Xushiev Sirojiddin Meylievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quduq nasoslar qurilmalarining energiya samaradorligini oshirish», 05.05.01–Energetika tizimlari va majmualari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T88.
Ilmiy rahbar: Ishnazarov Oybek Xayrilaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Ilmiy-texnika markazi» mas’uliyati cheklangan jamiyat.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» mas’uliyati cheklangan jamiyat, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Bobojanov Maxsud Qalandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rostlanadigan elektr yuritma asosida suyuqlikni haydovchi quduq nasosining energiya samaradorligini oshirib beruvchi echimlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quduq nasos uskunasining elektr energiya iste’moliga ta’sir etuvchi asosiy omillarining funksiyasi sifatida elektr energiya sarfining matematik modeli ishlab chiqilib, nasos uskunasining elektr energiya iste’moliga ta’sir etuvchi muhim omillari aniqlangan;
quduq nasos uskunasining asinxron elektr yuritmasi chastotaviy rostlash asosida takomillashtirilgan;
chastotaviy rostlanadigan «asinxron motor – quduq nasos» tizimining energiya va resurstejamkor ish rejimi suyuqlik oqimini rostlash orqali ishlab chiqilgan;
suyuqlikni haydash jarayonlarining elektr energiyasi iste’molini me’yorlash usuli energiya samaradorligini baholash asosida ishlab chiqilgan;
quduq nasos uskunasining optimal boshqarish algoritmi simpleks usuli asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suyuqlikni haydab berish jarayonlaridagi quduq nasos uskunasining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quduq nasos uskunasining takomillashtirilgan chastotaviy rostlanadigan asinxron elektr yuritmasi «Toshvilsuvoqova» DUK Bo‘stonliq tumani filialida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2018 yil 29 maydagi 02/01-1869-son ma’lumotnomasi). Natijada bitta quduq nasosda 188 615,7 kVt∙soat elektr energiyasi tejalgan, bu esa yiliga 36 025 613 so‘mni tashkil qilgan;
chastotaviy rostlanadigan «asinxron motor – quduq nasos» tizimining energiya va resurstejamkor ish rejimi Bo‘stonliq tuman GUP “Toshvilsuoqova” filialida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2018 yil 29 maydagi 02/01-1869-son ma’lumotnomasi). Natijada ichimlik suvini 15% gacha tejash imkoniyati qo‘lga kiritilgan.