Fayzullaeva Xilola Fayzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
     Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli transformatsiya sharoitida onlayn media faoliyatidagi axloqiy dilemma va muammolar”, 10.00.09  Jurnalistika (filologiya fanlari). 
         Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2674.
    lmiy rahbar: Qosimova Nargis Sunnat qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.03/2025.27.12 Fil.03.01
     Rasmiy opponentlar: Olimov Farruxbek Sultonmurodovich filologiya fanlari doktori, (DSc);
Xalilova Aziza Shamuxutovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Raqamli transformatsiya sharoitida onlayn media faoliyatida vujudga kelayotgan axloqiy dilemma va muammolarni ilmiy jihatdan tahlil qilish, ularning sabab va oqibatlarini aniqlash hamda milliy va xalqaro tajribani hisobga olgan holda onlayn media sohasida axloqiy me’yorlarni ta’minlash va huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
– onlayn mediada yuzaga kelayotgan axloqiy dilemmalar tendensiyasi va ularning dinamikasi raqamli transformatsiya sharoitida media etikaning nazariy paradigmalari, tamoyil va me’yorlar bilan tizimlashtirilib, raqamli mediada axloqiy dilemmalarni baholashga xizmat qiluvchi normativ-axloqiy mezonlar milliy va xalqaro media paradigmalari konteksida ilk bor intersubektiv va gibrid nazariy modellarni uygunlashtirish orqali aniqlangan;
– zamonaviy media amaliyotida blogerlar va noan’anaviy axborot tarqatuvchilarning huquqiy maqomi institutsionallashuvi jarayoni bilan kompleks tahlil qilinib, mazkur subektlar faoliyatini milliy va xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish mexanizmlarini aks ettiruvchi konseptual omillar hamda jurnalistik faoliyatni tartibga solishda deontologik, konsektivistik yondashuvlarni tatbiq qilishining ilmiy-nazariy asoslari dalillangan;
– raqamli transformatsiya sharoitida ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellekt texnologiyalarining jurnalistik faoliyatga integratsiyalashuvi natijasida yuzaga kelayotgan deepfake fenomeni va avtomatlashtirilgan xabar yaratish amaliyoti  xalqaro va milliy media keyslar asosida tipologik jihatdan tizimlashtirish zarurati dalillangan; 
– media subektlari, jurnalistlar, blogerlar faoliyatida yuzaga kelayotgan dilemmalarni kompleks kontent-tahlil qiluvchi, media tashkilotlarining ichki etik reglamentlarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi “Mediaetikada axloqiy muammolar va dilemmalar tahlili” (https://mediaethicslaw.uz/) nomli elektron platforma ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Raqamli transformatsiya sharoitida onlayn media faoliyatidagi axloqiy dilemma va muammolar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli transformatsiya sharoitida onlayn mediada yuzaga kelayotgan axloqiy dilemmalar  milliy va xalqaro paradigmalar, deontologik, konsektivistik, intersubektiv va gibrid yondashuvlar amaliyotda foydalanilgan. (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 2025-yil 10-dekabrdagi 02-18/304-sonli ma’lumotnoma). Natijada internet OAV va blogosferada axloqqa zid materiallarni cheklash, dezinformatsiya hamda manipulyasiyalarga qarshi tizimli choralarni kuchaytirishga ko‘maklashgan;
onlayn media makonida axloqiy me’yorlarni tartibga solish jarayoni blogerlar va noan’anaviy axborot tarqatuvchilarning huquqiy maqomi, axborot erkinligi va axloqiy cheklovlar o‘rtasidagi muvozanat, fuqarolik nazoratining institutsionallashuvi kabi omillar kesimida tahlillari, milliy va xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashish mexanizmlari Yangi media ta’lim markazida foydalanilgan. (NNT 2025-yil 12-dekabrdagi 28-sonli ma’lumotnoma) Natijada media ta’lim markazi materiallarining ishonchliligi va axloqiy me’yorlarga tayangan xolis axborot muhitini shakllantirishga amaliy xizmat qilgan;
ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellekt texnologiyalari integratsiyasi sharoitida yuzaga kelayotgan axloqiy dilemmalarning empirik tahlili “Ekolog” Jamoat birlashmasi faoliyatida samarali foydalanilgan. (“Ekolog” Jamoat birlashmasi 2025-yil 10-dekabrdagi 01-86-sonli ma’lumotnoma). Natijada raqamli transformatsiya sharoitida axloqiy muammolarni chuqur anglash, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy yondashuvlarni tatbiq etish hamda kontent sifatini oshirishda unumli foydalanilgan;
telekanal ko‘rsatuvlarini tayyorlash jarayonida raqamli media muhitida axloqiy me’yorlarni ta’minlash, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, faktlarni tekshirish hamda algoritmlar va sun’iy intellekt ta’siridagi axborot manipulyasiyalarini bartaraf etishda amaliy foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Media Birlashmasining 2025-yil 19-avgustdagi 01-02/598-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy media sohasida axloqiy va huquqiy standartlar mustahkamlandi hamda raqamli transformatsiya sharoitida xolis media muhiti ta’minlangan;
media subektlari, jurnalistlar va blogerlar faoliyatida axloqiy dilemmalarni monitoring qilish, jurnalistika ta’limi va media tashkilotlarining ichki etik reglamentlarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi “Mediaetikada axloqiy muammolar va dilemmalar tahlili” nomli elektron platformaga mualliflik huquqini deponentlash uchun Guvohnoma olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining  2025-yil, 2-dekabrdagi mualliflik huquqini deponentlash uchun berilgan 009551– sonli Guvohnomasi) Natijada algoritmlar va sun’iy intellektning media jarayonlarida yuzaga keladigan axloqiy dilemmalarni hal qilishdagi o‘rni, ularning ijtimoiy-etik mas’uliyatga ta’sirini baholashning raqamlashtirilgan innovatsion dasturi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish