Shermamatov Sirojiddin Xaydarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzoq muddatli aktivlar hisobi va auditini takomillashtirish”, 08.00.08 -Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (Iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5138.
Ilmiy rahbar: Xajimuratov Nizomjon Shukurullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bahadirov Alisher Komilovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzoq muddatli aktivlar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzoq muddatli aktivlarni pul oqimlarini hosil qiluvchi birlik bo‘yicha tasniflash orqali ushbu jarayonning xo‘jalik yurituvchi subektlarning aktivlarini baholash, biznes segmentlarini tahlil qilish va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashga ta’siri asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishchi schyotlar rejasiga 3500 – “Sotish uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlar” schyotini kiritish orqali buxgalteriya hisobining axborot imkoniyatini oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
“Sotish uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlar” mezoni va muddatini belgilash orqali uzoq muddatli aktivlarni sotish uchun mo‘ljallangan aktivlar sifatida e’tirof etilishi hamda aktivlar bo‘yicha samarali qarorlar qabul qilinishi jarayonlari takomillashtirilgan;
sotish uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlarni uzoq muddatli aktivlar tarkibidan chiqarib, joriy aktivlar tarkibiga o‘tkazish orqali buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish, o‘zaro bog‘liq hisob va hisobotlarni aniq va to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash, foydalanuvchilar tomonidan shaffof va qaror qabul qilishlari uchun etarli ma’lumotlar taqdim etish taklifi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uzoq muddatli aktivlar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uzoq muddatli aktivlarni pul oqimlarini hosil qiluvchi birlik bo‘yicha tasniflash orqali ushbu jarayonning xo‘jalik yurituvchi subektlarning aktivlarini baholash, biznes segmentlarini tahlil qilish va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashga ta’sirini asoslash taklifi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 14-noyabrdagi 1767-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi xo‘jalik yurituvchi subektlarning aktivlarini baholash, biznes segmentlarini tahlil qilish va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashga qo‘shimcha imkon yaratgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishchi schyotlar rejasiga 3500 – “Sotish uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlar” schyotini kiritish orqali buxgalteriya hisobining axborot imkoniyatini oshirish taklifi taklifi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 14-noyabrdagi 1767-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi xo‘jalik yurituvchi subektlar buxgalteriya hisobining axborot imkoniyati oshirilishiga xizmat qilgan;  
“Sotish uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlar” mezoni va muddatini belgilash orqali uzoq muddatli aktivlarni sotish uchun mo‘ljallangan aktivlar sifatida e’tirof etilishi hamda aktivlar bo‘yicha samarali qarorlar qabul qilinishi jarayonlarini takomillashtirish taklifi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 14-noyabrdagi 1767-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi auditorlar ishi sifatini oshirilishiga va yakunda ishonchli auditorlik xulosasini tayyorlanishiga imkon yaratgan;
sotish uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlarni uzoq muddatli aktivlar tarkibidan chiqarib, joriy aktivlar tarkibiga o‘tkazish orqali buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish, o‘zaro bog‘liq hisob va hisobotlarni aniq va to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash, foydalanuvchilar tomonidan shaffof va qaror qabul qilishlari uchun etarli ma’lumotlar taqdim etish taklifi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 14-noyabrdagi 1767-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish, o‘zaro bog‘liq hisob va hisobotlarni aniq va to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash, foydalanuvchilar tomonidan shaffof va qaror qabul qilishlari uchun zaruriy axborot bilan ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish