Matmuratova Qumrixon Raxmanbergan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘rta tolali paxtadan yigirilgan ip ishlab chiqarishda qayta tarash jarayonini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5976.
Ilmiy rahbar: Matismailov Sayfulla Lolashbaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSC.03/2025.27.12.T.21.01
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Jamshid Qambaralievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tolalar shikastlanishini kamaytirish va mahsulot chiqishini oshirish maqsadida tolalarni qayta tarash jarayonida taroqli barabancha segmentini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qayta tarash samaradorligi hamda taram sifatini oshirish maqsadida qayta tarash mashinasining taroqli barabancha segment moslamasini o‘zgartirish orqali tolalarni qayta tarash jarayoni takomillashtirilgan; 
tolalarni taram va tarandiga ajratishda takomillashtirilgan taroqli barabancha segment moslamasining ta’sirini ifodalovchi harakat tenglamasi Lagranj qonuniyatidan foydalangan holda ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan taroqli segmentli qayta tarash mashinasining ishchi parametrlari – taroqli barabancha zarba chastotasi hamda qisqichning pastki jag‘i va ajratuvchi silindr orasidagi masofalarning ratsional qiymatlari ko‘p omilli regression modellarni tahlili asosida aniqlangan; 
qayta tarash mashinasida takomillashtirilgan taroqli segment moslamasini qo‘llash natijasida ishlab chiqarilgan qayta taralgan pilta va ip notekisligining kamayishi  hamda ip pishiqligining ortishi isbotlangan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Taroqli barabancha segmentini takomillashtirish asosida olib borilgan tadqiqotlarning ijobiy natijalari asosida:
qayta tarash mashinasining takomillashtirilgan taroqli barabanchasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi intellektual mulk Agentligining (№ IAP 8021. 14.03.2025 yil) ixtiro patenti olingan. Natijada takomillashtirilgan taroqli segment moslamasi tolalarni ajratish va toʻgʻrilash samarasini sezilarli darajada oshirish imkonini bergan;
qayta tarash mashinasida takomillashtirilgan taroqli barabanchasini qo‘llab, mashina asosiy ishchi organlari ratsional parametrlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “TEXTILE FINANCE KHOREZM” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 4-noyabrdagi № 02/06-2614 sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta tolali paxtadan foydalanib olingan qayta tarash piltasining fizik-mexanik ko‘rsatkichlari: kalta tolalar miqdori 1,4% ga, kesim bo‘yicha notekislik 0,34% ga kamaygan, modal uzunligi 1,39 mm ga oshgan, halqali usulda yigirilgan ipning barcha asosiy xossalari bo‘yicha sifatini oshirishga va ip shakllanish jarayoni barqarorlashishiga erishilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish