Mambetsheripova Ajargul Abdiganievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mineral o‘g‘itlarni sepadigan markazdan qochirma apparatning texnologik jarayonini takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T550.
Ilmiy rahbar: Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ismoil Toshkentovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdillaev Tulegen, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «BMKB-Agromash» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: donadorlik o‘lchamlari turlicha bo‘lgan mineral o‘g‘itlar va ularning aralashmalarini sepish sifatini oshiradigan markazdan qochirma apparat ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mineral o‘g‘itlarni sepish bilan bir vaqtda ularga qo‘shimcha havo oqimini ta’sir ettirish usuli ishlab chiqilgan;
kurakchalari disk ustiga logarifmik o‘ram shaklda joylashtirilgan va ostki qismida qo‘shimcha havo oqimini hosil qiladigan markazdan qochirma apparat o‘rnatilgan o‘g‘itlash mashinasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
bunker tagligi tuynugi shakli va parametrlarining o‘g‘it sepish me’yoriga bog‘liqligi diskka tushayotgan o‘g‘it miqdorini hisobga olgan holda aniqlangan;
o‘g‘itlarning markazdan qochirma apparatdan chiqish va sepilish burchaklariga bog‘liq holda kurakchalar shakli ishlab chiqilgan va o‘g‘itning diskdan chiqishdagi absolyut tezligi havo tezligi yo‘nalishiga mos kelishini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oddiy va kompleks mineral o‘g‘itlar hamda ularning aralashmalarini sepadigan o‘g‘itlash mashinasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mineral o‘g‘itlarni sepish bilan bir vaqtda ularga qo‘shimcha havo oqimini ta’sir ettirish usuli va uni amalga oshiradigan o‘g‘itlash mashinasi konstruksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 12 sentyabrdagi 01/07-2186-son ma’lumotnomasi). Natijada kurakchalari logarifmik o‘ram shaklida bo‘lib, disk ustiga joylashtirilgan va ostki qismiga esa qo‘shimcha havo oqimini hosil qiladigan markazdan qochirma apparat o‘rnatilgan o‘g‘itlash mashinasining konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
o‘g‘itning diskdan chiqishdagi absolyut va qo‘shimcha havo oqimi tezliklari yo‘nalishlarining mosligini ta’minlaydigan shakldagi kurakchali markazdan qochma apparat o‘rnatilgan o‘g‘itlash mashinasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 12 sentyabrdagi 01/07-2186-son ma’lumotnomasi). Natijada barcha o‘g‘itlarni sepish kengligini 25-30 foizgacha oshirish, ularning notekis taqsimlanishini 5 foizgacha kamaytirish imkoni yaratilgan;
har bir kurakchaga mos qo‘shimcha havo oqimi kuchini hosil qiladigan parametrlari asoslangan moslamali markazdan qochma apparat o‘rnatilgan o‘g‘itlash mashinasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus va Shumanay tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 12 sentyabrdagi 01/07-2186-son ma’lumotnomasi). Natijada mineral o‘g‘itlar sochilganda mehnat sarfini 27,8 foiz, ekspluatatsion xarajatlarni 25 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan.