Abdualiev Elyorbek Begali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida E’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Suv o‘tkazuvchi quvurlar chegarasida temir yo‘l izi konstruksiyasining ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlash”, 05.08.02 – “Temir yo‘llar va yo‘l xo‘jaligi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5456 
Ilmiy rahbar: Djabbarov Saidburxan Tulaganovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti. 
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Miralimov Mirzohid Xamitovich, texnika fanlari doktori, professor, Abdukamilov Shavkat Shuxratovich, texnika fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ instituti
Dissertatsiya yo’nalishi. Texnika yo’nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir yo‘l er polotnosida joylashgan suv o‘tkazuvchi quvurlarning nosozliklarini kompleks baholash orqali temir yo‘lning ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ekspluatatsiyadagi suv o‘tkazuvchi quvurlarning ishlash qobiliyatiga ta’sir etuvchi nosozliklarni bartaraf etishni e’tiborga olgan holda 80 % gacha quvurlarning ishga yaroqlilik darajasini oshirish imkoniyati matematik ifodalar yordamida asoslangan;
suv o‘tkazuvchi quvurlar nosozliklarining regression tahlilini e’tiborga olgan holda temir yo‘l izi konstruksiyasining ekspluatatsion ishonchliligi hamda quvurlarning o‘rtacha emirilishi o‘rtasidagi bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan; 
chekli elementlar usulidan foydalanib temir yo‘l er polotnosi, uning tarkibidagi grunt, yo‘l ustki qurilmasi va suv o‘tkazuvchi quvurlarni yagona texnik tizim sifatida ishlashini modellashtirish natijalari asosida er polotnosi barqarorligiga quvur atrofidagi grunt namligiga nisbatan quvurning o‘rtacha emirilishi kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
suv o‘tkazuvchi quvurlarning konstruktiv nosozliklarini inobatga olgan holda, temir yo‘l izi konstruksiyasining ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlovchi asosiy omillar matematik modellar yordamida tizimlashtirilgan va asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv o‘tkazuvchi quvurlar chegarasida temir yo‘l izi konstruksiyasining ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv o‘tkazuvchi quvurlarni MIDAS GS NX dasturiy kompleksida chekli elementlar usulini qo‘llab Toshkent temir yo‘l masofasining Toshkent–Sirdaryo temir yo‘l uchastkasida joylashgan suv o‘tkazuvchi quvurlarning kuchlanganlik-deformatsiyaviy xolatini aniqlash orqali ulardagi mavjud nosozliklarning cheqaraviy qiymatlarini aniqlash va ilmiy asoslash imkoniyati ta’minlangan hamda "Temiryo‘linfratuzilma" AJ yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 18-noyabrdagi 4/E1684-son ma’lumotnomasi). Natijada suv o‘tkazgich quvurlarning texnik holatini baholashning miqdoriy mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lib, hisoblash-tahlil usullari asosida quvurlarning emirilish, deformatsiyalanish va ifloslanish darajasini xolisona aniqlash imkoni yaratilgan;
quvurlarning yuk ko‘tarish qobiliyatiga eng katta ta’sir ko‘rsatadigan asosiy nosozliklar o‘rtaca emirilish va ichki kesimning tiqilib qolishi (loyqa bosishi) ekanligi aniqlangan hamda suv o‘tkazuvchi quvurlarning suv o‘tkazish imkoniyatini baholash uchun "Temiryo‘linfratuzilma" AJ yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 18-noyabrdagi 4/E1684-son ma’lumotnomasi). Natijada suv o‘tkazuvchi quvurlarni texnik holatini yaxshilashning maqbul usulini tanlash orqali ularning hayot tsikli (50 yil) davomidagi umumiy tasarruf xarajatlarni 34 % gacha kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish