʼlim tizimining rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish”.
08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” (Iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4393
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xudoyorov Laziz Niyozovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi 
PhD.03/2025.27.12.I.12.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iqtisodiyot fanlari doktori, professor  Toshalieva Saodat Toxirovna (Termiz davlat universiteti), Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha doktori, professor Tashpulatov Aybek (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tavsiya etiladi.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mintaqada maktabgacha va maktab ta’lim tizimini rivojlantirishni ekonometrik modellar asosida ilmiy jihatdan asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «maktabgacha va maktab ta’limini prognozlash» tushunchasining iqtisodiy mazmuni maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limga bo‘lgan ehtiyojni ssenariyli-stoxastik modellar asosida oldindan aniqlash, shu orqali ta’lim infratuzilmasiga investisiyalarni, pedagogik kadrlar tayyorlash hajmini va ta’lim xizmatlarini hududlar kesimida optimal taqsimlashga xizmat qiluvchi iqtisodiy-analitik jarayon nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
maktabgacha va maktab ta’lim xizmatlari ko‘rsatish jarayonida sinergik samaradorlikni baholash usuli davlat-xususiy sheriklik (0,25 ≤ DXSh ≤ 0,35), ijtimoiy kapital (0,35 ≤ IK ≤ 0,45) va texnologik infratuzilma (0,30 ≤ TI ≤ 0,40) o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir kuchining maqbul nisbatlari chegarasini aniqlash orqali takomillashtirilgan;
Qashqadaryo viloyati uchun 2029-yilga qadar maktabgacha va maktab ta’limi xizmatlarini rivojlantirish (XR ≤ 83 foiz), raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish (RT ≤ 1,95 baravar), o‘qituvchilarning raqamli kompetensiya indeksi (RKI ≤ 0,82) o‘sish chegaralari prognoz qilingan;
Qashqadaryo viloyatida maktabgacha va maktab ta’limi xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha optimistik, pessimist va inersion ssenariy variantlari asosida 2029-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada maktabgacha va maktab ta’lim tizimini rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «maktabgacha va maktab ta’limini prognozlash» tushunchasining iqtisodiy mazmunini maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limga bo‘lgan ehtiyojni ssenariyli-stoxastik modellar asosida oldindan aniqlash, shu orqali ta’lim infratuzilmasiga investisiyalarni, pedagogik kadrlar tayyorlash hajmini va ta’lim xizmatlarini hududlar kesimida optimal taqsimlashga xizmat qiluvchi iqtisodiy-analitik jarayon nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 13.02.2025-yildagi 05/6-5-912-son, Qashqadaryo viloyati hokimligining 10-10/9811-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida talabalarda ta’lim infratuzilmasiga investisiyalarni, pedagogik kadrlar tayyorlash hajmini va ta’lim xizmatlarini hududlar kesimida optimal taqsimlashga xizmat qiluvchi iqtisodiy-analitik jarayon nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan «maktabgacha va maktab ta’limini prognozlash» tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
Qashqadaryo viloyati uchun 2029-yilga qadar maktabgacha va maktab ta’limi xizmatlarini rivojlantirish (XR ≤ 88 foiz), raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish (RT ≤ 1,8 baravar), o‘qituvchilarning raqamli kompetensiya indeksi (RKI ≤ 0,82) o‘sish chegaralari prognozidan foydalanish taklifi Qashqadaryo viloyati hududiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 13.02.2025-yildagi 05/6-5-912-son, Qashqadaryo viloyati hokimligining 10-10/9811-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida 2024–2029-yillarga mo‘ljallangan prognozlar umumta’lim maktablari uchun strategik rejalashtirish va resurslarni aniq yo‘naltirish, o‘qituvchilarning raqamli salohiyatini oshirish, raqamli va ijodiy kompetensiyalarini kuchaytirish, darslarni zamonaviylashtirish, hududiy tenglik va ijtimoiy adolatni ta’minlash, ta’lim sifatini ilmiy asosda barqaror oshirish mexanizmini yaratish uchun hududdagi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish imkonini yaratgan;
maktabgacha va maktab ta’lim xizmatlari ko‘rsatish jarayonida sinergik samaradorlikni baholash usuli davlat-xususiy sheriklik (0,25 ≤ DXSh ≤ 0,35), ijtimoiy kapital (0,35 ≤ IK ≤ 0,45) va texnologik infratuzilma (0,30 ≤ TI ≤ 0,40) o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir kuchining maqbul nisbatlari chegarasini aniqlash orqali takomillashtirish taklifi Qashqadaryo viloyati hududiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 13.02.2025-yildagi 05/6-5-912-son, Qashqadaryo viloyati hokimligining 10-10/9811-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida Qashqadaryoda 0,68 sinergik koeffisientli DXH modeli davlat, xususiy sektor va jamoa resurslarini integratsiya qilish zarurligini ko‘rsatadi, texnologik infratuzilmani ijtimoiy kapital bilan uyg‘unlashtirib,  umumta’lim maktablarining samaradorligi, barqarorligi va raqamli transformatsiyasini tezlashtirishga xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyatida maktabgacha va maktab ta’limi xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha optimistik, pessimist va inersion ssenariy variantlari asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Qashqadaryo viloyati hududiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 13.02.2025-yildagi 05/6-5-912-son, Qashqadaryo viloyati hokimligining 10-10/9811-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida regressiya modeliga asoslangan tahlillar orqali ta’lim tizimini rivojlantirish uchun eng muhim omillar ustuvorligi aniqlanib, ta’lim tizimida innovatsion salohiyat va bilimlar iqtisodiyoti ko‘rsatkichlarini oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslar taqsimotini optimallashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish